XotirAI logotipiXotirAI
🧬 11-sinf · Biologiya · 42-§.

Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi

Mavzular

Ichki muhit va qon

Barcha tirik organizmlar o‘z-o‘zini boshqaradigan, o‘z-o‘zini barpo etadigan, dinamik ravishda rivojlanadigan ochiq biologik sistemalardir. Ochiq biologik sistema deyilganda, tashqi muhitdan tinimsiz ravishda kerakli, zarur moddalarning qabul qilinishi, keraksiz moddalarning ayirib chiqarilishi, ya’ni moddalar almashinuvi tushuniladi.

Yuksak tuzilishga ega organizmlarda qon, limfa, to‘qima suyuqligi, hujayralar tarkibidagi sitoplazma organizmning ichki muhitini tashkil etadi. Ichki muhitning asosiy qismini qon tashkil etib, u transport, gumoral boshqarish, termoregulatsiya, himoya vazifalarini bajaradi.

Qon aylanish sistemasi boshqa a’zolar sistemasi kabi uzoq davom etgan filogenezning mahsuli hisoblanadi. Qon suyuq biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, u plazma va qonning shaklli elementlaridan tashkil topadi. Organizmlarning embrional rivojlanishida qon va qon aylanish sistemasining a’zolari mezodermadan rivojlanib, oziq modda, kislorod va ayirish mahsulotlarini tashish vazifasini bajaradi.

Halqali chuvalchanglar va molluskalar

Tuban umurtqasiz hayvonlar (g‘ovaktanlilar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar)da qon aylanish sistemasi yo‘q. Ularda kislorod va oziq moddalar tanaga diffuziya yo‘li bilan tarqaladi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Ularda qon tomir sistemasi tana bo‘ylab ketgan orqa va qorin qon tomiridan iborat. Ular o‘zaro halqa qon tomirlari bilan tutashgan. Qon orqa qon tomiridan oldinga, qorin qon tomiridan orqaga oqadi. Halqum atrofidagi halqa qon tomirlari qisqarib, «yurak» vazifasini bajaradi. Terida kislorod bilan to‘yinadi. Qoni qizil, lekin temir gemoglobin tarkibida emas, balki plazmada erigan holda bo‘ladi. Qon aylanish sistemasi yopiq.

Molluskalarda yurak

Yurak dastlab molluskalarda paydo bo‘lgan. Yurak, yurak oldi xaltasi ichida joylashgan. Yurak bo‘lmachasi va qorinchasi galma-gal qisqarib, qon tomirlarga oqadi. Qon tomirlari ko‘p marta shoxlanib, mayda tomirlarga ajratadi. Tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon ichki a’zolar oralig‘idagi bo‘shliqqa quyiladi. U yerda kislorodni to‘qimalarga berib, karbonat angidrid bilan to‘yinadi. Organlar oralig‘idan qon yana tomirlarga yig‘iladi va o‘pka yoki jabrada kislorodga to‘yinib, yurak oldi bo‘lmasiga quyiladi. Boshoyoqli molluskalarda yurak bitta qorincha va ikki yoki to‘rtta bo‘lmachadan iborat.

Bo‘g‘imoyoqlilar va hasharotlar

Bo‘g‘imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Qon tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Qisqichbaqasimonlarda yurak besh qirrali bo‘lib, boshko‘krakning orqa tomonida joylashgan. O‘rgimchaksimonlarning yuragi qorin bo‘limining orqa tomonida joylashgan. Kislorodga to‘yingan qon yurakdan tomirlarga chiqib, tana bo‘shlig‘iga quyiladi. Kislorod va oziq moddani to‘qimalarga beradi, karbonat angidrid va ayirish mahsulotlarini olib, nafas olish organiga boradi. Kislorodga to‘yinib, teshiklar orqali yana yurakka quyiladi.

Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o‘xshash: ko‘p kamerali yurak va kalta aorta tomiridan tuzilgan bo‘lib, kislorod tashishda ishtirok etmaydi. Shu sababli qonida eritrotsitlar va qonning shaklli elementlari bo‘lmaydi. Hasharotlarning gemolimfasi rangsiz, sarg‘ish yoki yashil bo‘ladi. Hasharotlarda qon aylanish sistemasi soddalashgan bo‘lib, faqat oziq modda tashiydi.

Boshskeletsizlar va baliqlar

Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi bo‘lmaydi. Qorin aortasi yurak vazifasini bajaradi. Qorin aortasida venoz qon tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin aortasi jabra arteriyalariga tarmoqlanib, jabraga boradi. Bularda jabra arteriyalari kapillarlarga bo‘linmaydi. Jabrada qon kislorodga to‘yinib, orqa aortaga quyiladi. Lansetnikda qon aylanish sistemasi yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi.

Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Bitta bo‘lmacha va qorinchadan iborat yurak paydo bo‘lgan. Yuragida faqat venoz qon oqadi. Qon bo‘lmachadan qorinchaga, qorinchadan qorin aortasiga, so‘ngra 4 juft jabra arteriyalari orqali jabraga boradi. Lansetnikdan farq qilib, baliqlarda jabra arteriyalari kapillarlarga tarmoqlanadi. Qon jabrada kislorodga to‘yinib, orqa aortaga, so‘ngra to‘qima va a’zolarga tarqaladi (70-rasm).

70-rasm. Baliq yuragi- ning tuzilishi: 1 – yurak bo‘lmachasi; 2 – yurak qorinchasi; 3 – vena tomiri; 4 – qorin aortasi.
70-rasm. Baliq yuragi- ning tuzilishi: 1 – yurak bo‘lmachasi; 2 – yurak qorinchasi; 3 – vena tomiri; 4 – qorin aortasi.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar

Umurtqalilarning quruqlikka chiqishi, nafas olishning o‘pka orqali amalga oshishi qon aylanishini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan. Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan 3 juft arteriya tarmoqlanadi.

Bir juft o‘pka-teri arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi. Qorinchadagi aralash qon bir juft aorta yoyi orqali tanaga, bir juft uyqu arteriyalari orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Yurak urishi (puls) past 40–50 tani, ba’zilarida 20–30 tani tashkil qiladi (71-rasm).

71-rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchi lar yuragining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – arterial konus; 5 – o‘pka arteri
71-rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchi lar yuragining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – arterial konus; 5 – o‘pka arteri

Sudralib yuruvchilar yuragi

Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan bo‘ladi. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning barchasida tanada aralash qon oqadi.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan arterial qonga ega o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan tanaga ketuvchi chap aorta yoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon, tanaga aralash qon, o‘pkaga esa venoz qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.

Qon aylanish doiralari, sovuqqonlilik

Kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan chiqib, o‘pkada kislorodga to‘yinib, chap bo‘lmaga quyiladi. Chap va o‘ng bo‘lmalardagi qon yurak qorinchasiga o‘tadi. Yurak qorinchasida venoz va arterial qon qisman aralashadi. Yurak qorinchasidan qon aylanishining katta doirasi boshlanadi. U organ, to‘qima va hujayralardagi gaz almashinuvida ishtirok etib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyiladi.

Sudralib yuruvchilarning arteriya qon tomirlarida aralash (venoz va arterial) qon bo‘lganligi sababli, moddalar almashinuvida kam energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hayvonning hayotiy jarayonlari uchun sarf bo‘ladi. Moddalar almashinuvida kam energiya hosil bo‘lganligi sababli ular sovuqqonli sanaladi (72-rasm).

72-rasm. Sudralib yuruv chilar yuragining tuzili shi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – chap bo‘lmacha; 3 – qorincha; 4 – kovak vena; 5 – o‘pka venasi; 6 – o‘pka arteriyasi;
72-rasm. Sudralib yuruv chilar yuragining tuzili shi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – chap bo‘lmacha; 3 – qorincha; 4 – kovak vena; 5 – o‘pka venasi; 6 – o‘pka arteriyasi;

Qushlar yuragi

Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi. Ular issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi.

Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ va to‘qimalarda gaz almashinuvidan hosil bo‘lgan venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qushlarda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati baland, +42°C ni tashkil qiladi (73-rasm).

73-rasm. Qush yura- gining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – o‘ng aorta yoyi;
73-rasm. Qush yura- gining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – o‘ng aorta yoyi;

Sutemizuvchilar va evolutsiya bosqichlari

Sutemizuvchilar eng yuksak darajada tuzilgan hayvonlardir. Ularda qon suyak ko‘migi, taloq va limfa bezlarida hosil bo‘ladi. Xuddi qushlardagi singari katta va kichik qon aylanish doirasi butunlay ajralgan. Chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qilib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tanaga tarqaladi (74-rasm).

74-rasm. Sut emizuvchi lar yuragining tuzilishi. 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – chap aorta yoyi;
74-rasm. Sut emizuvchi lar yuragining tuzilishi. 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – chap aorta yoyi;

Qon aylanish sistemasining evolutsiyasida asosan 3 ta bosqich ko‘zga tashlanadi.

Evolutsiyaning quyi bosqichlarida qon hujayralarining xilma-xilligi ko‘proq kuzatiladi. Tabiiy tanlanish natijasida sutemizuvchilarda bu xilma-xillik kamayadi va qon hujayralarining eng asosiy shakllarigina saqlanib qoladi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. qorin aortasi
  2. vena tomiri
  3. yurak qorinchasi
  4. yurak bo‘lmachasi

To‘g‘ri javob: qorin aortasi. 70-rasm. Baliq yuragi- ning tuzilishi: 1 – yurak bo‘lmachasi; 2 – yurak qorinchasi; 3 – vena tomiri; 4 – qorin aortasi.

Rasmda «vena tomiri» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 2
  3. 3
  4. 1

To‘g‘ri javob: 3. 70-rasm. Baliq yuragi- ning tuzilishi: 1 – yurak bo‘lmachasi; 2 – yurak qorinchasi; 3 – vena tomiri; 4 – qorin aortasi.

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. qorincha
  2. arterial konus
  3. o‘pka arteri
  4. chap bo‘lmacha

To‘g‘ri javob: chap bo‘lmacha. 71-rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchi lar yuragining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – arterial konus; 5 – o‘pka arteri

Rasmda «o‘ng bo‘lmacha» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 1
  3. 5
  4. 2

To‘g‘ri javob: 1. 71-rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchi lar yuragining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – arterial konus; 5 – o‘pka arteri

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. kovak vena
  2. qorincha
  3. chap bo‘lmacha
  4. o‘pka arteriyasi

To‘g‘ri javob: o‘pka arteriyasi. 72-rasm. Sudralib yuruv chilar yuragining tuzili shi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – chap bo‘lmacha; 3 – qorincha; 4 – kovak vena; 5 – o‘pka venasi; 6 – o‘pka arteriyasi;

Rasmda «chap bo‘lmacha» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 6
  2. 1
  3. 2
  4. 4

To‘g‘ri javob: 2. 72-rasm. Sudralib yuruv chilar yuragining tuzili shi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – chap bo‘lmacha; 3 – qorincha; 4 – kovak vena; 5 – o‘pka venasi; 6 – o‘pka arteriyasi;

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. kovak vena
  2. qorincha
  3. o‘pka arteriyasi
  4. o‘ng bo‘lmacha

To‘g‘ri javob: qorincha. 72-rasm. Sudralib yuruv chilar yuragining tuzili shi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – chap bo‘lmacha; 3 – qorincha; 4 – kovak vena; 5 – o‘pka venasi; 6 – o‘pka arteriyasi;

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. o‘ng bo‘lmacha
  2. chap bo‘lmacha
  3. chap qorincha
  4. o‘ng aorta yoyi

To‘g‘ri javob: o‘ng bo‘lmacha. 73-rasm. Qush yura- gining tuzilishi: 1 – o‘ng bo‘lmacha; 2 – o‘ng qorincha; 3 – chap bo‘lmacha; 4 – chap qorincha; 5 – o‘ng aorta yoyi;

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHayvonlarning nafas olish organlari evolutsiyasiKeyingi →Hayvonlarning hazm qilish organlari evolutsiyasi