Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi
Mavzular
Halqali chuvalchanglar tipi
Halqali chuvalchanglar tanasi ko‘p sonli halqalarga bo‘lingan. Ularning hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemasi rivojlangan. Bu tipga ko‘p tukli halqalilar, kam tukli halqalilar va zuluklar sinflari kiradi.
Yomg‘ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi
Yomg‘ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo‘yida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog‘ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so‘ng ba’zan ko‘plab yer yuziga chiqishi sababli ular yomg‘ir chuvalchanglari deb ataladi.
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8–10 sm, oldingi uchi konussimon o‘tkirlashgan. Tanasi halqaga o‘xshash tortmalar bilan ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan (24-rasm). Har bir tana bo‘g‘imining qorin tomonida to‘rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yo‘g‘onlashib, maxsus belbog‘ hosil qiladi.

Teri-muskul xaltasi
Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan (25-rasm). Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar joylashgan. Muskullar ostida ichki epiteliy qavati tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo‘ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi.

Harakatlanishi
Yomg‘ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda in qazib hayot kechirishga moslashgan. Chuvalchang harakatlanganida oldingi qismidagi halqasimon muskullar qisqarib, tanasi cho‘ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana devoridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo‘g‘onlashib tuproq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi. Tuklari harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.
Tana bo‘shlig‘i
Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa pardadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joylashgan epiteliydan iborat.
Nerv sistemasi
Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi (26-rasm). Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadigan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni qorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.

Sezgi organlari va refleks
Yomg‘ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida joylashgan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi.
Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o‘z ozig‘ini topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug‘lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko‘payishi va regeneratsiyasi
Yomg‘ir chuvalchangi – germafrodit hayvon. Ko‘payish davrida ikki chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi. Chuvalchang tuxum qo‘yish davrida belbog‘chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil bo‘ladi. Har qaysi pillaga 2–3, ba’zan 6–20 tagacha tuxum qo‘yadi. Pilla chuvalchang tanasidan sirg‘alib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Yomg‘ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi uzilib qolganida undan yangi chuvalchanglar hosil bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- bel- bog‘
- yon tuklar
- jinsiy teshiklar
- qorin tomoni tuklari
To‘g‘ri javob: yon tuklar. 24-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi: A – yon tomondan ko‘rinishi; B – qorin tomondan ko‘rinishi: 1 – og‘iz; 2 – yon tuklar; 3 – qorin tomoni tuklari; 4 – bel- bog‘; 5 – jinsiy teshiklar
Rasmda «jinsiy teshiklar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 5
- 4
- 3
- 1
To‘g‘ri javob: 5. 24-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi: A – yon tomondan ko‘rinishi; B – qorin tomondan ko‘rinishi: 1 – og‘iz; 2 – yon tuklar; 3 – qorin tomoni tuklari; 4 – bel- bog‘; 5 – jinsiy teshiklar
Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- ichak
- bo‘ylama muskullar
- nerv tuguni
- halqa muskullar
To‘g‘ri javob: bo‘ylama muskullar. 25-rasm. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining ko‘ndalang kesimi: 1 – teri; 2 – halqa muskullar; 3 – bo‘ylama muskullar; 4 – tana bo‘shlig‘i; 5 – ichak; 6 – qon tomirlari; 7 – nerv tuguni
Rasmda «tana bo‘shlig‘i» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 3
- 4
- 2
- 6
To‘g‘ri javob: 4. 25-rasm. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining ko‘ndalang kesimi: 1 – teri; 2 – halqa muskullar; 3 – bo‘ylama muskullar; 4 – tana bo‘shlig‘i; 5 – ichak; 6 – qon tomirlari; 7 – nerv tuguni
Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- halqa muskullar
- ichak
- bo‘ylama muskullar
- qon tomirlari
To‘g‘ri javob: qon tomirlari. 25-rasm. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining ko‘ndalang kesimi: 1 – teri; 2 – halqa muskullar; 3 – bo‘ylama muskullar; 4 – tana bo‘shlig‘i; 5 – ichak; 6 – qon tomirlari; 7 – nerv tuguni
Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- qizilo‘ngach
- qorin nerv zanjiri
- ichak
- halqum
To‘g‘ri javob: halqum. 26-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – halqum; 3 – qizilo‘ngach; 4 – jig‘ildon; 5 – oshqozon; 6 – ichak; 7 – yurak; 8 – orqa qon tomiri; 9 – qorin qon tomiri; 10 – tana bo‘s
Rasmda «halqum usti nerv tuguni» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 13
- 10
- 11
- 2
To‘g‘ri javob: 11. 26-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – halqum; 3 – qizilo‘ngach; 4 – jig‘ildon; 5 – oshqozon; 6 – ichak; 7 – yurak; 8 – orqa qon tomiri; 9 – qorin qon tomiri; 10 – tana bo‘s
Rasmda 9 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- qorin nerv zanjiri
- qorin qon tomiri
- qizilo‘ngach
- yurak
To‘g‘ri javob: qorin qon tomiri. 26-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – halqum; 3 – qizilo‘ngach; 4 – jig‘ildon; 5 – oshqozon; 6 – ichak; 7 – yurak; 8 – orqa qon tomiri; 9 – qorin qon tomiri; 10 – tana bo‘s
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash