XotirAI logotipiXotirAI
🧬 10-sinf · Biologiya · 50-§.

ORGANIK OLAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Mavzular

Biologik progress

Organik olam evolutsiyasi to‘g‘risida mulohaza yuritganda nima sababdan barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan, ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mavjudotlar mavjud, degan savol tug‘ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qildilar. Ma’lumki, Darvin o‘z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko‘proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o‘tgan edi. Atrof-muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o‘zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarini keltirib chiqargan. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador.

Agar muhit sharoitining o‘zgarishi bilan:

bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi.

Progress yo‘nalishlari

Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologik progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo‘qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g‘olib kelib, son jihatdan tobora ko‘paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko‘rish mumkin.

A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo‘lishini aniqladilar.

Biologik progress har xil usulda amalga oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish (progress) – aromorfoz deb nomlanadi. Ikkinchi usulda organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o‘zgaradi va organizmlar tuzilishi murakkablashmaydi, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi usulda organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o‘zgarishi natijasida biologik progressga yo‘liqqan bo‘ladi.

Aromorfoz

Morfofiziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o‘zgarishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada moslanishga imkon beradi.

O‘simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan ko‘payishdan urug‘dan ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi aromorfoz tipidagi yuksalishlardir. Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, hazm qilish, nafas organlarining murakkablasha borishi, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar sinflarining kelib chiqishi ham organik olam evolutsiyasining aromorfoz yo‘nalishida amalga oshgan.

Aromorfoz natijalari

Aromorfoz yo‘nalish tufayli organik olam evolutsiyasida o‘simliklar, hayvonlarning tuzilishi, hayot faoliyati tobora murakkablashgan, ularning yangi-yangi guruhlari paydo bo‘lgan, areali kengaygan, turkum, sinf, tip hosil bo‘lish jarayoni tezlashgan.

Aromorfoz yo‘nalish uzoq davom etgan irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro‘y bergan. O‘simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik birligida aromorfoz tipidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin (117-rasm).

117-rasm. Evolutsion progress ning turli yo‘nalish- lari: aromorfoz, idioadapta- tsiya, umumiy degeneratsiya.
117-rasm. Evolutsion progress ning turli yo‘nalish- lari: aromorfoz, idioadapta- tsiya, umumiy degeneratsiya.

Idioadaptatsiya

Idioadaptatsiya organizmlarning muayyan yashash sharoitiga moslashuviga yordam beradigan evolutsion o‘zgarishlardir. Aromorfozlardan farqli o‘laroq, idioadaptatsiya umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy moslanishlar bilan aloqadordir. Ular organizmlar tuzilishi darajasini, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko‘tarmaydi. Hayvonlarda himoya rangi, mimikriya hodisasi, o‘simliklarda shamol, hasharotlar, qushlar yordamida chetdan changlanish bo‘yicha xilma-xil muvofiqlanishlar, meva va urug‘larning tarqalishi bilan bog‘liq moslanishlar idioadaptatsiyaga misol bo‘la oladi.

Hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda, suvda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiyaga misoldir (118-rasm).

118-rasm. Sutemizuvchilar sinfining hasharotxo‘r tur- kumiga mansub hayvonlar. Quruqlikdagi formalari: 1 – sakrovchi; 2 – tipratikan; 3 – yerqazar. Suvda va quruqlikda yashov-
118-rasm. Sutemizuvchilar sinfining hasharotxo‘r tur- kumiga mansub hayvonlar. Quruqlikdagi formalari: 1 – sakrovchi; 2 – tipratikan; 3 – yerqazar. Suvda va quruqlikda yashov-

Shunga o‘xshash, suyakli baliqlar har xil tur vakillarining tana shakli, rangi, suzgich qanotlari tuzilishining o‘ziga xosligi ham idioadaptatsiya yo‘nalishidagi moslanishlar natijasidir. Bu moslanishlar har bir tur organizmlar uchun muayyan muhit sharoitida yashashga birmuncha qulayliklar tug‘diradi va biologik yuksalishga sababchi bo‘ladi.

Umumiy degeneratsiya

Umumiy degeneratsiya tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o‘tish demakdir. Bunday o‘zgarishlar odatda biologik ahamiyatini yo‘qotgan organlarning yo‘qolishi bilan kechadi. Organik olam evolutsiyasining bu yo‘nalishi organizmlarning o‘troq yoki parazit holda hayot kechirishiga moslashuvi bilan uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasi metamorfozi umumiy degeneratsiyaga misol bo‘ladi. Ikki pallali molluskalarning kam harakatliligi ularda boshning yo‘qolishiga olib kelgan.

Odam parazitlari, cho‘chqa solityori, tasmasimon chuvalchanglarda ichak bo‘lmaydi, nerv sistemasi sodda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo‘q. Lekin ularda «xo‘jayin» ichak devorlariga yopishish uchun so‘rg‘ichlar, kuchli rivojlangan ko‘payish organi bo‘ladi.

Degeneratsiya, progress va regress

Shuningdek, ko‘pgina o‘simliklarda, masalan, parazit holda yashovchi zarpechakda asosiy organlaridan biri barg bo‘lmaydi, ildiz o‘rniga poyada so‘rg‘ichlar hosil bo‘lib, uning yordamida «xo‘jayin» o‘simlikdan oziq moddalarni so‘rib oladi. Zarpechak ko‘plab meva, urug‘ beradi. Uning urug‘i o‘txo‘r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo‘lmaydi. Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko‘p bo‘lishiga, arealning kengayishiga, yangi sistematik guruhlarning taraqqiy etishiga, ya’ni biologik yuksalishga olib keladi.

Hozirgi vaqtda hasharotlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko‘pgina guruhlari, gulli o‘simliklar biologik yuksalish guruhlari progress holatidadir.

Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish – progressga qarama-qarshi o‘laroq, biologik regress ham uchraydi. Biologik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmaganliklari sababli ularning:

O‘simliklardan ginkgolar oilasi, sutemizuvchilardan hasharotxo‘rlar turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat vixuxol avlodi biologik regress holatidadir.

Yo‘nalishlar orasidagi bog‘lanish

Evolutsiyaning turli yo‘nalishlari orasidagi bog‘lanishlar. Hayvonlar va o‘simliklarning tarixiy rivojlanishida aromorfozlar idioadaptatsiyaga nisbatan kam uchraydi. Shunga qaramay aromorfozlar organik olamning rivojlanishida doimo yangi, yuqori bosqich amalga oshganligini ifodalaydi. Aromorfoz yo‘nalishi tufayli tuzilishi murakkablashgan organizmlar ajdodlarga nisbatan yangi o‘zgargan muhitga ko‘proq moslashadilar. Bu moslashish evolutsiyaning idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya yo‘nalishi bilan mustahkamlanib boradi. Binobarin, har bir aromorfozdan so‘ng idioadaptatsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaraladi. Idioadaptatsiya va umumiy degeneratsiya esa aromorfoz yo‘li bilan paydo bo‘lgan organizmlarning tuzilish darajasini oshirmagan holda muhitga moslashib olishni ta’minlaydi.

Bilimingizni sinang

Qaysi jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi?
  1. individlar soni kamayishi, areal torayishi, turlar soni qisqarishi
  2. individlar soni ortib, areal o‘zgarmay qolishi
  3. individlar soni ortishi, areal kengayishi, tur zaminida yangi taksonlar hosil bo‘lishi
  4. organizmlar tuzilishining faqat soddalashuvi

To‘g‘ri javob: individlar soni ortishi, areal kengayishi, tur zaminida yangi taksonlar hosil bo‘lishi. Individlar soni ortishi, arealning kengayishi va yangi taksonlar hosil bo‘lishi progressning belgilaridir.

Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan qaysi qush hozir biologik progress holatida?
  1. kolibri
  2. Hindiston maynasi
  3. emu
  4. tustovuq

To‘g‘ri javob: Hindiston maynasi. Hindiston maynasi biologik progress holatida: soni ko‘paymoqda, arealini kengaytirmoqda.

Quyidagilardan qaysi biri hayvonlarda idioadaptatsiyaga misol bo‘ladi?
  1. ikki pallali molluskalarda boshning yo‘qolishi
  2. qon aylanish sistemasining murakkablashuvi
  3. mimikriya hodisasi
  4. assidiy lichinkasi metamorfozi

To‘g‘ri javob: mimikriya hodisasi. Himoya rangi va mimikriya idioadaptatsiyaga misol; qolganlari aromorfoz yoki degeneratsiya.

Odam parazitlari – cho‘chqa solityori va tasmasimon chuvalchanglarda qaysi organ bo‘lmaydi?
  1. ko‘payish organi
  2. so‘rg‘ichlar
  3. nerv sistemasi
  4. ichak

To‘g‘ri javob: ichak. Bu parazitlarda ichak bo‘lmaydi; nerv sistemasi sodda, so‘rg‘ich va ko‘payish organi rivojlangan.

Umumiy degeneratsiya tuzilishni soddalashtirsa ham, nima uchun biologik yuksalishga olib kelishi mumkin?
  1. u individlar soni kamayishi va areal torayishiga olib keladi
  2. u yangi organlar sistemasini hosil qilib, hayot faoliyatini yuksaltiradi
  3. organizmlar soni ko‘payadi, areal kengayadi, yangi sistematik guruhlar taraqqiy etadi
  4. u tuzilish darajasini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko‘taradi

To‘g‘ri javob: organizmlar soni ko‘payadi, areal kengayadi, yangi sistematik guruhlar taraqqiy etadi. Soddalashuvga qaramay son va areal ortadi, yangi guruhlar paydo bo‘ladi – bu yuksalishdir.

Aromorfoz yo‘nalishi organik olam evolutsiyasida qanday natijalarga olib kelgan?
  1. tuzilish soddalashgan, areal torayib borgan
  2. faqat xususiy moslanishlar rivojlangan
  3. tuzilish murakkablashgan, yangi guruhlar paydo bo‘lgan, areal kengaygan
  4. turkum, sinf, tip hosil bo‘lish jarayoni sekinlashgan

To‘g‘ri javob: tuzilish murakkablashgan, yangi guruhlar paydo bo‘lgan, areal kengaygan. Aromorfoz tuzilishning murakkablashuviga, yangi guruhlar paydo bo‘lishi va arealning kengayishiga olib kelgan.

Biologik regress qanday sababga ko‘ra yuz beradi?
  1. tuzilishning murakkablashuvi sababli
  2. organizmlar muhit sharoitiga yetarlicha moslasha olmagani sababli
  3. idioadaptatsiyalar sonining ko‘payishi sababli
  4. arealning kengayishi sababli

To‘g‘ri javob: organizmlar muhit sharoitiga yetarlicha moslasha olmagani sababli. Regressda organizmlar muhitga yetarlicha moslasha olmaydi, shu bois soni va areali kamayadi.

Aromorfozdan so‘ng organizmlarning yangi muhitga moslanishi evolutsiyaning qaysi yo‘nalishlari bilan mustahkamlanib boradi?
  1. biologik regress
  2. faqat takroriy aromorfozlar
  3. tuzilish darajasini oshiruvchi idioadaptatsiya
  4. idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya

To‘g‘ri javob: idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya. Aromorfozdan keyin moslashish idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya bilan mustahkamlanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEvolutsion o‘zgarishlarning tiplariKeyingi →YERDA HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI HAQIDAGI NAZARIYALAR