XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 35-§.

Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari

Mavzular

Yashash muhiti

Yashash muhiti va hayot kechirishi. Ko‘l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin. Hayotining ko‘p qismini quruqlikda o‘tkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko‘milib yoki suv ostidagi o‘simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi.

Baqaning oziqlanishi

Ko‘l baqasi kunduz kunlari qirg‘oq yaqinida ov qiladi. U qo‘ng‘iz, pashsha, chivin, o‘rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi.

Bosh, ko‘z va burun

Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi. Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi (69-rasm). Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga buradi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko‘zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o‘tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan.

69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi: 11 7 3 10 4 5 8 9 1 – burun teshigi; 2 – qovoq; 3 – ko‘z; 4 – nog‘ora parda; 5 – oldingi oyoq; 6 – yelka; 7 – bilak; 8 – panja; 9 – orqa oyoq; 10 – orqa oyoq panjasi; 11 – boldir; 12 – son
69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi: 11 7 3 10 4 5 8 9 1 – burun teshigi; 2 – qovoq; 3 – ko‘z; 4 – nog‘ora parda; 5 – oldingi oyoq; 6 – yelka; 7 – bilak; 8 – panja; 9 – orqa oyoq; 10 – orqa oyoq panjasi; 11 – boldir; 12 – son

Nafas olish va eshitish

Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi. Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko‘zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi.

Baqa ko‘zining orqa tomonida joylashgan nog‘ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar – rezonatorlar bo‘ladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.

Oyoqlari va terisi

Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat bo‘ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.

Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi.

Baqa skeleti

Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo‘limlari zog‘orabaliqnikiga o‘xshash suyaklardan iborat (70-rasm). Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslashishi va oyoqlarining paydo bo‘lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo‘shilgan. Baqaning qovurg‘alari rivojlanmaganidan ko‘krak qafasi ham bo‘lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 11 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yelka
  2. boldir
  3. qovoq
  4. son

To‘g‘ri javob: boldir. 69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi: 11 7 3 10 4 5 8 9 1 – burun teshigi; 2 – qovoq; 3 – ko‘z; 4 – nog‘ora parda; 5 – oldingi oyoq; 6 – yelka; 7 – bilak; 8 – panja; 9 – orqa oyoq; 10 – orqa oyoq panjas

Rasmda «ko‘z» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 2
  2. 7
  3. 3
  4. 11

To‘g‘ri javob: 3. 69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi: 11 7 3 10 4 5 8 9 1 – burun teshigi; 2 – qovoq; 3 – ko‘z; 4 – nog‘ora parda; 5 – oldingi oyoq; 6 – yelka; 7 – bilak; 8 – panja; 9 – orqa oyoq; 10 – orqa oyoq panjas

Rasmda 10 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. boldir
  2. burun teshigi
  3. orqa oyoq panjasi
  4. orqa oyoq

To‘g‘ri javob: orqa oyoq panjasi. 69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi: 11 7 3 10 4 5 8 9 1 – burun teshigi; 2 – qovoq; 3 – ko‘z; 4 – nog‘ora parda; 5 – oldingi oyoq; 6 – yelka; 7 – bilak; 8 – panja; 9 – orqa oyoq; 10 – orqa oyoq panjas

Ko‘l baqasi yer yuzida keng tarqalgan bo‘lsa-da, qayerlarda uchramaydi?
  1. Chuchuk suv havzalarining sernam qirg‘oqlarida
  2. Iliq va sernam o‘tloqlarda
  3. Sovuq shimoliy va baland tog‘li hududlarda
  4. Ariqlar bo‘yidagi sernam joylarda

To‘g‘ri javob: Sovuq shimoliy va baland tog‘li hududlarda. Ko‘l baqasi faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li hududlarda uchramaydi.

Ovga chiqqan baqa nima uchun qimirlamay o‘ljani poylab yotadi?
  1. O‘ljani qorong‘ida ko‘rolmaydi
  2. Hididan o‘ljani topadi
  3. Faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi
  4. Terisi orqali o‘ljani sezadi

To‘g‘ri javob: Faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa faqat harakatlanayotgan o‘ljani payqaydi, shuning uchun o‘lja qimirlaguncha kutadi.

Baqaning boshi baliqlarnikidan qanday farq qiladi?
  1. Tanasiga harakatsiz birikkan, bo‘yni aniq ko‘rinadi
  2. Tanasiga harakatsiz birikkan, faqat yuqoriga ko‘tariladi
  3. Uzun bo‘yin orqali tanasiga birikkan
  4. Tanasiga harakatchan birikkan, har tomonga buriladi

To‘g‘ri javob: Tanasiga harakatchan birikkan, har tomonga buriladi. Baqaning boshi tanasiga harakatchan birikkan, bo‘yni qisqa bo‘lsa ham boshini har tomonga buradi.

Baqa ko‘zlarini himoya qiluvchi harakatchan qovoqlar qanday vazifa bajaradi?
  1. Ko‘zni suv ostida bekitib, nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi
  2. Ko‘zni yorug‘likdan to‘sib, ko‘rishni kuchaytiradi
  3. Tovushni kuchaytirib, eshitishni yaxshilaydi
  4. Ko‘zni namlab, qurib qolishdan saqlaydi

To‘g‘ri javob: Ko‘zni namlab, qurib qolishdan saqlaydi. Qovoqlar ko‘zni namlab, qurib qolishdan saqlaydi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Suv ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar baqaning burun teshigini bekitadi. II. Nog‘ora parda ko‘zning orqa tomonida joylashgan eshitish organi. III. Rezonatorlar urg‘ochi baqalarda bo‘lib, ovozni susaytiradi.
  1. Faqat I
  2. I va II
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. III noto‘g‘ri: rezonatorlar erkak baqalarda bo‘lib, tovushni kuchaytiradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSuyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyatiKeyingi →Ko‘l baqasining ichki tuzilishi