XotirAI logotipiXotirAI
🧬 6-sinf · Botanika · 15-§.

Barglarning tashqi tuzilishi

Mavzular

Barg va uning qismlari

Barg – novdaning yon vegetativ organi. Barg quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: fotosintez, suv bugʻlatish – transpiratsiya, gaz almashinuvi va vegetativ koʻpayishga xizmat qiladi.

Barg, asosan, ikki qismdan: barg yaprogʻi va barg bandidan tashkil topgan (28-rasm). Ayrim oʻsimliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham boʻladi.

28-rasm. Olma bargi: 1 – barg yaprogʻi; 2 – barg bandi; 3 – barg tomirlari; 4 – yon bargchalari.
28-rasm. Olma bargi: 1 – barg yaprogʻi; 2 – barg bandi; 3 – barg tomirlari; 4 – yon bargchalari.

Bandli va bandsiz barg

Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Baʼzi oʻsimliklarning bargi bandsiz boʻladi. Bunday barglar bandsiz barg deyiladi. Bandsiz barglar poyaga yaprogʻining pastki (ostki) qismi bilan birikadi (29-rasm).

Olma, oʻrik, nok, terak, yongʻoq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali oʻsimliklarning bargi bandli; lola, shirach, gulsafsar, bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi kabi oʻsimliklarning bargi bandsiz boʻladi.

29-rasm. bandli barg; bandsiz barg.
29-rasm. bandli barg; bandsiz barg.

Ikki urugʻpallali oʻsimliklar tomirlanishi

Oʻsimliklar turiga qarab, tomirlari turlicha shoxlanadi. Ular oʻsimliklarni bir-biridan farq qilishda muhim rol oʻynaydi. Masalan, ikki urugʻpallali oʻsimliklar bilan bir urugʻpallali oʻsimliklarni bir-biridan farq qilishda, asosan, ularning tomiriga eʼtibor beriladi.

Ikki urugʻpallali oʻsimliklarning bargi, odatda, patsimon va panjasimon (toʻrsimon) tomirlangan. Ularni, ayniqsa, terak, chinor, olma, oʻrik, nok, tut, gʻoʻza kabi oʻsimliklar bargida yaxshi koʻrish mumkin (30-rasm).

30-rasm. Barglarning tomirlanishi: 1 – parallel; 2 – yoysimon; 3 – patsimon; 4 – panjasimon.
30-rasm. Barglarning tomirlanishi: 1 – parallel; 2 – yoysimon; 3 – patsimon; 4 – panjasimon.

Bir urugʻpallalilar va tomirlar vazifasi

Bir urugʻpallali oʻsimliklardan bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oqjoʻxori, gʻumay kabi oʻsimliklarning barglari parallel va yoysimon tomirlangan.

Poyadan kelayotgan suv va unda erigan oziq moddalar tomirlar boʻylab barglarga keladi va barglarda hosil boʻlgan fotosintez natijasida hosil boʻlgan organik moddalar poyaga oʻtadi.

Bilimingizni sinang

Barg asosan qaysi qismlardan tashkil topgan?
  1. Barg yaprogʻi va yon kurtak
  2. Barg bandi va gul bandi
  3. Barg yaprogʻi va barg bandi
  4. Barg bandi va boʻgʻim

To‘g‘ri javob: Barg yaprogʻi va barg bandi. Barg asosan barg yaprogʻi va barg bandidan iborat.

Quyidagi hukmlardan qaysilari toʻgʻri? I. Olma, oʻrik va terak bargi bandli boʻladi; II. Lola, bugʻdoy va makkajoʻxori bargi bandsiz boʻladi; III. Bandsiz barglar poyaga yaprogʻining yuqori qismi bilan birikadi.
  1. II va III
  2. I va III
  3. I va II
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Bandsiz barglar poyaga yaprogʻining pastki qismi bilan birikadi, shuning uchun III notoʻgʻri.

Qaysi javobda bargning tomirlanishi oʻsimlik guruhiga toʻgʻri moslangan?
  1. Ikki urugʻpallalilarda yoysimon; bir urugʻpallalilarda panjasimon
  2. Ikki urugʻpallalilarda patsimon va panjasimon; bir urugʻpallalilarda parallel va yoysimon
  3. Ikkala guruhda ham faqat parallel tomirlanish
  4. Ikki urugʻpallalilarda parallel va yoysimon; bir urugʻpallalilarda patsimon va panjasimon

To‘g‘ri javob: Ikki urugʻpallalilarda patsimon va panjasimon; bir urugʻpallalilarda parallel va yoysimon. Ikki urugʻpallalilarda patsimon/panjasimon, bir urugʻpallalilarda parallel/yoysimon tomirlanish uchraydi.

Moslang: 1) bandli barg; 2) bandsiz barg; 3) yon bargcha. a) poyaga yaprogʻining pastki qismi bilan birikadi; b) barg bandi bilan birikadi; c) ayrim oʻsimliklarda barg bandining pastki qismida boʻladi.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-a, 3-c
  3. 1-c, 2-b, 3-a
  4. 1-b, 2-c, 3-a

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Bandli barg band bilan, bandsiz barg yaprogʻining pastki qismi bilan birikadi; yon bargchalar band tagida boʻladi.

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. barg bandi
  2. yon bargchalari
  3. barg tomirlari
  4. barg yaprogʻi

To‘g‘ri javob: yon bargchalari. 28-rasm. Olma bargi: 1 – barg yaprogʻi; 2 – barg bandi; 3 – barg tomirlari; 4 – yon bargchalari.

Rasmda «barg bandi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 2
  2. 3
  3. 4
  4. 1

To‘g‘ri javob: 2. 28-rasm. Olma bargi: 1 – barg yaprogʻi; 2 – barg bandi; 3 – barg tomirlari; 4 – yon bargchalari.

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. panjasimon
  2. yoysimon
  3. parallel
  4. patsimon

To‘g‘ri javob: patsimon. 30-rasm. Barglarning tomirlanishi: 1 – parallel; 2 – yoysimon; 3 – patsimon; 4 – panjasimon.

Rasmda «yoysimon» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 2
  3. 4
  4. 3

To‘g‘ri javob: 2. 30-rasm. Barglarning tomirlanishi: 1 – parallel; 2 – yoysimon; 3 – patsimon; 4 – panjasimon.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNovda tizimining shakllanishiKeyingi →Oddiy va murakkab barglar