Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi
Mavzular
Mollyuskalar tipi
Bu tipga qorinoyoqlilar, ikki pallalilar, boshoyoqlilar sinfi kiradi. Ular tanasi mantiya teri bilan qoplangan. U tana sirtida chig‘anoq hosil qiladi. Mantiya bilan tana oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i bor. Tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan. Qon aylanish sistemasi ochiq, yuragi rivojlangan.
Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig‘i misolida tanishamiz.
Chuchuk suv shillig‘ining tashqi tuzilishi
Chuchuk suv shillig‘i hovuz va ko‘llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o‘ralgan chig‘anoq ichida joylashgan. Chig‘anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo‘ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o‘rab turadi. Mantiyadan chig‘anoq hosil bo‘ladi. Boshining ostki tomonida og‘iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko‘zi joylashgan (29-rasm). Suv shillig‘i oyoq muskullarining to‘lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.

Ovqat hazm qilish sistemasi
Hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig‘anog‘i ichida halqasimon buralib joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo‘ladi (30-rasm).

Suv shillig‘i halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi bo‘ladi. U tilini chiqarib, o‘simliklar va suvdagi narsalarga yopishgan bakteriyalar hamda mayda suv o‘tlarini qirib oladi. Bir juft so‘lak bezlari ham halqumiga ochiladi. So‘lak suyuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig‘ining jigari oshqozon bo‘shlig‘iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi.
Nafas olish sistemasi
Shilliq atmosfera kislorodi bilan nafas oladi. Chig‘anoqning chetida nafas teshigi bor (29-rasm). Bu teshik xaltasimon o‘pkaga ochiladi. O‘pka devori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan qoplangan. O‘pkadagi havodan qonga kislorod o‘tadi, qondan karbonat angidrid gazi chiqadi. Mollyuska nafas olish uchun suv yuzasiga ko‘tariladi va o‘pkasini havo bilan to‘ldirib oladi.
Qon aylanish va ayirish sistemasi
Mollyuska yuragi tanasining orqa tomonida joylashgan, u yurak oldi bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat (30-rasm). Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni tomirlarga haydaydi. Qon tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon ulardan ichki organlar oralig‘iga quyiladi. Bu yerda kislorodni to‘qimalarga berib, karbonat angidrid bilan boyiydi. Shundan so‘ng tomirlar orqali o‘pkaga keladi. O‘pkada kislorod bilan to‘yingan qon yurakoldi bo‘lmasiga quyiladi. Oziq moddalar ham qon orqali to‘qimalarga tashiladi. Shunday qilib, mollyuskalar qon tomirlari ochiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi.
Chuchuk suv shillig‘ining tasmaga o‘xshash yagona buyragi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangi ayirish organiga o‘xshaydi. Buyrakning voronkasimon kengaygan uchi yurakoldi bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochiladi.
Bilimingizni sinang
Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- bosh
- nafas teshigi
- tanasi
- oyoq
To‘g‘ri javob: bosh. 29-rasm. Chuchuk suv shillig‘ining tashqi tuzilishi: 1 – chig‘anoq; 2 – mantiya cheti; 3 – tanasi; 4 – paypaslagich; 5 – ko‘zlar; 6 – bosh; 7 – nafas teshigi; 8 – oyoq
Rasmda «ko‘zlar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 4
- 5
- 7
- 6
To‘g‘ri javob: 5. 29-rasm. Chuchuk suv shillig‘ining tashqi tuzilishi: 1 – chig‘anoq; 2 – mantiya cheti; 3 – tanasi; 4 – paypaslagich; 5 – ko‘zlar; 6 – bosh; 7 – nafas teshigi; 8 – oyoq
Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- tanasi
- paypaslagich
- chig‘anoq
- ko‘zlar
To‘g‘ri javob: paypaslagich. 29-rasm. Chuchuk suv shillig‘ining tashqi tuzilishi: 1 – chig‘anoq; 2 – mantiya cheti; 3 – tanasi; 4 – paypaslagich; 5 – ko‘zlar; 6 – bosh; 7 – nafas teshigi; 8 – oyoq
Rasmda 7 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- oshqozon
- anal teshigi
- ichak
- yurak
To‘g‘ri javob: anal teshigi. 30-rasm. Chuchuk suv shillig‘ining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – tilcha; 3 – halqum; 4 – qizilo‘ngach; 5 – oshqozon; 6 – ichak; 7 – anal teshigi; 8 – o‘pka; 9 – yurak bo‘lmasi; 10 – yurak qorinchasi
Rasmda «og‘iz» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 6
- 10
- 11
- 1
To‘g‘ri javob: 1. 30-rasm. Chuchuk suv shillig‘ining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – tilcha; 3 – halqum; 4 – qizilo‘ngach; 5 – oshqozon; 6 – ichak; 7 – anal teshigi; 8 – o‘pka; 9 – yurak bo‘lmasi; 10 – yurak qorinchasi
Rasmda 8 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- yurak
- yurak bo‘lmasi
- o‘pka
- anal teshigi
To‘g‘ri javob: o‘pka. 30-rasm. Chuchuk suv shillig‘ining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – tilcha; 3 – halqum; 4 – qizilo‘ngach; 5 – oshqozon; 6 – ichak; 7 – anal teshigi; 8 – o‘pka; 9 – yurak bo‘lmasi; 10 – yurak qorinchasi
Mollyuskalar tanasini qoplab, uning sirtida chig‘anoq hosil qiladigan teri qanday ataladi?
- Mantiya
- Epiteliy
- Kutikula
- Xitin parda
To‘g‘ri javob: Mantiya. Mollyuskalar tanasi mantiya teri bilan qoplangan va u chig‘anoq hosil qiladi.
Nima uchun mollyuskalarning qon aylanish sistemasi ochiq deb ataladi?
- Yurak faqat bitta kameradan iborat
- Yurak tananing oldingi tomonida joylashgan
- Qon o‘pkaga o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurakka qaytadi
- Qon tomirlarning uchi ochiq, qon ichki organlar oralig‘iga quyiladi
To‘g‘ri javob: Qon tomirlarning uchi ochiq, qon ichki organlar oralig‘iga quyiladi. Tomirlarning uchi ochiq bo‘lgani uchun qon ichki organlar oralig‘iga quyiladi – bu ochiq sistemadir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash