Advokatning huquqlari (2/3)
Moddalar
6-modda. Advokatning huquqlari
Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga egadir:
tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig‘iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazish va ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim bo‘lgan dalillarni to‘plash va taqdim etish;
yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini qonunchilikda belgilangan tartibda berishi shart bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan so‘rash va olish;
ishga taalluqli axborotdan xabardor bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;
6-modda. Advokatning huquqlari (davomi)
to‘plangan materiallarni o‘z ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
advokat yuridik yordam ko‘rsatayotgan ishdagi zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik;
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta’minlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish;
mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;
o‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sug‘urta qilish;
iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash;
ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish;
6-modda. Advokatning huquqlari (davomi)
qonunchilikka muvofiq boshqa harakatlarni bajarish.
Advokat yordamchiga va stajyorga ega bo‘lishi mumkin.
7-modda. Advokatning vazifalari
Advokat o‘z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, o‘ziga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.
Advokat muayyan ish bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam ko‘rsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni so‘rab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv o‘tkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi bo‘lgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor bo‘lsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
Advokat qaysi shaxsning manfaatlarini himoya qilish topshirig‘ini olgan bo‘lsa, o‘z vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o‘zi ozod etmasa, haqli emas.
7-modda. Advokatning vazifalari (davomi)
Advokat o‘z bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun tanlangan advokat fuqaroning to‘lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam ko‘rsatishdan bosh tortishga haqli emas.
Advokat davlat xizmatida turishi mumkin emas.
Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
7¹-modda. Advokat so‘rovi
Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat so‘rovini (bundan buyon matnda advokat so‘rovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.
Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning ko‘chirma nusxalari advokat so‘rovi olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi. Advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa, ular o‘zlariga murojaat etgan advokatga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.
Advokat tomonidan ish bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi to‘g‘risida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, so‘rovda ko‘rsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Advokat so‘rovida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
so‘rov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;
7¹-modda. Advokat so‘rovi (davomi)
advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;
advokat o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
advokat so‘rovini qayd etish daftaridagi advokat so‘rovining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami va sanasi;
advokat kimning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot (hujjatlar);
so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta jo‘natmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);
advokatning imzosi.
Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda esa o‘rganish obyektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinadi.
Agar advokatlik so‘rovini olgan subyekt so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa yoki ma’lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir mavjud bo‘lsa, shuningdek advokat so‘rovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.
Advokat so‘rovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
8-modda. Advokatning yordamchisi
O‘zbekiston Respublikasining yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarosi advokat yordamchisi bo‘lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi bo‘lishi mumkin emas.
Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega bo‘lmaydi hamda uning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokat yordamchisi advokat ko‘rsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.
Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
8¹-modda. Advokatning stajyori
Kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan advokat stajyorga ega bo‘lishga haqli.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs advokatning stajyori bo‘lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajyori bo‘lishi mumkin emas.
Stajirovka advokatlik tuzilmasida o‘taladi. Advokatning stajyori o‘z faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shug‘ullanishga haqli emas.
Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
9-modda. Advokatlik siri
Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam so‘rab murojaat etganligining o‘zi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam so‘rab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o‘tkazgan suhbatida to‘xtab o‘tilgan barcha masalalar kiradi.
Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo‘lmish ma’lumotlarni oshkor etishi va bu ma’lumotlardan o‘z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo‘lida foydalanishi man etiladi.
9¹-modda. Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma)
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida tuziladigan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat o‘rtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o‘ziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qat’i nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar, tuzishga haqli.
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:
topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida o‘z zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotlar;
topshiriqning predmeti;
ko‘rsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq to‘lash shartlari;
9¹-modda. Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) (davomi)
advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
topshiriqni bajarishni o‘z zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.
Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga to‘lanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi shart.
10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari
Advokatning kasbga oid huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda bevosita yoki bilvosita aralashish, ular o‘z kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan ma’lumotlarni oshkor etishni talab qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik xodimlaridan xuddi shunday ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas. Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qo‘lga kiritgan advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas, shuningdek uning o‘zi yuridik yordam ko‘rsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas.
Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari xususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qo‘llash bilan qo‘rqitish mumkin emas.
Advokatga nisbatan jinoiy ish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari (davomi)
Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi.
11-modda. Advokatlar mehnatiga haq to‘lash
Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan haq to‘lanadi. Mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatxonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatxonaning ta’minoti uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratadi.
Yuridik xizmat uchun haq to‘lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatgan advokatga ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi.
12-modda. Advokatning ijtimoiy huquqlari
Advokat davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi.
Advokatga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar belgilash va to‘lash, uning davlat pensiya ta’minoti va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mablag‘lari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan fondlar tuzishga haqlidirlar.
Bilimingizni sinang
Advokatura to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, advokat yuridik yordam ko‘rsatish munosabati bilan davlat organlaridan nimalarni so‘rash va olishga haqli?
- Faqat sud qarorlarining asl nusxalarini
- Faqat davlat sirlariga oid hujjatlarni
- Ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni
- Boshqa shaxslarning shaxsiy hujjatlarini ularning roziligisiz
To‘g‘ri javob: Ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni. 6-moddaga ko‘ra advokat ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olishga haqli.
Advokat ekspertlarning yozma xulosalarini va mutaxassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini qanday shart bilan so‘rashi va olishi mumkin?
- Adliya organining oldindan yozma ruxsati bilan
- Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan
- Sudning oldindan olingan ruxsati bilan
- Prokurorning oldindan olingan ruxsati bilan
To‘g‘ri javob: Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan. 6-moddaga ko‘ra bu ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan amalga oshiriladi.
Advokatning ishonch bildiruvchi shaxs bilan uchrashuvlariga nisbatan qonunda qanday qoida belgilangan?
- Uchrashuvlarning soni va davomiyligi cheklanmaydi
- Uchrashuvlar faqat tergovchi ishtirokida o‘tkaziladi
- Uchrashuvlar haftada bir marta bilan cheklanadi
- Uchrashuvlar tergovchi ruxsati bilan o‘tkaziladi
To‘g‘ri javob: Uchrashuvlarning soni va davomiyligi cheklanmaydi. 6-moddaga ko‘ra uchrashuvlar soni va davomiyligi cheklanmagan, mas’ul organlar ruxsati talab etilmaydi.
Advokat Yusupov qamoqda saqlanayotgan himoya ostidagi shaxs bilan uchrashmoqchi. Tergovchi uchrashuv faqat o‘zining yozma ruxsati bilan va haftada bir soat o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Tergovchining talabi qonuniy, uchrashuv faqat yozma ruxsat bilan, haftada bir soat o‘tkazilishi mumkin
- Uchrashuv faqat prokuror ruxsati bilan va tergovchi ishtirokida, haftada ikki marta o‘tkazilishi mumkin
- Uchrashuv maxfiylik sharoitida, ruxsatsiz, soni va davomiyligi cheklanmagan holda o‘tkazilishi mumkin
- Uchrashuv maxfiylik sharoitida o‘tkaziladi, ammo tergovchi ruxsati bilan va kuniga bir soat
To‘g‘ri javob: Uchrashuv maxfiylik sharoitida, ruxsatsiz, soni va davomiyligi cheklanmagan holda o‘tkazilishi mumkin. Advokat qamoqdagi shaxs bilan ham ruxsatsiz, cheklanmagan holda xoli uchrasha oladi (6-modda).
Advokat qonunga ko‘ra nimani sug‘urta qilishga haqli?
- Ish bo‘yicha sud xarajatlarini
- O‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini
- Advokatlik tuzilmasining binosini
- Ishonch bildiruvchi shaxsning mol-mulkini
To‘g‘ri javob: O‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini. 6-moddaga ko‘ra advokat o‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sug‘urta qilishga haqli.
Advokat qanday shaxslarga ega bo‘lishi mumkin?
- Mediator va ekspertga
- Himoyachi va vakilga
- Muovin va kotibga
- Yordamchi va stajyorga
To‘g‘ri javob: Yordamchi va stajyorga. 6-modda oxirida advokat yordamchiga va stajyorga ega bo‘lishi mumkinligi belgilangan.
«Advokatura to‘g‘risida» qonun — 7-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Advokatning huquqlari
- Advokatning stajyori
- Advokatning vazifalari
- Advokat maqomiga ega bo‘lish
To‘g‘ri javob: Advokatning vazifalari. 7-modda: Advokatning vazifalari.
«Advokatura to‘g‘risida» qonun: «Advokatning vazifalari» qaysi moddada belgilangan?
- 3¹-modda
- 7-modda
- 8¹-modda
- 6-modda
To‘g‘ri javob: 7-modda. 7-modda: Advokatning vazifalari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash