XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 3-§.

Soxta oyoqlilar sinfi

Mavzular

Amyobaning tuzilishi

Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega bo‘lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va hazm qilish vakuolalari, harakatlanish organoidlari va yadrosi bo‘ladi.

Soxta oyoqlilar – eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Oddiy amyoba ularning tipik vakili hisoblanadi.

Yashash muhiti va tuzilishi. Amyoba to‘kilgan barglar va xascho‘plar bilan ifloslangan ko‘lmak suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasining kattaligi 0,2–0,5 mm, shaffof bo‘ladi. Amyoba hujayrasining shakli doimo o‘zgarib turadi. Boshqa hujayralar singari amyoba tanasi ham quyuq dildiroq modda, ya’ni sitoplazmadan iborat. Sitoplazmada bitta yadro va hujayra organoidlari joylashgan (3, 4-rasmlar). Hujayra membranasi sitoplazmani tashqi muhitdan ajratib turadi.

4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi: 5 1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma; 3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro; 5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – qamrab olinayotgan oziq
4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi: 5 1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma; 3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro; 5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – qamrab olinayotgan oziq
3-rasm. Oddiy amyobaning mikroskopda ko‘rinishi
3-rasm. Oddiy amyobaning mikroskopda ko‘rinishi

Harakatlanishi va oziqlanishi

Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo‘lmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o‘tsa, tanasining o‘sha tomoni bo‘rtib chiqib, «soxta oyoqlar» deb ataladigan muvaqqat o‘simtalar hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o‘xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib va yo‘qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o‘zgarib turadi.

Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o‘tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha – hazm qilish vakuolasi paydo bo‘ladi. Hazm shirasi ta’sirida vakuoladagi oziq moddalar hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi sitoplazmadan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olishi va ta’sirlanishi

Nafas olishi. Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Uning sitoplazmasiga kislorod suv bilan birga to‘xtovsiz o‘tib turadi. Kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib, amyoba hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya hamda zararli moddalar almashinuvi mahsulotlari hosil bo‘ladi. Sitoplazmadagi suvning ortiqcha qismi zararli moddalar almashinuvi mahsulotlari bilan birga qisqaruvchi vakuola bo‘shlig‘iga o‘tadi. Vakuola qisqarganida uning ichidagi suyuqlik hujayradan chiqarib yuboriladi. Ana shu tariqa amyoba organizmi bilan tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi.

Ta’sirlanishi. Sodda tuzilgan bo‘lsa ham, amyoba hayvon organizmiga xos xususiyatlarga ega. Ayrim ta’sirlar yordamida amyoba tanasining shakli o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Agar amyobali suvga ozroq osh tuzi qo‘shilsa, u hamma soxta oyoqlarini tortib olib, sharsimon shaklga kiradi. Bu hodisa amyobaning ta’sirlanishini ko‘rsatadi.

Ko‘payishi va sista

Ko‘payishi. Amyoba ikkiga bo‘linish yo‘li bilan jinssiz ko‘payadi (5-rasm). Buning uchun yadroning hajmi ortib, uning qobig‘i yemiriladi. Sitoplazmaga chiqqan yadro moddalari hujayraning ikki tomoniga teng taqsimlanadi. Tezda hujayraning ikki tomonida bittadan yadro hosil bo‘ladi. Amyoba tanasi ham cho‘zilib, o‘rtasidan ingichkalashadi va ikkiga ajraladi. Ana shu yo‘l bilan bitta amyobadan ikkita yangi amyoba hosil bo‘ladi. Bu xildagi ko‘payishda jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaganligi tufayli jinssiz ko‘payish deb ataladi.

5-rasm. Amyobaning bo‘linib ko‘payishi. 1 – bo‘linishga kirishayotgan hujayra; 2, 3, 4 – hujayra va uning yadrosining ikkiga ajralishi; 5 – hosil bo‘lgan ikkita yangi hujayra
5-rasm. Amyobaning bo‘linib ko‘payishi. 1 – bo‘linishga kirishayotgan hujayra; 2, 3, 4 – hujayra va uning yadrosining ikkiga ajralishi; 5 – hosil bo‘lgan ikkita yangi hujayra

Sista hosil qilishi. Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyoba harakatlanishdan to‘xtab yumaloqlanadi; uning hujayrasi sirtida qalin po‘st – sista hosil bo‘ladi. Amyoba sista ichida noqulay sharoit ta’siridan saqlanadi. Qulay sharoit tug‘ilganda amyoba sistadan chiqib, hayot faoliyatini davom ettiradi.

Soxta oyoqlilar xilma-xilligi

Soxta oyoqlilarning xilma-xilligi. Dengizlarda ohak chig‘anoqli soxta oyoqlilardan foraminiferalar va kremniy (qum) skeletli nursimonlar ko‘p uchraydi. Bundan bir necha million yil ilgari yashab, qirilib ketgan foraminiferalar chig‘anoqlari qoldig‘i hozirgi ohaktosh konlarini hosil qilgan. Nursimonlar skeleti qoldig‘idan metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda foydalaniladi. Ayrim soxta oyoqlilar xavfli parazit hisoblanadi. Masalan, odam va sutemizuvchilar ichagida yashaydigan ichburug‘ amyobasi ichak devorini yemirib, qonli ichburug‘ paydo qiladi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. qisqaruvchi vakuola
  2. qamrab olinayotgan oziq
  3. soxta oyoqlar
  4. hazm vakuolasi

To‘g‘ri javob: qamrab olinayotgan oziq. 4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi: 5 1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma; 3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro; 5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – qamrab olinayotgan oziq

Rasmda «yadro» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 6
  2. 4
  3. 3
  4. 1

To‘g‘ri javob: 4. 4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi: 5 1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma; 3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro; 5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – qamrab olinayotgan oziq

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. sitoplazma
  2. hazm vakuolasi
  3. qisqaruvchi vakuola
  4. yadro

To‘g‘ri javob: hazm vakuolasi. 4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi: 5 1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma; 3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro; 5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – qamrab olinayotgan oziq

Oddiy amyobaning tanasi qancha kattalikda bo‘ladi?
  1. 0,02–0,05 mm
  2. 0,2–0,5 mm
  3. 1–2 sm
  4. 2–5 mm

To‘g‘ri javob: 0,2–0,5 mm. Amyobaning tana kattaligi 0,2–0,5 mm, tanasi shaffof.

Amyobadagi «soxta oyoqlar» nima?
  1. Hujayra sirtidagi doimiy kipriklar
  2. Qalin qobiqdan chiqqan doimiy o‘simtalar
  3. Yadro atrofidagi ayirish vakuolalari
  4. Sitoplazma oqishidan hosil bo‘ladigan muvaqqat o‘simtalar

To‘g‘ri javob: Sitoplazma oqishidan hosil bo‘ladigan muvaqqat o‘simtalar. Soxta oyoqlar – sitoplazma oqqan tomonda tananing bo‘rtib chiqishidan hosil bo‘lgan muvaqqat o‘simtalar.

Qirilib ketgan foraminiferalar chig‘anoqlari qoldig‘i hozirgi vaqtda qaysi qazilma konlarini hosil qilgan?
  1. Ko‘mir
  2. Neft
  3. Osh tuzi
  4. Ohaktosh

To‘g‘ri javob: Ohaktosh. Foraminiferalar ohak chig‘anoqlari qoldig‘idan ohaktosh konlari hosil bo‘lgan.

Nursimonlar skeleti qoldig‘idan nima maqsadda foydalaniladi?
  1. Dori-darmon tayyorlashda
  2. Ipak mato to‘qishda
  3. Ohak va sement tayyorlashda
  4. Metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda

To‘g‘ri javob: Metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda. Kremniy skeletli nursimonlar qoldig‘i metallarni silliqlash va jilvir qog‘oz uchun ishlatiladi.

Amyobaning tana shakli nima uchun doimo o‘zgarib turadi?
  1. Tanasida doimiy xivchinlar bor
  2. Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib va yo‘qolib turadi
  3. Hujayrasi qalin qattiq qobiq bilan qoplangan
  4. Sitoplazmasi ikki yadroga bo‘linib turadi

To‘g‘ri javob: Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib va yo‘qolib turadi. Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib yo‘qolishi tufayli tana shakli o‘zgaradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilishKeyingi →Xivchinlilar sinfi