XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 23-§.

Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar

Mavzular

Ninachilar turkumi

Ninachilar turkumi. Ninachilar – eng qadimgi hasharotlar. Ularning qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yoniga yoyilib turadi. Qorin bo‘limi ingichka va uzun bo‘ladi. Ko‘zlari juda yirik, lichinkasi suvda rivojlanadi (48-rasm).

48-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak; 2 – chigirtka; 3 – qora chirildoq; 4 – sariq suvarak;
48-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak; 2 – chigirtka; 3 – qora chirildoq; 4 – sariq suvarak;

Ninachilar va ularning lichinkalari yirtqich yashaydi. Voyaga yetgan ninachilar o‘ljasini oldingi oyoqlari yordamida havoda tutadi. Ular zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ninachilarning lichinkalari chivinlar, kunliklar va boshqa hayvonlarning suvda yashaydigan lichinkalari bilan oziqlanadi. Vohalardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, tog‘li hududlarda halqali ninachi, oqmaydigan suv havzalari yaqinida suluv ninachi uchraydi.

To‘g‘riqanotlilar turkumi

To‘g‘riqanotlilar turkumi. To‘g‘riqanotlilarning oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpig‘ichga o‘xshab oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi. Ularning og‘iz organlari kemiruvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan. To‘g‘riqanotlilar tuxumlarini tuproqda maxsus ko‘zachaga qo‘yadi. Ularga chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar kiradi. Ko‘pchilik turlarining ovoz chiqarish va eshitish organlari bor. To‘g‘riqanotlilar – juda ochko‘z o‘txo‘r hayvonlar. Ayrim yillari chigirtkalar tez ko‘payib, juda katta gala hosil qiladi. Bunday gala harakat qilganida yo‘lida uchraydigan hamma o‘simliklarni yeb ketaveradi.

Qandalalar turkumi

Qandalalar turkumi. Qandalalar birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof. Shuning uchun ular yarim qattiqqanotlilar deb ham ataladi. Ko‘pchilik turlari o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Cho‘l va dashtlarda keng tarqalgan hasva qandalasi donli ekinlar doni va bargini so‘rib oziqlanadi. Qandalalar orasida qon so‘ruvchi parazitlari ham bor. To‘shak qandalasi xonadonlarda yashaydi; odam va hayvonlar qonini so‘radi. To‘shak qandalasining qanotlari bo‘lmaydi; tanasi mayda sezgir tuklar bilan qoplangan; hidni juda yaxshi sezadi.

Termitlar turkumi

Termitlar turkumi. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar. Termitlar oilasi bittadan urg‘ochi va erkak termitlar hamda bir necha yuzdan milliongacha ishchi va qo‘riqchilardan iborat. Ona termit juda yirik, 10 yilgacha yashab, umr bo‘yi 115 milliontagacha tuxum qo‘yadi. Ishchi termitlarning tanasi oq tusda bo‘lganidan, ularni ba’zan oq chumolilar ham deyiladi. Ular voyaga yetmagan urg‘ochilar bo‘lib, in qurish va oilani boqish vazifasini bajaradi. Qo‘riqchi termitlarning boshi yirik, jag‘lari kuchli rivojlangan. Ular oilani qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Termitlar o‘simlikning yog‘ochlik qismi bilan oziqlanadi. Tropik o‘lkalarda termitlar yer yuzasidan 15 m gacha balandlikda in quradi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tuproq yuzasiga, shuningdek, shahar va qishloqlardagi binolarning yog‘ochlik qismiga turkiston termiti in quradi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. chigirtka
  2. sariq suvarak
  3. qora chirildoq
  4. yashil temirchak

To‘g‘ri javob: yashil temirchak. 48-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak; 2 – chigirtka; 3 – qora chirildoq; 4 – sariq suvarak;

Rasmda «qora chirildoq» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4

To‘g‘ri javob: 3. 48-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak; 2 – chigirtka; 3 – qora chirildoq; 4 – sariq suvarak;

Ninachilar turkumining qanotlari va qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
  1. Qanotlari taxlanib turadi, qorni yo‘g‘on va qisqa
  2. Qanotlari bo‘lmaydi, qorni ingichka va uzun
  3. Qanotlari yoyilib turadi, qorni yumaloq va qisqa
  4. Qanotlari taxlanmasdan yoyilib turadi, qorni ingichka va uzun

To‘g‘ri javob: Qanotlari taxlanmasdan yoyilib turadi, qorni ingichka va uzun. Ninachilarning qanotlari yoyilib turadi, qorin bo‘limi ingichka va uzun.

Ninachilar inson va tabiat uchun qanday foyda keltiradi?
  1. O‘simlik shirasini so‘rib, bargni tozalaydi
  2. Yog‘ochni yeb, uni chirishdan saqlaydi
  3. Gullarni changlatib, hosildorlikni oshiradi
  4. Zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni qirib yuboradi

To‘g‘ri javob: Zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni qirib yuboradi. Ninachilar zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni qirib foyda keltiradi.

Ninachi turini uchraydigan joyi bilan moslang: 1) moviy ninachi; 2) halqali ninachi; 3) suluv ninachi. a) tog‘li hududlar; b) vohalardagi suv havzalari yaqini; c) oqmaydigan suv havzalari yaqini.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-b, 2-a, 3-c
  4. 1-c, 2-a, 3-b

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Moviy ninachi vohalarda, halqali ninachi tog‘larda, suluv ninachi oqmaydigan suv yaqinida.

To‘g‘riqanotlilarning oldingi va orqa qanotlari qanday tuzilgan?
  1. Oldingi qanotlari bo‘lmaydi, orqa qanotlari taxlanmaydi
  2. Ikkala juft qanoti ham keng va yelpig‘ichsimon
  3. Oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari yelpig‘ichga o‘xshab taxlanadi
  4. Oldingi qanotlari yelpig‘ichsimon, orqa qanotlari uzun va ensiz

To‘g‘ri javob: Oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari yelpig‘ichga o‘xshab taxlanadi. Oldingi qanotlar uzun va ensiz, orqa qanotlar yelpig‘ichdek taxlanadi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. To‘g‘riqanotlilarning og‘iz organlari kemiruvchi; II. To‘g‘riqanotlilar tuxumlarini suvga qo‘yadi; III. Ularga chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar kiradi.
  1. I va II
  2. II va III
  3. I, II va III
  4. I va III

To‘g‘ri javob: I va III. Tuxumlarini tuproqdagi maxsus ko‘zachaga qo‘yadi, shuning uchun II noto‘g‘ri.

Nima uchun qandalalar «yarim qattiqqanotlilar» deb ham ataladi?
  1. Birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof
  2. Qanotlari bo‘lmaydi, tanasi yarim qattiq qobiq bilan qoplangan
  3. Ikkala juft qanoti ham to‘liq qattiq va qalin
  4. Orqa qanotlari qalin, oldingi qanotlari yelpig‘ichdek taxlanadi

To‘g‘ri javob: Birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof. Birinchi juft qanotning oldingi qismi qalin, keyingisi yupqa va shaffof.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishiKeyingi →To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi