XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 29-§.

Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi

Mavzular

Baliqlar va tana shakli

Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.

Baliqlar tuzilishi zog‘ora baliq misolida o‘rganiladi.

Yashash muhiti va tashqi ko‘rinishi. Zog‘ora baliq O‘rta Osiyoning tog‘ daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko‘l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o‘zanida uchratish mumkin. Zog‘ora baliqning kattaligi 1 m gacha, og‘irligi 8–16 kg gacha boradi.

Zog‘ora va boshqa ko‘pchilik baliqlar tanasi suyri shaklda; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo‘ladi (58-rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo‘shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakatlanayotgan jismga ko‘proq qarshilik ko‘rsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi.

58-rasm. Zog‘ora baliqning tashqi tuzilishi: 1 – jabra qopqog‘i; 2 – ko‘krak suzgichlar; 3 – qorin suzgichlar; 4 – anal suzgich; 5 – dum suzgich; 6 – orqa suzgich; 7 – yon chiziq
58-rasm. Zog‘ora baliqning tashqi tuzilishi: 1 – jabra qopqog‘i; 2 – ko‘krak suzgichlar; 3 – qorin suzgichlar; 4 – anal suzgich; 5 – dum suzgich; 6 – orqa suzgich; 7 – yon chiziq

Suzgichlari

Suzgichlari. Zog‘ora baliq tanasini o‘ngga va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to‘xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.

Terisi va himoya rangi

Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o‘zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq o‘sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqaradigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.

Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog‘liq. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko‘pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o‘xshash to‘q yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi. Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan qaralganda suv qatlamining oqish rangidan ajratib bo‘lmaydi. Gavda rangi atrof-muhitga mos bo‘lganida hayvonlar yirtqichlar ko‘ziga tashlanmaydi. Bu hodisa himoya rangi deyiladi. Siz o‘tgan darslardan hasharotlar himoya rangiga ega bo‘lishini bilasiz.

Umurtqa pog‘onasi

Skeleti. Zog‘ora baliq skeleti asosini tana bo‘ylab o‘tadigan umurtqa pog‘onasi tashkil etadi (59-rasm). Umurtqa pog‘onasi chala harakatchan birikkan 39–42 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg‘alar birikadi. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi; ular ostida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Baliq umurtqa pog‘onasi kalla suyagi bilan harakatsiz birikkan.

59-rasm. Zog‘ora baliq skeleti: 1 – bosh qutisi; 2 – jabra qopqog‘i; 3 – orqa suzgich; 4 – umurtqa po g‘onasi; 5 – anal suzgich; 6 – ko‘krak suzgich; 7 – qorin suzgich;
59-rasm. Zog‘ora baliq skeleti: 1 – bosh qutisi; 2 – jabra qopqog‘i; 3 – orqa suzgich; 4 – umurtqa po g‘onasi; 5 – anal suzgich; 6 – ko‘krak suzgich; 7 – qorin suzgich;

Suzgich va bosh skeleti, muskullar

Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar umurtqa pog‘onasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi.

Bosh skeleti bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat.

Skelet muskullar uchun tayanch, ichki organlarni himoya qilish vazifasini bajaradi.

Muskullari baliq terisi ostida joylashgan bo‘lib, suyaklarga birikkan. Muskullarning qisqarishi va bo‘shashishi tufayli baliq tanasini egib harakatlanadi. Baliqlar gavdasining orqa tomonida va dumida joylashgan muskullar kuchli rivojlangan.

Suzgich pufagi

Suzgich pufagi qorin bo‘shlig‘ida ichagining ustida joylashgan. Pufak o‘rtasidan tortilib ikkiga bo‘lingan, gaz bilan to‘lgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgich pufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan bo‘ladi. Tuxumdan chiqqandan 2–3 kun o‘tgach, lichinka suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to‘ldirib oladi.

Pufak yuzasi kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Baliqning suv yuzasiga ko‘tarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Suzgich pufagining kengayishi qondan ajralib chiqadigan gazlarning pufakni to‘ldirishi bilan bog‘liq. Pufak gazga to‘lganida baliq yuqoriga ko‘tariladi. Gazlar pufakdan ingichka nay bilan ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga chiqqanida pufak puchayadi. Tanasi birmuncha og‘irlashgan baliq suv tubiga tushadi. Suzgich pufagining hajmi o‘zgarmasa, baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi.

Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan rezonator vazifasini ham bajaradi. Bu esa tovushni yaxshiroq eshitish imkonini beradi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. anal suzgich
  2. ko‘krak suzgichlar
  3. qorin suzgichlar
  4. orqa suzgich

To‘g‘ri javob: qorin suzgichlar. 58-rasm. Zog‘ora baliqning tashqi tuzilishi: 1 – jabra qopqog‘i; 2 – ko‘krak suzgichlar; 3 – qorin suzgichlar; 4 – anal suzgich; 5 – dum suzgich; 6 – orqa suzgich; 7 – yon chiziq

Rasmda «ko‘krak suzgichlar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 7
  2. 2
  3. 4
  4. 6

To‘g‘ri javob: 2. 58-rasm. Zog‘ora baliqning tashqi tuzilishi: 1 – jabra qopqog‘i; 2 – ko‘krak suzgichlar; 3 – qorin suzgichlar; 4 – anal suzgich; 5 – dum suzgich; 6 – orqa suzgich; 7 – yon chiziq

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. qorin suzgichlar
  2. dum suzgich
  3. orqa suzgich
  4. jabra qopqog‘i

To‘g‘ri javob: jabra qopqog‘i. 58-rasm. Zog‘ora baliqning tashqi tuzilishi: 1 – jabra qopqog‘i; 2 – ko‘krak suzgichlar; 3 – qorin suzgichlar; 4 – anal suzgich; 5 – dum suzgich; 6 – orqa suzgich; 7 – yon chiziq

Rasmda 7 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. anal suzgich
  2. qorin suzgich
  3. bosh qutisi
  4. jabra qopqog‘i

To‘g‘ri javob: qorin suzgich. 59-rasm. Zog‘ora baliq skeleti: 1 – bosh qutisi; 2 – jabra qopqog‘i; 3 – orqa suzgich; 4 – umurtqa po g‘onasi; 5 – anal suzgich; 6 – ko‘krak suzgich; 7 – qorin suzgich;

Rasmda «ko‘krak suzgich» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 6
  2. 4
  3. 5
  4. 2

To‘g‘ri javob: 6. 59-rasm. Zog‘ora baliq skeleti: 1 – bosh qutisi; 2 – jabra qopqog‘i; 3 – orqa suzgich; 4 – umurtqa po g‘onasi; 5 – anal suzgich; 6 – ko‘krak suzgich; 7 – qorin suzgich;

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. ko‘krak suzgich
  2. qorin suzgich
  3. bosh qutisi
  4. anal suzgich

To‘g‘ri javob: bosh qutisi. 59-rasm. Zog‘ora baliq skeleti: 1 – bosh qutisi; 2 – jabra qopqog‘i; 3 – orqa suzgich; 4 – umurtqa po g‘onasi; 5 – anal suzgich; 6 – ko‘krak suzgich; 7 – qorin suzgich;

Baliqlarning suzgichlari soni qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. ikkita toq, uchta juft
  2. faqat uchta toq
  3. to‘rtta toq, bitta juft
  4. uchta toq, ikkita juft

To‘g‘ri javob: uchta toq, ikkita juft. Baliqlarda uchta toq va ikkita juft suzgich bor.

Zog‘ora baliqning kattaligi va og‘irligi qancha bo‘ladi?
  1. 10 sm gacha, 100 g gacha
  2. 50 sm gacha, 1–2 kg gacha
  3. 1 m gacha, 8–16 kg gacha
  4. 3 m gacha, 80–160 kg gacha

To‘g‘ri javob: 1 m gacha, 8–16 kg gacha. Zog‘ora baliq 1 m gacha va 8–16 kg gacha boradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiLansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvonKeyingi →Baliqlarning ichki tuzilishi