XotirAI logotipiXotirAI
🧬 5-sinf · Biologiya · 4-§.

Hujayra – tiriklikning asosi

Mavzular

Hujayra shakllari

Hujayra shakllari. Hujayra tiriklikning eng kichik birligi hisoblanadi. Har qanday tirik organizm hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar vazifasi va shakliga ko‘ra bir-biridan farqlanadi (12-rasm). Kislorod tashishda ishtirok etuvchi eritrotsitlar ikki tomoni botiq shaklda, leykotsitlar esa soxta oyoqlar hosil qilib organizmni mikroblardan himoya qiladi. O‘simliklarda barg og‘izchalarining 2 hujayrasi loviyasimon tuzilishga ega. Ular suv bug‘latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Refleks hosil qiluvchi nerv hujayralarining uzun va kalta o‘simtalari mavjud. Nerv o‘simtalari nerv impulslarini hujayradan hujayraga o‘tkazib beradi.

12-rasm. Hujayra shakllari: 1–eritrotsitlar; 2– barg og‘izchasi; 3–leykotsit; 4–nerv hujayrasi.
12-rasm. Hujayra shakllari: 1–eritrotsitlar; 2– barg og‘izchasi; 3–leykotsit; 4–nerv hujayrasi.

Prokariot va eukariotlar

Hujayraning tarkibiy qismlari. Hujayralar ikki guruhga bo‘linadi:

Har qanday eukariot hujayra uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat:

O‘simlik hujayrasiga xos belgilar

O‘simlik va hayvon hujayralarining o‘xshashligi va farqlari. O‘simlik va hayvon hujayralari membrana, sitoplazma va yadroga egaligi bilan bir-biriga o‘xshaydi. Ular quyidagi belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.

Faqat o‘simlik hujayralari uchun xos belgilar:

Sellyuloza qobiq o‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch vazifasini bajaradi. Plastidalar faqat o‘simlik hujayrasiga xos organoid bo‘lib, ularning uch xil turi mavjud: xloroplast (yashil) – yosh poya va barglarda uchraydi; xromoplast (rangli) – pigmentlar miqdoriga ko‘ra sariq, qizil, ko‘k bo‘lishi mumkin, gul va mevada uchraydi; leykoplast (rangsiz yoki oq rangda) – ildiz va urug‘da bo‘ladi. Plastidalar bir-biriga aylanishi mumkin. Masalan, pomidor dastlab yashil rangda (xloroplast), asta-sekin oqaradi (leykoplast), keyin sarg‘ayib qizaradi (xromoplast).

Vakuola

O‘simlik hujayralariga xos belgilardan yana biri hujayra shirasiga ega vakuolaning bo‘lishidir. Vakuola hayvon hujayrasida hazm qiluvchi vakuola, qisqaruvchi vakuola ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, lekin o‘simlikdagi vakuola singari kattalasha olmaydi (13-rasm). O‘simlikning yosh hujayrasiga nisbatan qari hujayrasida vakuola yirik bo‘ladi. Uning tarkibida 70–95% suv va unda erigan mineral tuzlar, organik kislotalar, uglevodlar uchraydi. Vakuolaning tarkibiga ko‘ra mevaning ta’mi har xil bo‘ladi. Agar organik kislotalar ko‘p bo‘lsa, meva nordon, uglevod ko‘p bo‘lsa, meva shirin bo‘ladi.

13-rasm. O‘simlik (a) va hayvon (b) hujayrasi.
13-rasm. O‘simlik (a) va hayvon (b) hujayrasi.

Hayvon hujayrasiga xos belgilar

Faqat hayvon hujayralari uchun xos belgilar:

Hayvon hujayralarida o‘simlik hujayralari kabi qo‘shimcha sellyuloza qobiq bo‘lmaydi. Ular maxsus o‘simtalar yordamida birikib to‘qima hosil qiladi. Hayvonlardagi vakuolalar mayda bo‘ladi. Qisqaruvchi vakuolalar hujayradan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradi, hazm qiluvchi vakuolalar esa hujayraga kirgan oziq moddalarni parchalab, hazm qiladi.

To‘qima, organ, organizm

Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig‘indisi to‘qima deyiladi. To‘qimalar birlashib organlarni, organlar esa organizmni hosil qiladi. Masalan, zarang daraxti yaxlit organizm, unda ildiz, poya, barg singari organlar mavjud. Barg qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy to‘qimalardan iborat. Asosiy to‘qimaga ustunsimon va bulutsimon hujayralar kiradi (14-rasm).

14-rasm. O‘simlik organlarining hujayralardan tuzilganligi.
14-rasm. O‘simlik organlarining hujayralardan tuzilganligi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. leykotsit
  2. eritrotsitlar
  3. nerv hujayrasi
  4. barg og‘izchasi

To‘g‘ri javob: nerv hujayrasi. 12-rasm. Hujayra shakllari: 1–eritrotsitlar; 2– barg og‘izchasi; 3–leykotsit; 4–nerv hujayrasi.

Rasmda «barg og‘izchasi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 4
  3. 3
  4. 2

To‘g‘ri javob: 2. 12-rasm. Hujayra shakllari: 1–eritrotsitlar; 2– barg og‘izchasi; 3–leykotsit; 4–nerv hujayrasi.

Qaysi organizmlar guruhi prokariotlarga kiradi?
  1. Zamburug‘lar va o‘simliklar
  2. Hayvonlar va zamburug‘lar
  3. Bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar
  4. Bakteriyalar va zamburug‘lar

To‘g‘ri javob: Bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar. Prokariotlarning yadrosi shakllanmagan: bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar.

Rangsiz yoki oq rangda bo‘lib, ildiz va urug‘da uchraydigan plastida qaysi?
  1. Leykoplast
  2. Mitoxondriya
  3. Xromoplast
  4. Xloroplast

To‘g‘ri javob: Leykoplast. Leykoplast rangsiz plastida bo‘lib, ildiz va urug‘da bo‘ladi.

O‘simlik hujayrasidagi vakuolaning tarkibida necha foiz suv bo‘ladi?
  1. 30–40%
  2. 70–95%
  3. 98–100%
  4. 50–60%

To‘g‘ri javob: 70–95%. Vakuola tarkibida 70–95% suv bor.

Ikki tomoni botiq shaklga ega bo‘lib, kislorod tashishda ishtirok etadigan hujayralar qaysi?
  1. Leykotsitlar
  2. Nerv hujayralari
  3. Barg og‘izchasi hujayralari
  4. Eritrotsitlar

To‘g‘ri javob: Eritrotsitlar. Kislorod tashishda ishtirok etuvchi eritrotsitlar ikki tomoni botiq shaklda bo‘ladi.

O‘simlik hujayrasi ustidagi sellyuloza qobiq qanday vazifani bajaradi?
  1. O‘simlikka mustahkamlik berib, tayanch bo‘ladi
  2. Irsiy axborotni saqlab, nasldan naslga o‘tkazadi
  3. Moddalarni tanlab o‘tkazib, hujayrani o‘raydi
  4. Organik moddalarni sintezlab, energiya hosil qiladi

To‘g‘ri javob: O‘simlikka mustahkamlik berib, tayanch bo‘ladi. Sellyuloza qobiq o‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch vazifasini bajaradi.

Yadro eukariot hujayrada qanday vazifalarni bajaradi?
  1. Irsiy axborotni saqlaydi, uni nasldan naslga o‘tkazadi, moddalar almashinuvini boshqaradi
  2. Hujayrani tashqaridan o‘rab, kerakli moddalarni tanlab o‘tkazadi
  3. Ortiqcha suyuqlikni chiqarib, oziq moddalarni parchalab hazm qiladi
  4. O‘simlikka mustahkamlik berib, tayanch vazifasini o‘taydi

To‘g‘ri javob: Irsiy axborotni saqlaydi, uni nasldan naslga o‘tkazadi, moddalar almashinuvini boshqaradi. Yadro irsiy axborotni saqlaydi, nasldan naslga o‘tishini ta’minlaydi va moddalar almashinuvini boshqaradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBiologiyaning o‘rganish usullariKeyingi →Tirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot