XotirAI logotipiXotirAI
🧬 11-sinf · Biologiya · 34-§.

O‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish

Mavzular

Tabiatni muhofaza qilish

Tabiatni muhofaza qilish – bu yerdagi hayotni saqlab qolish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va qayta tiklash uchun xalqaro, davlat va mintaqaviy tadbirlar majmuyi sanaladi. Ushbu faoliyat insoniyatning hozirgi kuni va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifasi o‘simlik olami va hayvonot dunyosi turlarining xilma-xilligini va genofondini saqlab qolish hisoblanadi.

Tabiatni muhofaza qilish jarayonida o‘simlik va hayvonlarga majmua tarzda ta’sir qiluvchi abiotik, biotik va antropogen ekologik omillar hisobga olinsa, muhofaza samarali bo‘lishi mumkin, chunki ular atrof-muhitning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.

Yerda tabiat va insoniyatning barqarorligini ta’minlash uchun tabiatdagi mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish zarur.

Xalqaro tashkilotlar va anjumanlar

Tabiat, shu jumladan, o‘simlik olami va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri. Mazkur muammoni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish va davlatlararo darajada, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi harakati talab etiladi. 1948-yil tashkil etilgan Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMQXI) va 1961-yil asos solingan Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) ushbu maqsadga xizmat qiladi. Parijda 1970-yil o‘tkazilgan biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari bo‘yicha mutaxassislarning maxsus xalqaro anjumanining o‘tkazilishi bioxilma-xillikni mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratish uchun muhim qadam bo‘ldi. 1979-yil BMT Bosh Assambleyasida «Atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi» (YuNeP) tashkil etilgan edi. 1992-yilda BMTning Yer sayyorasi muammosi bo‘yicha Rio-de-Janeroda o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda «Biologik xilma-xillikni saqlash» dasturi ilgari surilgan va dunyoning 179 mamlakatining hukumat vakillari tomonidan imzolangan biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda Yer yuzida mavjud bo‘lgan barcha turlarning xilma-xilligini muhofaza qilishning Butunjahon strategiyasi ishlab chiqilgan.

Bioxilma-xillik kuni va yili

2001-yildan boshlab, har yili 22-may kuni Xalqaro bioxilma-xillik kuni (International Day for Biological Diversity) nishonlanadi. Ushbu bayram nafaqat tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan bioxilma-xillikni saqlashning ahamiyati, balki uning qisqarishi bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etishni talab etadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2010-yil – Xalqaro bioxilma-xillik yili deb e’lon qilingan. 2010-yilda Nagoyada «2011–2020-yillarda bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish sohasidagi strategik reja» Konvensiyasining qabul qilinishi ahamiyatga molik. Ushbu o‘n yillik reja doirasida barcha mamlakatlar bioxilma-xillikni saqlash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari qabul qilingan.

Tabiatdagi tirik organizmlar va ular tarqalgan muhit, anorganik tarkibiy qismlarning butun majmuyini muhofaza qilish zarur, ya’ni tabiatni muhofaza qilish ishiga uyg‘unlikda yondashish lozim.

Qizil kitoblar

Qizil kitoblar. Tirik organizmlarni klassifikatsiyasini shakllantirishda olimlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘simlik va hayvonlarning juda ko‘p turlari qirilib ketganligini aniqlashgan. Masalan, junli karkidon, inson tomonidan ovlanishi va iqlim o‘zgarishi natijasida 10 ming yil avval qirilib ketgan; Mavrikiy orollarida yashagan, kaptarsimonlar oilasiga mansub, dront (dodo) avlodiga kiruvchi uchta uchmaydigan qush turi XVIII asrda qirib tashlangan; Shimoliy Amerikadagi sayohatchi kaptar turi XIX asr oxirida inson tomonidan to‘liq qirib tashlangan; Tasmaniyadagi qopchiqli bo‘ri XIX asrning 40-yillarida ba’zan uchrab turgan, ammo hozirgi paytga kelib qirib tashlangan; yovvoyi qoramol yoki tur XVIII asrning boshlarida Yevropada yo‘q bo‘lib ketgan (53-rasm).

53-rasm. XX asrgacha Yer yuzidan yo‘qolgan hayvonlar: 1 – Stellerov sigiri; 2 – qalin 5 6 7 junli karkidon; 3 – xaltali bo‘ri; 4 – sayyor kaptar; 5 – tur; 6 – dront; 7 – gigant dinornis.
53-rasm. XX asrgacha Yer yuzidan yo‘qolgan hayvonlar: 1 – Stellerov sigiri; 2 – qalin 5 6 7 junli karkidon; 3 – xaltali bo‘ri; 4 – sayyor kaptar; 5 – tur; 6 – dront; 7 – gigant dinornis.

Inson tomonidan hayvon va o‘simliklarning qirib tashlanishi, ularning yashash joylarini buzib tashlanishi shunga olib keldiki, natijada ularning ko‘pchiligi kamyob va muhofazaga muhtoj bo‘lib qoldi. TMQHI tashabbusiga ko‘ra ilk bor 1966-yilda muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan turlarni o‘z ichiga olgan xalqaro «Qizil kitob» nashr etildi.

O‘zbekiston «Qizil kitob»i

O‘zbekistonning noyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 1979-yil ta’sis etilgan «Qizil kitob»da o‘z aksini topgan. Birinchi marta O‘zbekiston «Qizil kitob»ining faunaga bag‘ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar)ning 63 turi kiritilgan edi. 1984-yil o‘simliklar olamiga bag‘ishlangan nashriga 163 tur o‘simlik kiritilgan. «Qizil kitob» – davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan o‘simlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi:

Qizil kitobga kiritish tartibi

«Qizil kitob»ga kiritiladigan hayvon va o‘simlik turlari bo‘yicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida o‘z arealini qaytadan tiklagan va yo‘qolib ketish xavfi tug‘ilmaydigan o‘simlik va hayvon turlari «Qizil kitob»dan chiqariladi.

Qo‘riqxonalar

Maxsus muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. Bizning sayyoramiz o‘simlik va hayvonot olamini, shuningdek, u bilan bog‘liq biosferaning tarkibiy qismlarini yanada to‘la-to‘kis saqlash uchun dunyoning turli mamlakatlarida alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar – qo‘riqxonalar, buyurtma qo‘riqxona-zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi.

Qo‘riqxonalar – quruqlik yuzasidagi hudud yoki suv havzasi, uning chegarasida barcha tabiat majmuyi – o‘simliklar, hayvonlar, tuproq va sh.k. – to‘liq va umrbod xo‘jalik yurituvidan chiqarib olinadi va davlat muhofazasi ostida bo‘ladi. Qo‘riqxonalarda faqat ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Ayrim qo‘riqxonalar biosferaga oid deb e’lon qilingan. Ularda har bir tabiiy hududlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan biogeotsenozlar saqlanadi.

Zakaznik va milliy bog‘lar

Davlat buyurtma qo‘riqxonalari(zakazniklar) – muhofaza qilinadigan hududlar, ularda tabiiy boyliklardan cheklangan miqdorda foydalangan holda ovlanadigan hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinadi. Zakazniklar dorivor o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, rezavor mevalarni terish, baliq tutish uchun xizmat qiladi va odatda, ma’lum muddatga tashkil etiladi.

Zakazniklarda muhofaza ostiga olingan obyektlarga zarar keltirmaydigan darajada cheklangan xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladi. Sanoat ahamiyatiga ega hayvonlar, qushlar uya quradigan, baliqlar uvildiriq sochadigan va parvarishlanadigan, dorivor o‘simliklar o‘sadigan joylarga zarar yetkazmagan holda faoliyat yuritiladi. Zakazniklar o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi boyliklarini saqlanishini ta’minlab, qo‘riqxonalar tizimini sezilarli darajada to‘ldiradi.

Milliy (tabiiy) bog‘lar – qo‘riqlanadigan hududlar va suv sathining cheklangan qismi, u yerda ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy majmualar joylashgan. Qo‘riqxonalardan farqli ravishda, milliy bog‘lar maydonining bir qismi muntazam ravishda tashrif buyurish uchun ochiq bo‘ladi.

Botanika bog‘lari va yodgorliklar

Botanika va zoologiya bog‘lari. Hayvonlarning va o‘simliklarning noyob turlari sonini saqlash va tiklash ishida botanika va zoologiya bog‘lari muhim ahamiyatga ega. Ular tabiatda yo‘q bo‘lib ketayotgan alohida organizm turlarini qutqarish va shu bilan biosfera tirik moddalari genofondini, uning bioxilma-xilligini saqlash imkonini beradi.

Tabiat yodgorliklari – ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga ega. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiat obyektlari: daraxtzorlar, ko‘llar, sharsharalar, qadimiy bog‘lar, alohida daraxtlar, qadimgi turlar.

Hisor qo‘riqxonasi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O‘zbekistonda davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘, ekomarkaz, davlat buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat yodgorliklari hududlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu hududlarda «Qizil kitob»ga kiritilgan, yo‘qolish ehtimoli bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari davlat muhofazasiga olingan. O‘zbekistonda tashkil etilgan qo‘riqxonalarning ayrimlari bilan tanishamiz.

Hisor davlat qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona hududida 250 dan ortiq turdagi umurtqali, 900 ga yaqin umurtqasiz hayvonlarni uchratish mumkin. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan sutemizuvchi hayvonlardan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, O‘rta Osiyo qunduzi, qor qoploni, Turkiston silovsini, kichik taqaburun va katta taqaburun ko‘rshapalaklari, qushlardan – boltayutar, burgut, qora laylak va lochin uchraydi. Qo‘riqxonaning o‘simliklar dunyosi ham juda boy va xilma-xildir. Ulardan oq lola, sarg‘ish lola, Chimyon lolasi, Bobrov astragali, norshirach, oq parpi, Oshanin piyozi, sunbul, kavrak, O‘zbekiston chinniguli O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan (54-rasm).

54-rasm. Hisor davlat qo‘riqxonasi.
54-rasm. Hisor davlat qo‘riqxonasi.

Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalari

Zomin davlat qo‘riqxonasi. Zomin qo‘riqxonasida 700 ga yaqin turdagi o‘simliklar o‘sadi. Dorivor o‘simliklarning parpi, oqsovrinjon, qumloq bo‘znochi, valeriana, yalpiz kabi turlari uchraydi. Qo‘riqxonaning hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lib, Turkiston agamasi, qumloq va tuproq yerlarda chipor ilon, sariq ilon, cho‘l kaltakesagi, dehqon chumchuqlar, qorayaloq, archa boltatumshug‘i, Turkiston ukkisi, kaklik va Turkiston maynasi, vahima qush, jiblajibon, yirtqich qushlardan – tasqara va boltayutarlar uchraydi (55-rasm).

55-rasm. Zomin davlat qo‘riqxonasi.
55-rasm. Zomin davlat qo‘riqxonasi.

Qizilqum davlat qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona hududida 160 dan ortiq o‘simlik turlari o‘sadi. Bu yerda Sog‘d lolasi va Korolkov shirachi, turang‘il, qora tol, qora saksovul, oq saksovul, yulg‘un va qandimlarni uchratish mumkin. Qo‘riqxona hayvonot olamiga juda boy. Bu yerda Xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan sutemizuvchilardan Buxoro bug‘usi va jayron, qushlardan – churrak, yo‘rg‘a tuvaloq, suv burguti, baliqlardan – Amudaryo kichik kurakburuni, Amudaryo katta kurakburuni uchraydi.

Surxon va Zarafshon qo‘riqxonalari

Surxon davlat qo‘riqxonasi. Qo‘riqxonada 500 dan ortiq o‘simlik turlari o‘sadi. Hayvonot olami xilma-xil: Buxoro qo‘yi, jayron, Turkiston silovsini, echkemar, kapcha ilon, Turkiston oq laylagi, qora laylak, burgut, boltayutar, tasqara, ilonburgut va mallabosh lochinlar Xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan (56-rasm).

56-rasm. Surxon davlat qo‘riqxonasi.
56-rasm. Surxon davlat qo‘riqxonasi.

Zarafshon dasht-to‘qay qo‘riqxonasi. Mazkur qo‘riqxona Zarafshon daryosi bo‘ylab joylashgan. Qo‘riqxonada yuzdan ziyod hayvon turlari ro‘yxatga olingan va muhofaza etiladi. Qo‘riqxonada oddiy to‘qay tovushqoni, bo‘rsiq, karaganka, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, jayra ko‘paytiriladi (57-rasm).

57-rasm. Zarafshon voha-to‘qay qo‘riqxonasi.
57-rasm. Zarafshon voha-to‘qay qo‘riqxonasi.

Kitob va Chotqol qo‘riqxonalari

Kitob davlat qo‘riqxonasi. Kitob davlat qo‘riqxonasi Zarafshon tog‘ tizmasining janubi g‘arbiy qismida joylashgan. Qo‘riqxonada noyob paleontologik topilmalar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan burgut, boltayutar va boshqa hayvonlar qo‘riqxona faunasini tashkil etadi.

Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi. Chotqol qo‘riqxonasida Markaziy Osiyo tog‘ ekotizimlarining faqatgina shu hududda uchraydigan endemik va kamyob o‘simlik hamda hayvon turlari muhofaza qilinadi. Ushbu qo‘riqxonada tog‘ qo‘yi, yovvoyi cho‘chqa (qobon), Turkiston silovsini, ko‘k sug‘ur, jayra, gornostay, relikt yumronqoziq, qor barsi (irbis) kabi hayvonlar muhofaza qilinadi (58-rasm).

58-rasm. «Chotqol» davlat biosfera qo‘riqxonasi.
58-rasm. «Chotqol» davlat biosfera qo‘riqxonasi.

Har bir inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdonan yondashishi zarur. Ona tabiatni kelgusi avlodlarimiz uchun tabiiy holda saqlab qolish – bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.

Bilimingizni sinang

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. gigant dinornis
  2. xaltali bo‘ri
  3. dront
  4. tur

To‘g‘ri javob: xaltali bo‘ri. 53-rasm. XX asrgacha Yer yuzidan yo‘qolgan hayvonlar: 1 – Stellerov sigiri; 2 – qalin 5 6 7 junli karkidon; 3 – xaltali bo‘ri; 4 – sayyor kaptar; 5 – tur; 6 – dront; 7 – gigant dinornis.

Rasmda «sayyor kaptar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 6
  3. 1
  4. 7

To‘g‘ri javob: 4. 53-rasm. XX asrgacha Yer yuzidan yo‘qolgan hayvonlar: 1 – Stellerov sigiri; 2 – qalin 5 6 7 junli karkidon; 3 – xaltali bo‘ri; 4 – sayyor kaptar; 5 – tur; 6 – dront; 7 – gigant dinornis.

Rasmda 5 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. tur
  2. xaltali bo‘ri
  3. Stellerov sigiri
  4. dront

To‘g‘ri javob: tur. 53-rasm. XX asrgacha Yer yuzidan yo‘qolgan hayvonlar: 1 – Stellerov sigiri; 2 – qalin 5 6 7 junli karkidon; 3 – xaltali bo‘ri; 4 – sayyor kaptar; 5 – tur; 6 – dront; 7 – gigant dinornis.

Tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifasi nima hisoblanadi?
  1. Sanoat uchun tabiiy boyliklarni to‘liq o‘zlashtirish
  2. O‘simlik va hayvon turlari xilma-xilligi va genofondini saqlash
  3. Aholi sonini tabiiy resurslar hisobiga oshirish
  4. Yangi turlarni sun’iy yo‘l bilan yaratish

To‘g‘ri javob: O‘simlik va hayvon turlari xilma-xilligi va genofondini saqlash. Muhofazaning asosiy vazifasi tur xilma-xilligi va genofondni saqlab qolishdir.

Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMQXI) qaysi yili tashkil etilgan?
  1. 1961-yil
  2. 1948-yil
  3. 1970-yil
  4. 1979-yil

To‘g‘ri javob: 1948-yil. TMQXI 1948-yilda tashkil etilgan; WWF esa 1961-yilda asos solingan.

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) qaysi yili asos solingan?
  1. 1979-yil
  2. 1966-yil
  3. 1961-yil
  4. 1948-yil

To‘g‘ri javob: 1961-yil. WWF 1961-yilda asos solingan.

Parijda 1970-yil o‘tkazilgan biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish bo‘yicha xalqaro anjumanning ahamiyati nimada bo‘ldi?
  1. «Atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi» tuzildi
  2. Bioxilma-xillik mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratildi
  3. Xalqaro bioxilma-xillik kuni joriy etildi
  4. Birinchi xalqaro «Qizil kitob» nashr etildi

To‘g‘ri javob: Bioxilma-xillik mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratildi. Anjuman bioxilma-xillikni mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratish uchun muhim qadam bo‘ldi.

BMT Bosh Assambleyasida «Atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi» (YuNeP) qaysi yili tashkil etilgan?
  1. 1979-yil
  2. 1970-yil
  3. 2001-yil
  4. 1992-yil

To‘g‘ri javob: 1979-yil. YuNeP 1979-yilda BMT Bosh Assambleyasida tashkil etilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiInson biosfera omili sifatidaKeyingi →Organik olam filogenezining umumiy tavsifi