XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 30-§.

Baliqlarning ichki tuzilishi

Mavzular

Hazm qilish sistemasi

Hazm qilish sistemasi. Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat (60-rasm). Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir necha qator tishlar joylashgan. Baliqlar tishlari yordamida o‘ljasini tutadi va ushlab turadi. Yutilgan oziq halqum va qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Zog‘ora va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog‘ora baliq mayda umurtqasizlar, tuban suv o‘tlari, yashil o‘simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi.

60-rasm. Baliqlarning ichki tuzilishi: 1 – jabra; 2 – suzgich pufagi; 3 – muskullar; 4 – umurtqa pog‘onasi; 5 – og‘iz teshigi; 6 – jigar; 7 – o‘t pufagi; 8 – oshqozon; 9 – ichak; 10 – taloq; 11 – orqa chiqaruv teshigi; 12 – qovuq; 13 – buyrak; 14 – bosh miya; 15 – orqa miya; 16 – tuxumdon; 17 – jinsiy teshik; 18 – siydik chiqarish teshigi; 19 – yurak
60-rasm. Baliqlarning ichki tuzilishi: 1 – jabra; 2 – suzgich pufagi; 3 – muskullar; 4 – umurtqa pog‘onasi; 5 – og‘iz teshigi; 6 – jigar; 7 – o‘t pufagi; 8 – oshqozon; 9 – ichak; 10 – taloq; 11 – orqa chiqaruv teshigi; 12 – qovuq; 13 – buyrak; 14 – bosh miya; 15 – orqa miya; 16 – tuxumdon; 17 – jinsiy teshik; 18 – siydik chiqarish teshigi; 19 – yurak

Oziq oshqozon devori bezlari ishlab chiqargan shira ta’sirida hazm bo‘la boshlaydi. Chala hazm bo‘lgan oziq ingichka ichakka tushadi. Bu yerda oziqqa oshqozonosti bezi shirasi va jigar ajratib chiqaradigan o‘t suyuqligi ta’sir qiladi. Hazm bo‘lgan oziq ichak devori orqali qonga so‘riladi.

Nafas olish sistemasi

Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Qahraton qishda muz tagiga kislorod o‘tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar halok bo‘ladi.

61-rasm. Baliqlar jabrasining tuzilishi va ishlashi: 1 – jabra qilchalari; 2 – jabra ravoqlari; 3 – jabra varaqlari; 4 – jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko‘rsatadi)
61-rasm. Baliqlar jabrasining tuzilishi va ishlashi: 1 – jabra qilchalari; 2 – jabra ravoqlari; 3 – jabra varaqlari; 4 – jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko‘rsatadi)

Qon aylanish organlari

Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillyardan iborat. Yuragi yurak qorinchasi va bo‘lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog‘ora baliqning yuragi jabralardan keyinroqda joylashgan (62-rasm).

62-rasm. Baliqlarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – jabra kapillyarlari; 2 – orqa aorta; 3 – qorin aorta; 4 – yurak; 5 – arteriyalar; 6 – organlardagi kapillyarlar; 7 – yurak bo‘lmasi; 8 – yurak qorinchasi; 9 – yurak venasi
62-rasm. Baliqlarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – jabra kapillyarlari; 2 – orqa aorta; 3 – qorin aorta; 4 – yurak; 5 – arteriyalar; 6 – organlardagi kapillyarlar; 7 – yurak bo‘lmasi; 8 – yurak qorinchasi; 9 – yurak venasi

Qonning harakati

Baliqlarning yurak bo‘lmasi va qorinchasining galma-gal qisqarishi tufayli qon yurak bo‘lmasidan qorinchasiga, undan qorin aortasiga chiqariladi. Qon qorin aortasidan jabra arteriyalariga, ulardan kapillyarlarga o‘tadi. Kapillyarlardagi qon karbonat angidridni suvga chiqarib, kislorod bilan boyiydi. Kislorod bilan boyigan qon arteriya qoni deyiladi. Bunday qon qip-qizil bo‘ladi. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog‘onasi ostidan butun tana bo‘ylab o‘tadigan orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tana organlarida esa mayda kapillyarlarga ajraladi. Kislorod va ichakdan so‘rilgan oziq moddalar kapillyarlar devori orqali to‘qimalarga, karbonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa to‘qimalardan qonga o‘tadi. To‘qimalarda qon karbonat angidrid bilan to‘yinib to‘q qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga to‘planib, yurak bo‘lmasiga quyiladi.

Ayirish va moddalar almashinuvi

Ayirish sistemasi. To‘qimalarda hosil bo‘ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo‘ng‘ir-qizg‘ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi (60-rasmga qarang).

Moddalar almashinuvi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmning o‘sishi, nasl qoldirish va barcha hayotiy jarayonlarni ta’minlashga sarf bo‘ladi. Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Ular tanasi harorati doimiy bo‘lmasdan, atrof-muhit harorati ta’sirida o‘zgarib turadi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. umurtqa pog‘onasi
  2. jinsiy teshik
  3. muskullar
  4. o‘t pufagi

To‘g‘ri javob: umurtqa pog‘onasi. 60-rasm. Baliqlarning ichki tuzilishi: 1 – jabra; 2 – suzgich pufagi; 3 – muskullar; 4 – umurtqa pog‘onasi; 5 – og‘iz teshigi; 6 – jigar; 7 – o‘t pufagi; 8 – oshqozon; 9 – ichak; 10 – taloq; 11 – orqa

Rasmda «yurak» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 14
  2. 17
  3. 19
  4. 7

To‘g‘ri javob: 19. 60-rasm. Baliqlarning ichki tuzilishi: 1 – jabra; 2 – suzgich pufagi; 3 – muskullar; 4 – umurtqa pog‘onasi; 5 – og‘iz teshigi; 6 – jigar; 7 – o‘t pufagi; 8 – oshqozon; 9 – ichak; 10 – taloq; 11 – orqa

Rasmda 13 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. buyrak
  2. siydik chiqarish teshigi
  3. oshqozon
  4. orqa miya

To‘g‘ri javob: buyrak. 60-rasm. Baliqlarning ichki tuzilishi: 1 – jabra; 2 – suzgich pufagi; 3 – muskullar; 4 – umurtqa pog‘onasi; 5 – og‘iz teshigi; 6 – jigar; 7 – o‘t pufagi; 8 – oshqozon; 9 – ichak; 10 – taloq; 11 – orqa

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko‘rsatadi)
  2. jabra qilchalari
  3. jabra varaqlari
  4. jabra ravoqlari

To‘g‘ri javob: jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko‘rsatadi). 61-rasm. Baliqlar jabrasining tuzilishi va ishlashi: 1 – jabra qilchalari; 2 – jabra ravoqlari; 3 – jabra varaqlari; 4 – jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko‘rsatadi)

Rasmda «jabra qilchalari» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 3
  2. 1
  3. 4
  4. 2

To‘g‘ri javob: 1. 61-rasm. Baliqlar jabrasining tuzilishi va ishlashi: 1 – jabra qilchalari; 2 – jabra ravoqlari; 3 – jabra varaqlari; 4 – jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko‘rsatadi)

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yurak bo‘lmasi
  2. yurak qorinchasi
  3. jabra kapillyarlari
  4. yurak

To‘g‘ri javob: jabra kapillyarlari. 62-rasm. Baliqlarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – jabra kapillyarlari; 2 – orqa aorta; 3 – qorin aorta; 4 – yurak; 5 – arteriyalar; 6 – organlardagi kapillyarlar; 7 – yurak bo‘

Rasmda «yurak venasi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 3
  2. 8
  3. 9
  4. 6

To‘g‘ri javob: 9. 62-rasm. Baliqlarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – jabra kapillyarlari; 2 – orqa aorta; 3 – qorin aorta; 4 – yurak; 5 – arteriyalar; 6 – organlardagi kapillyarlar; 7 – yurak bo‘

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yurak
  2. organlardagi kapillyarlar
  3. orqa aorta
  4. qorin aorta

To‘g‘ri javob: qorin aorta. 62-rasm. Baliqlarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – jabra kapillyarlari; 2 – orqa aorta; 3 – qorin aorta; 4 – yurak; 5 – arteriyalar; 6 – organlardagi kapillyarlar; 7 – yurak bo‘

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagiKeyingi →Nerv sistemasi va sezgi organlari