XotirAI logotipiXotirAI
🧬 10-sinf · Biologiya · 4-§.

Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va uning doimiyligi

Mavzular

Biogen elementlar va guruhlari

Tirik organizmlarning asosiy xossalaridan biri kimyoviy tarkibining birligidir. O‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning barcha hujayralari kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi, bu esa organik olamning birligidan dalolat beradi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar biogen elementlar deyiladi.

Tirik organizmlardagi miqdoriga ko‘ra hujayra tarkibiga elementlar makroelement va mikroelementlarga ajratiladi. Makroelementlarni 2 guruhga birlashtiriladi.

Miqdori 0,001% dan kam elementlar mikroelementlar deyiladi. Ular biologik faol moddalar – ferment, gormon va vitaminlar tarkibiga kiradi.

Makroelementlarning ahamiyati

Kimyoviy elementlarning biologik ahamiyati. Makroelementlar:

Qolgan makro va mikroelementlar

Mikroelementlar:

Mineral tuzlar va ionlar

Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalarni ikki guruhga: anorganik moddalar va organik moddalarga birlashtirish mumkin.

Hujayraning anorganik birikmalari. Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, Ca2+, Mg2+), anionlar (Cl–, HCO3–, HPO4 2–, H2PO4–) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi.

Ionlarning vazifasi va buferlik

Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi.

Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati buferlik deyiladi. Hujayra ichida H2PO4– va HPO4 2– anionlari, hujayralararo suyuqlik va qon plazmasida HCO3– anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar hisoblanadi.

Suv va dipol tuzilishi

Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali organizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miqdori shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga moslashganligi, dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.

Suvning biologik funksiyalari uning fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi. Suv molekulasi kislorod atomi va u bilan kovalent bog‘lar orqali bog‘langan ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Suv molekulasining bir tomoni musbat, ikkinchi tomoni esa manfiy zaryadlangan bo‘lib, dipol – ikki qutbli molekula deyiladi (3-rasm). Bitta suv molekulasining manfiy zaryadlangan kislorod atomi bilan ikkinchi suv molekulasining musbat zaryadlangan vodorod atomi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Har bir suv molekulasi 4 ta qo‘shni suv molekulalari bilan vodorod bog‘ hosil qilib birikadi (4-rasm).

3-rasm. Suv molekulasi.
3-rasm. Suv molekulasi.

Suvning vazifalari, gidrofil va gidrofob

Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari uning funksiyalarini belgilaydi. Suv ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi va organizmda oziq moddalarni, metabolizm mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari orqali barcha organlariga yetkaziladi.

4-rasm. Suv molekulalari orasidagi vodorod bog‘lar.
4-rasm. Suv molekulalari orasidagi vodorod bog‘lar.

Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofil moddalar deyiladi (5-rasm). Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, oddiy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan moddalarni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga polisaxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF, lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.

5-rasm. Gidrofil mod daning Tayanch so‘zlar: makroelementlar, mikroele- suvda erishi. 1 – gidrofil mentlar, anorganik birikmalar, organik birikmalar, birikma; 2 – suv moleku- kationlar, anionlar, buferlik, gidrofil, gidrofob. lalari.
5-rasm. Gidrofil mod daning Tayanch so‘zlar: makroelementlar, mikroele- suvda erishi. 1 – gidrofil mentlar, anorganik birikmalar, organik birikmalar, birikma; 2 – suv moleku- kationlar, anionlar, buferlik, gidrofil, gidrofob. lalari.

Bilimingizni sinang

Hujayradagi elementlarning 98% ini tashkil etuvchi va oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiluvchi birinchi guruh makroelementlar qaysilar?
  1. K, Cl, Mg, Fe
  2. C, O, H, N
  3. C, O, P, S
  4. S, P, Ca, Na

To‘g‘ri javob: C, O, H, N. Birinchi guruh makroelementlari C, O, H, N bo‘lib, ular elementlarning 98% ini beradi va organik birikmalarni hosil qiladi.

Ikkinchi guruh makroelementlar (S, P, Ca, Na, K, Cl, Mg, Fe) hujayra tarkibining qancha qismini tashkil etadi?
  1. 1,9%
  2. 98%
  3. 0,001%
  4. 19%

To‘g‘ri javob: 1,9%. Ikkinchi guruh makroelementlar jami 1,9% ni tashkil etadi; 98% birinchi guruhga, 0,001% dan kami mikroelementlarga to‘g‘ri keladi.

O‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar hujayralarining kimyoviy tarkibi jihatidan bir-biriga o‘xshashligi nimadan dalolat beradi?
  1. Organizmlar bir-biridan mustaqil kelib chiqqanidan
  2. Organik olamning birligidan
  3. Moddalar almashinuvi tezligining tengligidan
  4. Hujayra o‘lchamlarining bir xilligidan

To‘g‘ri javob: Organik olamning birligidan. Barcha hujayralarning kimyoviy tarkibi o‘xshashligi organik olamning birligini ko‘rsatadi.

Elementlarni ular kiradigan birikmalar bilan moslang: 1) Yod; 2) Kobalt; 3) Ftor. a) tish emali; b) B12 vitamini; c) qalqonsimon bez gormonlari.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-c, 2-b, 3-a
  4. 1-c, 2-a, 3-b

To‘g‘ri javob: 1-c, 2-b, 3-a. Yod qalqonsimon bez gormonlari, kobalt B12 vitamini, ftor tish emali tarkibiga kiradi.

Elementlarni vazifasi bilan moslang: 1) Temir; 2) Magniy; 3) Oltingugurt. a) xlorofill molekulasi tarkibiga kiradi; b) oqsillarning uchlamchi strukturasida disulfid bog‘ hosil qiladi; c) gemoglobin va mioglobinda O2 transportini ta’minlaydi.
  1. 1-a, 2-c, 3-b
  2. 1-c, 2-b, 3-a
  3. 1-b, 2-a, 3-c
  4. 1-c, 2-a, 3-b

To‘g‘ri javob: 1-c, 2-a, 3-b. Temir O2 tashiydi, magniy xlorofill tarkibiga kiradi, oltingugurt oqsilda disulfid bog‘ hosil qiladi.

Mis (Cu) umurtqasiz hayvonlar qonida qanday vazifani bajaradi?
  1. Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi
  2. Oshqozon shirasi tarkibiga kiradi
  3. Qonning ivishini ta’minlaydi
  4. Gemosianin tarkibida kislorod tashiydi

To‘g‘ri javob: Gemosianin tarkibida kislorod tashiydi. Mis umurtqasiz hayvonlar qonidagi gemosianin tarkibida kislorod tashish vazifasini bajaradi.

Hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi nima sababdan yuzaga keladi?
  1. Hujayra tashqarisida anionlar bo‘lmasligidan
  2. Hujayra ichida suv miqdorining ko‘pligidan
  3. Mineral tuzlarning faqat kristall holda uchrashidan
  4. Kation va anionlar miqdorining hujayra ichi va tashqarisida farq qilishidan

To‘g‘ri javob: Kation va anionlar miqdorining hujayra ichi va tashqarisida farq qilishidan. Ionlar miqdori hujayra ichida va tashqarisida turlicha bo‘lgani uchun potensiallar farqi hosil bo‘ladi; u nerv impulsi va muskul qisqarishini ta’minlaydi.

Quyidagi juftliklarning qaysi birida ikkala modda ham suvda yaxshi eriydigan (gidrofil) moddalar jumlasiga kiradi?
  1. Kraxmal va glikogen
  2. Osh tuzi va aminokislotalar
  3. Monosaxaridlar va nuklein kislotalar
  4. ATF va lipidlar

To‘g‘ri javob: Osh tuzi va aminokislotalar. Osh tuzi va aminokislotalar gidrofil; kraxmal, glikogen, ATF, lipidlar, nuklein kislotalar gidrofob moddalar qatorida.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHayotning molekula darajasi va uning o‘ziga xos jihatlariKeyingi →Uglevodlar va lipidlar