XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 9-§.

So‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari

Mavzular

So‘rg‘ichlilar va jigar qurti

So‘rg‘ichlilar sinfi. So‘rg‘ichlilarning bargsimon tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlarda, lichinkasi umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Jigar qurti so‘rg‘ichlilar sinfining tipik vakili hisoblanadi.

Jigar qurti qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, tuya va boshqa yirik sutemizuvchilar jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 3–4 sm, shakli bargsimon (17-rasm) bo‘lib, tanasining oldingi uchida og‘iz so‘rg‘ichi, undan sal keyinroqda esa qorin so‘rg‘ichi joylashgan. Parazit so‘rg‘ichlar yordamida jigarning o‘t yo‘llari devoriga yopishib oladi.

17-rasm. Jigar qurtining 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu tuzilishi: xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- 1 – og‘iz so‘rg‘ichi; 2 – og‘ chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 zi; 3 – qorin so‘rg‘ichi; 4 – – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qoramol ichak; 5 – jinsiy sistemasi
17-rasm. Jigar qurtining 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu tuzilishi: xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- 1 – og‘iz so‘rg‘ichi; 2 – og‘ chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 zi; 3 – qorin so‘rg‘ichi; 4 – – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qoramol ichak; 5 – jinsiy sistemasi

Hazm qilish sistemasi og‘iz so‘rg‘ichi o‘rtasida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘zi qisqa halqum orqali ikki shoxli ichak bilan tutashgan. Ichakning har qaysi shoxi yana ko‘p yon shoxlarga ajraladi. Jigar qurti o‘t suyuqligi va qonni so‘rib oziqlanadi.

Jigar qurtining rivojlanishi

Jigar qurtining urug‘langan tuxumlari o‘t yo‘llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiprikli lichinkalar chiqadi (18-rasm). Ular suv shillig‘ining tanasiga kirib oladi va kipriklarini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichinkalarda dum paydo bo‘lib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o‘ralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va o‘t yo‘llariga yopishib olib parazitlik qiladi.

18-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qoramol
18-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qoramol

Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xo‘jayini, lichinkasi parazitlik qiladigan suv shillig‘i oraliq xo‘jayini hisoblanadi.

Tasmasimon chuvalchanglar

Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Tasmasimon chuvalchanglar – tanasi kutikula bilan qoplangan; shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash parazit hayvonlar. Asosiy vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi hisoblanadi.

Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida, lichinkasi qoramol muskuli, jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8–10 m bo‘lib, kichkina bosh, ingichka bo‘yin hamda bo‘g‘imlarga bo‘lingan tana bo‘limlaridan iborat (19-rasm). Boshida doira shakldagi to‘rtta so‘rg‘ichlari bor. Tanasi juda ko‘p (1000 tagacha) bo‘g‘imlarga bo‘lingan, hazm qilish organlari rivojlanmagan. Chuvalchang odam ichagida hazm bo‘la boshlagan oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi.

19-rasm. Qoramol tas- masimon chuvalchangi: A – boshchasi; B – ger -mafrodit bo‘g‘im; D – tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘- yin; 3 – bachadon; 4 – tuxumdon; 5 – urug‘
19-rasm. Qoramol tas- masimon chuvalchangi: A – boshchasi; B – ger -mafrodit bo‘g‘im; D – tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘- yin; 3 – bachadon; 4 – tuxumdon; 5 – urug‘

Tasmasimonning ko‘payishi va rivojlanishi

Jinsiy organlari tanasining hamma bo‘g‘imlarida ko‘p marta takrorlanib turadi. Har bir bo‘g‘imda bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda ko‘p urug‘donlar bo‘ladi. Bachadoni tuxumlarga to‘lgach, bir necha bo‘g‘imlari tananing keyingi qismidan uzilib, ichak bo‘shlig‘iga tushadi va axlat bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tuxumlari yem-xashak yoki suv orqali qoramollarga yuqadi (20-rasm). Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qonga o‘tadi va qon orqali jigar, muskul va boshqa organlarga borib o‘rnashib qoladi. Lichinkalar organlarda yupqa pardaga o‘ralib, donlar pufaklik davriga o‘tadi. Suyuqlik bilan to‘lgan pufakcha finna deyiladi. Finnali go‘shtni yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilgan odam uni o‘ziga yuqtiradi. Odam – qoramol tasmasimon chuvalchangining asosiy xo‘jayini, qoramollar esa oraliq xo‘jayini hisoblanadi.

20-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi:
20-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi:

Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi

Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgisi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar hisoblanadi. Ular tuzilishi bo‘shliqichlilarning lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Keyinchalik kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashishi tufayli tuzilishi soddalashib borgan va ulardan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan.

Bilimingizni sinang

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. og‘ chuk suv shillig‘i
  2. qoramol ichak
  3. voyaga yetgan davri
  4. kiðrikli lichinka

To‘g‘ri javob: kiðrikli lichinka. 17-rasm. Jigar qurtining 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu tuzilishi: xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- 1 – og‘iz so‘rg‘ichi; 2 – og‘ chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 zi; 3 – q

Rasmda «og‘ chuk suv shillig‘i» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 3
  2. 8
  3. 1
  4. 2

To‘g‘ri javob: 2. 17-rasm. Jigar qurtining 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu tuzilishi: xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- 1 – og‘iz so‘rg‘ichi; 2 – og‘ chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 zi; 3 – q

Rasmda 7 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. suvdagi tu xumlari
  2. o‘simlikka yopishgan sista
  3. qoramol
  4. chu- chuk suv shillig‘i

To‘g‘ri javob: o‘simlikka yopishgan sista. 18-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qo

Rasmda «suvdagi tu xumlari» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 2
  3. 4
  4. 7

To‘g‘ri javob: 2. 18-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qo

Rasmda 8 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. chu- chuk suv shillig‘i
  2. kiðrikli lichinka
  3. suvdagi tu xumlari
  4. qoramol

To‘g‘ri javob: qoramol. 18-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu- chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 – o‘simlikka yopishgan sista; 8 – qo

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. tuxumdon
  2. bo‘- yin
  3. urug‘
  4. bachadon

To‘g‘ri javob: tuxumdon. 19-rasm. Qoramol tas- masimon chuvalchangi: A – boshchasi; B – ger -mafrodit bo‘g‘im; D – tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘- yin; 3 – bachadon; 4 – tuxumdon; 5 – urug‘

Rasmda «so‘rg‘ich» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 2
  2. 1
  3. 5
  4. 3

To‘g‘ri javob: 1. 19-rasm. Qoramol tas- masimon chuvalchangi: A – boshchasi; B – ger -mafrodit bo‘g‘im; D – tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘- yin; 3 – bachadon; 4 – tuxumdon; 5 – urug‘

Jigar qurti sutemizuvchining jigarida nima yordamida va qayerga yopishib oladi?
  1. Kutikulasi bilan jigar qon tomirlariga
  2. So‘rg‘ichlari bilan o‘t yo‘llari devoriga
  3. Kipriklari bilan jigar to‘qimasiga
  4. Boshidagi to‘rtta so‘rg‘ich bilan jigar po‘stiga

To‘g‘ri javob: So‘rg‘ichlari bilan o‘t yo‘llari devoriga. Jigar qurti so‘rg‘ichlari yordamida jigarning o‘t yo‘llari devoriga yopishib oladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYassi chuvalchanglar tipi: kiprikli chuvalchanglar sinfiKeyingi →Odam askaridasi