XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun · 15–22-m.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi (2/3)

Moddalar

15-modda. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma

Muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomalarni imzolash vakolatlari ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq qabul qilingan qarorlar asosida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish orqali tasdiqlanadi.

Vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

16-modda. Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat rahbari sifatida xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi hamda xalqaro huquqqa va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘z vazifalariga ko‘ra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasi boshlig‘i xalqaro shartnoma matnini qabul qilish maqsadida diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki mazkur xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga haqli.

Davlat organining rahbari o‘z vakolati doirasida vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligi xalqaro shartnomani imzolash, notalar, xatlar yoki xalqaro shartnomani tashkil etuvchi boshqa hujjatlar almashish, xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish, unga qo‘shilish orqali yoki ahdlashuvchi tomonlar kelishib olgan boshqa har qanday usulda bildirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Qonun talablarini hisobga olgan va xalqaro shartnoma qoidalaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish usulini aniqlaydi.

18-modda. Ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalar

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

Quyidagi xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi:

davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi;

O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar;

O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi;

O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlardagi, xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi;

bajarilishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari o‘zgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini talab etadigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan bo‘lsa.

Qaysi xalqaro shartnomalarni tuzish chog‘ida muzokaralarda ishtirok etuvchi tomonlar kelgusida ularni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olgan bo‘lsa, o‘sha xalqaro shartnomalar xuddi shunday tarzda ratifikatsiya qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari boshqa xalqaro shartnomalarni ham ratifikatsiya qilishga haqli.

Davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar, shuningdek xalqaro kafolat shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va O‘zbekiston Respublikasi uchun ahdlashuvchi tomonlar belgilaydigan tartibda kuchga kiradi.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritiladi.

Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki, agar shartnoma boshqa davlat organlarining vakolatiga kiradigan masalalarga daxldor bo‘lsa, ular bilan kelishilgan holda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

20-modda. Ratifikatsiya yorlig‘i

Xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunga asosan ratifikatsiya yorlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi, uning muhri va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Ratifikatsiya yorlig‘ining shakli O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

21-modda. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlash uchun topshirish

Ratifikatsiya yorliqlarini almashish yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi yorliqlarni saqlash uchun depozitariyga topshirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yoxud uning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

22-modda. Ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni tasdiqlash va qabul qilish

Ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari o‘tkazilishi nazarda tutiladigan xalqaro shartnomalarni tasdiqlash va qabul qilish:

O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan xalqaro shartnomalarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

idoralararo shartnomalarga nisbatan — o‘z nomidan bunday shartnomalar imzolangan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun — 15-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash
  2. Ratifikatsiya yorlig‘i
  3. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma
  4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish

To‘g‘ri javob: Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma. 15-modda: Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun: «Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma» qaysi moddada belgilangan?
  1. 20-modda
  2. 17-modda
  3. 16-modda
  4. 15-modda

To‘g‘ri javob: 15-modda. 15-modda: Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma.

Muzokaralar olib borish va shartnomalarni imzolash vakolatlarini vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish orqali kim tasdiqlaydi?
  1. Tashqi ishlar vaziri
  2. Adliya vazirining o‘zi
  3. Bosh vazirning o‘zi
  4. Senat Raisining o‘zi

To‘g‘ri javob: Tashqi ishlar vaziri. 15-moddaga ko‘ra vakolatlar tashqi ishlar vaziri tomonidan guvohnoma orqali tasdiqlanadi.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun — 16-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlash uchun topshirish
  2. Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash
  3. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish
  4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi

To‘g‘ri javob: Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash. 16-modda: Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun: «Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 16-modda
  2. 23-modda
  3. 21-modda
  4. 10-modda

To‘g‘ri javob: 16-modda. 16-modda: Vakolatlarni ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.

Quyidagi shaxslardan qaysi biri vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi va davlat nomidan shartnomalarni imzolaydi?
  1. Vazirlik xodimi
  2. Bosh vazir
  3. Prezident
  4. Elchixona kotibi

To‘g‘ri javob: Prezident. 16-moddaga ko‘ra Prezident davlat rahbari sifatida vakolatlarni ko‘rsatmasdan muzokara olib boradi va imzolaydi.

Vakolatlarni ko‘rsatmasdan O‘zbekiston Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydigan shaxs kim?
  1. Bosh vazir
  2. Prezident
  3. Tashqi ishlar vaziri
  4. Adliya vaziri

To‘g‘ri javob: Bosh vazir. 16-moddaga ko‘ra Bosh vazir Hukumat nomidan shartnomalarni imzolaydi.

Chet davlatdagi diplomatik vakolatxona boshlig‘i vakolatlarni ko‘rsatmasdan nima uchun muzokaralar olib borishga haqli?
  1. Shartnomaga qo‘shimcha shart kiritish maqsadida
  2. Shartnoma matnini qabul qilish maqsadida
  3. Shartnomani denonsatsiya qilish maqsadida
  4. Shartnomani ratifikatsiya qilish maqsadida

To‘g‘ri javob: Shartnoma matnini qabul qilish maqsadida. 16-moddaga ko‘ra vakolatxona boshlig‘i matnni qabul qilish maqsadida muzokara olib borishga haqli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi (1/3)Keyingi →O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi (3/3)