XotirAI logotipiXotirAI
🧬 5-sinf · Biologiya · 2-§.

Tirik organizmlarning xususiyatlari

Mavzular

Moddalar almashinuvi

Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan farqlanib, quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

1. Moddalar almashinuvi – metabolizm ikki xil jarayonning yig‘indisi:

Oziqlanish va nafas olish

2. Oziqlanish – tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:

3-rasm. O‘simlikning avtotrof (a) va hayvonning geterotrof (b) oziqlanishi.
3-rasm. O‘simlikning avtotrof (a) va hayvonning geterotrof (b) oziqlanishi.

3. Nafas olish – ko‘pchilik tirik organizmlar kislorod yutib, karbonat angidrid ajratadi. Quruqlikda yashovchi organizmlar atmosferadagi kislorod, suvda yashovchi organizmlar esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.

Ayirish va ta’sirlanish

4. Ayirish – organizm uchun zararli bo‘lgan mahsulotlarni tashqariga chiqarish. Masalan, karbonat angidrid, mochevina, ortiqcha tuzlar organizmdan chiqarib yuboriladi.

5. Ta’sirlanish – tirik organizmga biror narsa bilan ta’sir o‘tkazilsa, qo‘zg‘alish, qisqarish bilan javob qaytaradi. Masalan, tipratikanga qo‘l tekkizilsa, yumaloqlanib oladi. Uyatchan mimoza barglariga qo‘l tekkizilganda, barglari yumiladi (4-rasm).

4-rasm. Qo‘l tekkizilganda tipratikanning (a) va uyatchan mimozaning (b) ta’sirlanishi.
4-rasm. Qo‘l tekkizilganda tipratikanning (a) va uyatchan mimozaning (b) ta’sirlanishi.

Harakatlanish

6. Harakatlanish – ko‘pchilik hayvonlar faol bo‘lib, tez yugurish (yoki yurish, uchish) orqali dushmandan qochadi yoki ozuqa ko‘p joyga boradi (5-rasm, a); o‘simliklarda passiv, barglarini yorug‘likka intilishi, kungaboqar gulining quyoshga burilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (5-rasm, b).

5-rasm. Hayvonlarning aktiv (a), o‘simliklarning passiv (b) harakatlari.
5-rasm. Hayvonlarning aktiv (a), o‘simliklarning passiv (b) harakatlari.

Ko‘payish

7. Ko‘payish – tirik organizmning o‘zidan nasl qoldirishi bo‘lib, jinssiz va jinsiy usulda amalga oshadi. Jinssiz ko‘payish bitta organizm ishtirokida boradi va ikkiga bo‘linish, kurtaklanish yoki sporalar yordamida ko‘payish hamda boshqa usullar yordamida amalga oshadi. Jinsiy ko‘payishda ikkita organizm ishtirok etadi, irsiy axborot almashinadi. Jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi hujayralar gametalar deyiladi.

O‘sish va rivojlanish

8. O‘sish va rivojlanish. Har qanday tirik organizm o‘sadi va rivojlanadi (6-rasm). O‘sish – bu tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ortish, rivojlanish esa sifat jihatdan o‘zgarishdir. Masalan, urug‘dan ekilgan o‘simlik kattalashib boradi, ya’ni o‘sadi. Shu bilan birga o‘zgarib poyasi yo‘g‘onlashadi, barglari yoziladi va gullab meva beradi, ya’ni rivojlanadi.

6-rasm. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi.
6-rasm. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi.

Yuqorida keltirilgan belgilarga ega organizmlar tirik organizm deyiladi.

Bilimingizni sinang

Suvda yashovchi organizmlar qanday kislorod bilan nafas oladi?
  1. Karbonat angidriddan ajralgan kislorod bilan
  2. Suvda erigan kislorod bilan
  3. Atmosferadagi kislorod bilan
  4. Faqat tuzlardan hosil bo‘lgan kislorod bilan

To‘g‘ri javob: Suvda erigan kislorod bilan. Suvda yashovchilar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.

Jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi hujayralar nima deyiladi?
  1. Kurtaklar
  2. Zigotalar
  3. Gametalar
  4. Sporalar

To‘g‘ri javob: Gametalar. Jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi hujayralar gametalar deyiladi.

Karbonat angidrid, mochevina va ortiqcha tuzlar organizmdan nima uchun chiqarib yuboriladi?
  1. Organizm uchun zararli mahsulotlar bo‘lgani uchun
  2. Ular energiya hosil qilish uchun kerak bo‘lgani uchun
  3. Ular sintez reaksiyalariga sarflanishi kerak bo‘lgani uchun
  4. Ular yorug‘likka intilishni ta’minlagani uchun

To‘g‘ri javob: Organizm uchun zararli mahsulotlar bo‘lgani uchun. Ayirish organizm uchun zararli mahsulotlarni tashqariga chiqarishdir.

Tirik organizmning o‘sishi va rivojlanishi o‘rtasidagi farq qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
  1. Ikkalasi ham faqat miqdor jihatdan ortishdir
  2. O‘sish – sifat jihatdan o‘zgarish, rivojlanish – miqdor jihatdan ortish
  3. Ikkalasi ham faqat tuzilishning o‘zgarishi
  4. O‘sish – miqdor jihatdan ortish, rivojlanish – sifat jihatdan o‘zgarish

To‘g‘ri javob: O‘sish – miqdor jihatdan ortish, rivojlanish – sifat jihatdan o‘zgarish. O‘sish miqdoriy ortish, rivojlanish esa sifat jihatdan o‘zgarishdir.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Jinssiz ko‘payishda ikkita organizm ishtirok etadi; II. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida ham amalga oshadi; III. Jinsiy ko‘payishda irsiy axborot almashinadi.
  1. Faqat III
  2. I va II
  3. II va III
  4. I va III

To‘g‘ri javob: II va III. I noto‘g‘ri: jinssiz ko‘payish bitta organizm ishtirokida boradi.

Misolni tirik organizm xususiyati bilan moslang: 1) mimoza barglarining yumilishi; 2) kungaboqar gulining quyoshga burilishi; 3) o‘simlikning gullab meva berishi. a) rivojlanish; b) ta’sirlanish; c) harakatlanish.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-c, 2-a, 3-b
  3. 1-b, 2-a, 3-c
  4. 1-b, 2-c, 3-a

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-c, 3-a. Mimoza — ta’sirlanish, kungaboqar — harakatlanish, gullab meva berish — rivojlanish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBiologiya – hayot haqidagi fanKeyingi →Biologiyaning o‘rganish usullari