XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun · 39–45-m.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni tugatish (1/2)

Moddalar

39-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.

40-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish bunday shartnomaning barcha ishtirokchilariga nisbatan yoki uning ayrim ishtirokchisiga nisbatan:

xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq;

boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlarga ko‘ra barcha ishtirokchilarning roziligi bilan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.

41-modda. Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan va uni denonsatsiya qilishni yoki undan chiqishni nazarda tutmaydigan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi, agar:

xalqaro shartnoma ishtirokchilari denonsatsiya qilish yoki chiqish imkoniyatini qoldirish niyatida bo‘lganligi belgilanmagan bo‘lsa;

xalqaro shartnoma o‘z xususiyatiga ko‘ra uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmasa, denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyati haqida kamida o‘n ikki oy avval xabardor qiladi.

42-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish yoki undan chiqish

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish yoki undan chiqish:

xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq;

boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlarga ko‘ra barcha ishtirokchilarning roziligi bilan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.

43-modda. O‘zbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi tuzilishidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni tugatish

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala bo‘yicha keyingi shartnomani tuzgan bo‘lsa va:

mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi bilan tartibga solinishi ushbu keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa;

O‘zbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining ilgarigi xalqaro shartnomasi qoidalariga zid bo‘lsa va har ikkala shartnomani bir vaqtda qo‘llash mumkin bo‘lmasa, tugatilgan deb hisoblanadi.

Agar O‘zbekiston Respublikasining ilgarigi xalqaro shartnomasi ishtirokchilari uning amal qilishini to‘xtatib turish niyatida ekanligi O‘zbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining ilgarigi xalqaro shartnomasining amal qilishi faqat to‘xtatib turilgan deb hisoblanadi.

44-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi jiddiy tarzda buzilganligi oqibatida uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni tugatish

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining shartnoma ishtirokchilaridan biri tomonidan jiddiy tarzda buzilganligi O‘zbekiston Respublikasiga shartnomaning amal qilishini butunlay yoki qisman to‘xtatib turish yoki uni tugatish uchun bunday buzilishni asos qilib ko‘rsatish huquqini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat:

xalqaro huquq normalarida yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda xalqaro shartnomadan voz kechish;

shartnoma obyekti va maqsadining amalga oshirilishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qoidaning buzilishi.

45-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar

O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa davlat organlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Boshqa davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar shartnoma o‘z nomidan tuzilgan davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Bilimingizni sinang

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun — 39-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi jiddiy tarzda buzilganligi oqibatida uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni tugatish
  2. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi
  3. Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish
  4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi. 39-modda: O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 36-modda
  2. 39-modda
  3. 44-modda
  4. 41-modda

To‘g‘ri javob: 39-modda. 39-modda: O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi.

Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, shartnoma qachon haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin?
  1. Har qanday o‘zgartirish kiritilganda
  2. Shartnoma imzolangan kundan keyin bir yil o‘tganda
  3. Faqat Prezident qarori bilan
  4. Xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda

To‘g‘ri javob: Xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda. 39-moddaga ko‘ra shartnoma xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.

Shartnomaning amal qilishini to‘xtatib turish quyidagilardan qaysi biriga nisbatan amalga oshirilishi mumkin?
  1. Faqat barcha ishtirokchilarga nisbatan, ayrimlariga nisbatan emas
  2. Barcha ishtirokchilarga yoki ayrim ishtirokchisiga nisbatan
  3. Faqat shartnoma depozitariysiga nisbatan va uning vakolatxonasiga
  4. Faqat O‘zbekistonning o‘ziga nisbatan, boshqa tomonlarga emas

To‘g‘ri javob: Barcha ishtirokchilarga yoki ayrim ishtirokchisiga nisbatan. 40-moddaga ko‘ra to‘xtatib turish barcha ishtirokchilarga yoki ayrim ishtirokchisiga nisbatan mumkin.

Shartnomaning amal qilishini to‘xtatib turish qachon amalga oshirilishi mumkin?
  1. Faqat sud qarori bilan, shartnoma qoidalaridan va ishtirokchilar roziligidan qat’i nazar
  2. Faqat bir yil oldin barcha boshqa ishtirokchilarga rasmiy xabar berilgandan keyin
  3. Shartnoma qoidalariga muvofiq yoki barcha ishtirokchilar roziligi bilan istalgan vaqtda
  4. Faqat shartnoma muddati tugagandan keyin, uni uzaytirish to‘g‘risida kelishuv bo‘lmasa

To‘g‘ri javob: Shartnoma qoidalariga muvofiq yoki barcha ishtirokchilar roziligi bilan istalgan vaqtda. 40-moddaga ko‘ra to‘xtatib turish shartnoma qoidalariga muvofiq yoki barcha ishtirokchilar roziligi bilan istalgan vaqtda amalga oshiriladi.

Shartnomani tugatish yoki undan chiqish qachon amalga oshirilishi mumkin?
  1. Faqat shartnoma muddati tugaganda, ishtirokchilar roziligi talab etilmagan holda
  2. Faqat bir tomonlama tartibda istalgan vaqtda, boshqa ishtirokchilar bilan maslahatlashmasdan
  3. Faqat Senat qarori bilan, shartnoma qoidalari va ishtirokchilar roziligidan qat’i nazar
  4. Shartnoma qoidalariga muvofiq yoki barcha ishtirokchilar roziligi bilan istalgan vaqtda

To‘g‘ri javob: Shartnoma qoidalariga muvofiq yoki barcha ishtirokchilar roziligi bilan istalgan vaqtda. 42-moddaga ko‘ra tugatish yoki chiqish shartnoma qoidalariga muvofiq yoki barcha ishtirokchilar roziligi bilan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyati haqida kamida qancha muddat oldin xabardor qiladi?
  1. Uch oy
  2. Ikki oy
  3. Olti oy
  4. O‘n ikki oy

To‘g‘ri javob: O‘n ikki oy. Denonsatsiya qilish yoki shartnomadan chiqish niyati haqida kamida o‘n ikki oy avval xabardor qilinadi.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun — 41-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi tuzilishidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni tugatish
  2. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi
  3. Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish
  4. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar

To‘g‘ri javob: Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish. 41-modda: Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlarKeyingi →O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni tugatish (2/2)