XotirAI logotipiXotirAI
🧬 5-sinf · Biologiya · 14-§.

Umurtqali hayvonlar

Mavzular

Baliqlar sinfi

Umurtqali hayvonlarga baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflari kiradi.

Baliqlar sinfi tanasi suyri shaklida, shilimshiq bilan qoplangan bo‘ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan (65-rasm). Jabrasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doiradan iborat, yuragi 2 kamerali. Yuragida venoz qon oqadi. Sovuqqonli hayvon, ya’ni tana harorati tashqi muhitga bog‘liq. Tashqi muhit harorati ortsa, baliqlar harakati tezlashadi, harorat pasaysa, ularning harakati sustlashadi.

65-rasm. Baliqlar sinfi: a–zog‘ora baliq, b–qilquyruq, c–manta. a b c
65-rasm. Baliqlar sinfi: a–zog‘ora baliq, b–qilquyruq, c–manta. a b c

Suvda va quruqlikda yashovchilar

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi suv yaqinida yashaydi. Teri va o‘pkasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga qo‘yadi. Shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi (66-rasm).

66-rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar: a–qurbaqa, b–salamandra, c–triton.
66-rasm. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar: a–qurbaqa, b–salamandra, c–triton.

Sudralib yuruvchilar sinfi

Sudralib yuruvchilar sinfi – asosan, O‘rta Osiyo cho‘llarida keng tarqalgan. Tanasi muguz tangacha bilan qoplangan. O‘pkasi katakchalarga bo‘lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Tuxumini quruqlikka qo‘yadi. Tuxumi qattiq po‘choq bilan himoyalangan, sariqlikka boy (67-rasm).

67-rasm. Sudralib yuruvchilar: a–kaltakesak, b–ilon, c–timsoh.
67-rasm. Sudralib yuruvchilar: a–kaltakesak, b–ilon, c–timsoh.

Qushlar sinfi

Qushlar sinfi havoda uchishga moslashgan. Tanasi pat bilan qoplangan. Havo xaltachalari o‘pkaga ulangan bo‘lib, bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvon. Tana harorati o‘zgarmas bo‘ladi. Oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Tuxumini bosib yotadi (68-rasm).

68-rasm. Qushlar: a–kaptar, b–tovus, c–burgut.
68-rasm. Qushlar: a–kaptar, b–tovus, c–burgut.

Sutemizuvchilar sinfi

Sutemizuvchilar sinfi bolasini sut bilan boqadi. Tanasi jun bilan qoplangan. O‘pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvon. Bu sinfga hasharotxo‘r sutemizuvchilardan tortib, primatlargacha bo‘lgan hayvonlar kiradi (69-rasm).

69-rasm. Sutemizuvchilar: a–yo‘lbars, b–kiyik, c–ot.
69-rasm. Sutemizuvchilar: a–yo‘lbars, b–kiyik, c–ot.

Bilimingizni sinang

Baliqlar yuragi necha kamerali va unda qanday qon oqadi?
  1. 3 kamerali, aralash qon
  2. 3 kamerali, venoz qon
  3. 2 kamerali, arterial qon
  4. 2 kamerali, venoz qon

To‘g‘ri javob: 2 kamerali, venoz qon. Baliqlar yuragi 2 kamerali bo‘lib, unda venoz qon oqadi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar teri va o‘pkasi yordamida nafas oladi; II. Sudralib yuruvchilar tuxumini suvga qo‘yadi; III. Qushlar bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi.
  1. I va II
  2. II va III
  3. Faqat III
  4. I va III

To‘g‘ri javob: I va III. Sudralib yuruvchilar tuxumini quruqlikka qo‘yadi, shuning uchun II hukm noto‘g‘ri.

Sinf va uning yuragi kameralari sonini moslang: 1) baliqlar; 2) sudralib yuruvchilar; 3) qushlar. a) 2 kamerali; b) 3 kamerali; c) 4 kamerali.
  1. 1-b, 2-a, 3-c
  2. 1-a, 2-b, 3-c
  3. 1-a, 2-c, 3-b
  4. 1-c, 2-b, 3-a

To‘g‘ri javob: 1-a, 2-b, 3-c. Baliqlar yuragi 2, sudralib yuruvchilarniki 3, qushlarniki 4 kamerali.

Qaysi ikki sinf vakillari issiqqonli bo‘lib, yuragi 4 kamerali?
  1. Sudralib yuruvchilar va qushlar
  2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sutemizuvchilar
  3. Qushlar va sutemizuvchilar
  4. Baliqlar va qushlar

To‘g‘ri javob: Qushlar va sutemizuvchilar. Faqat qushlar va sutemizuvchilar issiqqonli, ularning yuragi 4 kamerali.

Nima uchun suvda hamda quruqlikda yashovchilar suvdan uzoqqa ketolmaydi?
  1. Tanasi muguz tangacha bilan qoplangani uchun
  2. Yuragi 2 kamerali bo‘lgani uchun
  3. Tuxumini suvga qo‘ygani uchun
  4. Faqat jabra bilan nafas olgani uchun

To‘g‘ri javob: Tuxumini suvga qo‘ygani uchun. Ular tuxumini suvga qo‘yadi, shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi.

Tashqi muhit harorati pasayganda baliqlar harakati qanday o‘zgaradi va bunga nima sabab?
  1. Tezlashadi, chunki jabra bilan nafas oladi
  2. Sustlashadi, chunki tana harorati tashqi muhitga bog‘liq
  3. Tezlashadi, chunki ular issiqqonli
  4. Sustlashadi, chunki tana harorati o‘zgarmas

To‘g‘ri javob: Sustlashadi, chunki tana harorati tashqi muhitga bog‘liq. Baliqlar sovuqqonli: tana harorati tashqi muhitga bog‘liq, harorat pasaysa harakati sustlashadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiUmurtqasiz hayvonlarKeyingi →Odam organlari sistemasi