XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 26-§.

Ikki qanotlilar turkumi

Mavzular

Uy pashshasi

Uy pashshasi – juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan (52-rasm). Pastki labining uchi qalinlashib, yostiqchasimon yalovchi xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq-ovqat mahsulotlarini xartumchasi bilan yalab oziqlanadi. Oziq ta’mini oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar yordamida sezadi.

52-rasm. Uy pashshasining rivojlanishi: 1 – urg‘ochisi; 2 – tuxumlar; 3 – qurt; 4 – g‘umbak; 5 – yosh pashsha
52-rasm. Uy pashshasining rivojlanishi: 1 – urg‘ochisi; 2 – tuxumlar; 3 – qurt; 4 – g‘umbak; 5 – yosh pashsha

Pashshaning qurti axlatlar, hojatxonalar va hayvonlar go‘ngida rivojlanadi. Qurtning boshi va oyog‘i bo‘lmaydi, tanasi sirtidagi kichik bo‘rtmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez o‘sadi; quruq tuproqqa chiqib g‘umbakka aylanadi.

Pashshaning zarari

Pashsha juda serpusht bo‘ladi; har 2–4 kunda 100–150 tadan tuxum qo‘yadi. Bir mavsumda pashshaning 8–10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg‘ochi pashshaning avlodi bir mavsumda 5000000000 ga yetishi mumkin. Pashshalar ichburug‘, qorin tifi, vabo, sil, bo‘g‘ma kabi kasalliklarning mikroblarini hamda gijjalarning tuxumlarini tarqatadi. Ular axlatxona va boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog‘i va tanasida ilakishtirib olib, oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi.

Pashsha tez ko‘payib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo toza saqlash va har xil chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotib turish zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog‘ozlar va har xil zaharli moddalar sepib yo‘qotiladi.

Chivinlar va iskabtoparlar

Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg‘ochisi odam va hayvonlar qonini so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko‘lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yerto‘lalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.

Iskabtoparlar – chivinlarga o‘xshash mayda hasharotlar. Ular cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.

So‘na va bo‘kalar

So‘na va bo‘kalarning tashqi ko‘rinishi pashshalarga o‘xshash (53-rasm). So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib, qonini so‘radi. Ular cho‘l mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; issiq yoz mavsumida uy hayvonlariga tinchlik bermaydi. Bo‘kalarning qurtlari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozonida va qo‘ylarning burun bo‘shlig‘ida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini kamaytiradi.

53-rasm. Har xil ikki qanotlilar: 1 – qoramol so‘nasi; 2 – bo‘ka; 3 – yashil go‘sht pashshasi; 4 – kulrang o‘laksa pashsha
53-rasm. Har xil ikki qanotlilar: 1 – qoramol so‘nasi; 2 – bo‘ka; 3 – yashil go‘sht pashshasi; 4 – kulrang o‘laksa pashsha

Bilimingizni sinang

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. urg‘ochisi
  2. g‘umbak
  3. yosh pashsha
  4. tuxumlar

To‘g‘ri javob: g‘umbak. 52-rasm. Uy pashshasining rivojlanishi: 1 – urg‘ochisi; 2 – tuxumlar; 3 – qurt; 4 – g‘umbak; 5 – yosh pashsha

Rasmda «qurt» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 2
  2. 3
  3. 5
  4. 1

To‘g‘ri javob: 3. 52-rasm. Uy pashshasining rivojlanishi: 1 – urg‘ochisi; 2 – tuxumlar; 3 – qurt; 4 – g‘umbak; 5 – yosh pashsha

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. qoramol so‘nasi
  2. kulrang o‘laksa pashsha
  3. bo‘ka
  4. yashil go‘sht pashshasi

To‘g‘ri javob: yashil go‘sht pashshasi. 53-rasm. Har xil ikki qanotlilar: 1 – qoramol so‘nasi; 2 – bo‘ka; 3 – yashil go‘sht pashshasi; 4 – kulrang o‘laksa pashsha

Rasmda «kulrang o‘laksa pashsha» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 1
  3. 2
  4. 3

To‘g‘ri javob: 4. 53-rasm. Har xil ikki qanotlilar: 1 – qoramol so‘nasi; 2 – bo‘ka; 3 – yashil go‘sht pashshasi; 4 – kulrang o‘laksa pashsha

Pashsha qurti haqidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Qurtning boshi va oyog‘i bo‘lmaydi; II. Qurt quruq tuproqqa chiqib g‘umbakka aylanadi; III. Qurt hovuz va ko‘lmak suvlarda rivojlanadi.
  1. I va II
  2. II va III
  3. I va III
  4. Faqat III

To‘g‘ri javob: I va II. Pashsha qurti axlat va go‘ngda rivojlanadi, hovuz suvida emas; III noto‘g‘ri.

Pashsha qancha vaqt oralig‘ida va qancha miqdorda tuxum qo‘yadi?
  1. har 2–4 kunda 5000 tadan
  2. har 8–10 kunda 100–150 tadan
  3. har kuni 10–20 tadan
  4. har 2–4 kunda 100–150 tadan

To‘g‘ri javob: har 2–4 kunda 100–150 tadan. Pashsha serpusht: har 2–4 kunda 100–150 tadan tuxum qo‘yadi.

Pashshalar mikroblarni oziq-ovqat mahsulotlariga qanday yuqtiradi?
  1. chala hazm bo‘lgan oziq qurtlari orqali
  2. axlatxona va iflos joylardan mikroblarni oyog‘i va tanasida ilakishtirib olib kelib
  3. tuxumini oziq-ovqat ichiga qo‘yib
  4. zaharli so‘lagi bilan chaqib

To‘g‘ri javob: axlatxona va iflos joylardan mikroblarni oyog‘i va tanasida ilakishtirib olib kelib. Pashsha iflos joylardan mikrobni oyoq va tanasida ilakishtirib olib, oziqqa o‘tkazadi.

Moslang: 1) chivinlar; 2) iskabtoparlar; 3) bo‘kalar. a) teri leyshmaniozi qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi; b) bezgak kasalligini tarqatadi; c) qurtlari qoramollar terisi ostida parazitlik qiladi.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-b, 2-a, 3-c
  4. 1-c, 2-a, 3-b

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Chivin bezgak, iskabtopar leyshmanioz tarqatadi; bo‘ka qurtlari qoramol terisi ostida yashaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiPardaqanotlilar turkumi: asalarilarKeyingi →Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati