To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi
Mavzular
Kapalaklar va ularning qurti
Kapalaklar juda chiroyli va xilma-xil bo‘lib, ularning yer yuzida 150 000 ga yaqin, O‘rta Osiyoda bir necha mingga yaqin turlari tarqalgan (49-rasm). Kapalaklarning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Shuning uchun ular tangachaqanotlilar deb ataladi. Qanotlarining rangi ana shu tangachalarga bog‘liq. Kapalaklar boshining ostida spiralga o‘xshab o‘ralgan xartumi bor. Xartum pastki jag‘ bilan pastki labning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning uchun ular xartumini to‘g‘rilab, gul ichiga suqadi va nektarini so‘rib oladi.

Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib, qurt deb ataladi. Og‘iz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni kemirishga moslashgan. Qurtning ko‘krak bo‘limida 3 juft haqiqiy oyoqlar, qorin bo‘limida 5 juft soxta oyoqlar bo‘ladi. Soxta oyoqlar yo‘g‘on, bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalarning bo‘lishi bilan ko‘krak oyoqlardan farq qiladi. Qurtlar soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; ko‘krak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi.
Karam kapalagi
Karam kapalagi. Karam kapalagining qurti karam, sholg‘om, turp, achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning bargi bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bo‘lganidan oq kapalak ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog‘i bo‘ladi (47-rasmga qarang). Kapalak qo‘nganida qanotlari tanasi ustida tik bo‘lib taxlanadi. Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg‘ish rangda bo‘lganidan uni barglar orasida sezish qiyin.
Karam kapalagi tuxumlarini o‘simlik bargi ostiga qo‘yadi. Tuxumlardan chiqqan yosh qurtlar dastlab sariq rangda bo‘ladi, keyinchalik rivojlanib, ko‘k-yashil rangga kiradi. Ularning orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog‘lari bo‘ladi. Qurtlar po‘st tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtlar yoki devorlarga chiqib olib, g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan chiqqan kapalaklar bir necha soatdan so‘ng ucha boshlaydi.
Tut ipak qurti
Tut ipak qurti. Odamlar qadimdan hasharotlarning hayoti bilan tanish bo‘lganlar. Ularni, ayniqsa, kapalak qurtlarining pilla o‘rashi qiziqtirgan. Tut ipak qurti eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot hisoblanadi. Uning asl vatani Himolay bo‘lib, bundan 5 000 yil ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan. Hozir ipak qurti Yaponiya, Xitoy, Braziliya, O‘rta Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Kavkazda boqiladi.
Ipak qurti kapalagining uzunligi 4–6 sm, qanotlari oqish tusda (50-rasm). Kapalak xonakilashtirish tufayli uchish qobiliyatini yo‘qotgan. Erkak kapalaklar urg‘ochilariga nisbatan xipcharoq, mo‘ylovlari patsimon va uzun bo‘ladi. Kapalaklar oziqlanmaydi, urug‘lanib tuxum qo‘ygandan keyin halok bo‘ladi.

Qurtning ipak suyuqligi ajratuvchi so‘lak bezlari juda kuchli rivojlangan bo‘lib, tana bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotganida 1 000 – 1 500 m ip hosil bo‘ladi. Qurt ana shu iplardan pilla o‘raydi va uning ichida g‘umbakka aylanadi. Qurt faqat tut bargi bilan oziqlanganligi sababli tut ipak qurti deb ataladi.
Ipakchilik
Ipakchilik. Ipakchilik, ya’ni pillachilik xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib, tut ipak qurti boqish va uni qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Ipak qurti maxsus pillaxonalarda qurilgan so‘kchaklarda boqiladi. Qurtlik davri 20–24 kun davom etadi. Shu davr mobaynida qurt to‘rt marta tullab, beshinchi yoshga o‘tadi. Bu yoshda uning uzunligi 8–9 sm ga yetadi. Tullayotgan qurtlar oziqlanishdan va harakatdan to‘xtaydi. Bu davr «uyqu davri» deb ataladi.
Qurtlar g‘umbakka aylanishi uchun so‘kchaklarga qurigan mayda shoxlar tashlanadi. Qurtlar shoxlarning ustiga chiqib, uch kun davomida tanasi atrofiga pilla o‘raydi va g‘umbakka aylanadi. Pillalar yig‘ib olinib, ipak olish uchun yigiruv fabrikalariga jo‘natiladi. Fabrikada pilla ichidagi g‘umbak issiq suv yoki bug‘ ta’sirida o‘ldiriladi; pilladan esa ip yigiriladi. 1 kg pilladan 90 g yengil va pishiq tabiiy ipak olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik instituti olimlari tomonidan ipak qurtining oq pilla beradigan sermahsul zotlari, tut daraxtining mo‘l hamda to‘yimli barg beradigan navlari yaratilgan.
Bilimingizni sinang
Rasmda 13 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- podalariy
- qichitqio‘t kapalagi
- moviy kapalak
- do‘lana kapalagi
To‘g‘ri javob: qichitqio‘t kapalagi. 49-rasm. Kapalaklar: 1 – poliksina; 2 – maxaon; 3 – sariq kapalak; 4 – do‘lana kapalagi; 5 – no‘xat oq kapalagi; 6 – apollon; 7 – moviy kapalak; 8 – zorka; 9 – podalariy; 10 – kulrang satir; 11 – katt
Rasmda «tok arvoh kapalagi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 14
- 1
- 13
- 10
To‘g‘ri javob: 14. 49-rasm. Kapalaklar: 1 – poliksina; 2 – maxaon; 3 – sariq kapalak; 4 – do‘lana kapalagi; 5 – no‘xat oq kapalagi; 6 – apollon; 7 – moviy kapalak; 8 – zorka; 9 – podalariy; 10 – kulrang satir; 11 – katt
Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- sariq kapalak
- kulrang satir
- poliksina
- zorka
To‘g‘ri javob: poliksina. 49-rasm. Kapalaklar: 1 – poliksina; 2 – maxaon; 3 – sariq kapalak; 4 – do‘lana kapalagi; 5 – no‘xat oq kapalagi; 6 – apollon; 7 – moviy kapalak; 8 – zorka; 9 – podalariy; 10 – kulrang satir; 11 – katt
Kapalaklarning yer yuzida taxminan nechta turi tarqalgan?
- 15 000 ga yaqin
- 1 500 000 ga yaqin
- 150 000 ga yaqin
- 1 500 ga yaqin
To‘g‘ri javob: 150 000 ga yaqin. Yer yuzida kapalaklarning 150 000 ga yaqin turi tarqalgan.
Kapalaklarning spiralga o‘xshab o‘ralgan xartumi qaysi organlarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi?
- Mo‘ylov bilan yuqori labning
- Pastki jag‘ bilan paypaslagichning
- Pastki jag‘ bilan pastki labning
- Yuqori jag‘ bilan yuqori labning
To‘g‘ri javob: Pastki jag‘ bilan pastki labning. Xartum pastki jag‘ bilan pastki labning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Kapalak qurtining haqiqiy va soxta oyoqlari soni va joylashishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- Qorinda 3 juft haqiqiy, ko‘krakda 5 juft soxta
- Ko‘krakda 3 juft haqiqiy, qorinda 5 juft soxta
- Ko‘krakda 4 juft haqiqiy, qorinda 4 juft soxta
- Ko‘krakda 5 juft haqiqiy, qorinda 3 juft soxta
To‘g‘ri javob: Ko‘krakda 3 juft haqiqiy, qorinda 5 juft soxta. Ko‘krakda 3 juft haqiqiy, qorinda 5 juft soxta oyoq bo‘ladi.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Karam kapalagining qurti karamdoshlar bargi bilan oziqlanadi; II. Oldingi qanotlarining chetida katta qora dog‘ bo‘ladi; III. Tuxumlarini o‘simlik bargi ustiga qo‘yadi.
- I va III
- II va III
- I, II va III
- I va II
To‘g‘ri javob: I va II. Tuxumlarini bargning ostiga qo‘yadi, shuning uchun III noto‘g‘ri.
Karam kapalagi rivojlanish bosqichlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring: 1) g‘umbak; 2) tuxum; 3) kapalak; 4) qurt.
- 2-4-3-1
- 1-2-4-3
- 2-4-1-3
- 2-1-4-3
To‘g‘ri javob: 2-4-1-3. Tuxumdan qurt chiqadi, qurt g‘umbakka aylanadi, g‘umbakdan kapalak chiqadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash