Ko‘l baqasining ichki tuzilishi
Mavzular
Oyoq skeleti va kamarlar
Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko‘krak tirgak, o‘mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi to‘sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o‘zaro bo‘g‘imlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va murakkab bo‘ladi.

Hazm qilish sistemasi
Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda o‘xshash bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og‘iz bo‘shlig‘ida harakatchan tili va jag‘lari bor. Yuqori jag‘i va tanglayida konussimon tishchalari bo‘ladi. Baqa orqa ichagining keyingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi.

Nafas olish sistemasi
Nafas olish sistemasi. Baqa o‘pka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapillyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat angidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish: yurak
Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan iborat (72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat.

Katta va kichik doira
Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi (72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi. O‘pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to‘yinib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo‘lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o‘ng bo‘lmasida esa karbonat angidrid bilan to‘yingan vena qoni bo‘ladi. Ikkala bo‘lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o‘zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.
Ayirish va moddalar almashinuvi
Ayirish sistemasi. Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga o‘xshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Buyraklar qorin bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan. Har qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha – siydik yo‘llari chiqib, kloaka bo‘shlig‘iga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga chiqib ketadi.
Moddalar almashinuvi. Baqalar baliqlar singari sovuqqonli hayvonlardir. Ularning organizmida moddalar almashinuvi sust kechganidan tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq, ya’ni havo isiganda tana harorati ko‘tariladi, soviganida esa pasayadi. Sovuq tushganida baqalar kam harakat bo‘lib qoladi. Qishda ular biror pana joyga kirib olib karaxt bo‘lib yotadi.
Nerv sistemasi va sezgilar
Nerv sistemasi. Baqaning bosh miyasi baliqlarnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan, unda ikkita bo‘rtmachadan iborat yarimsharlar hosil bo‘ladi (73-rasm). Baqa baliqlarga nisbatan sekin harakatlanishi, tanasining yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli ular harakatini va tana muvozanatini boshqarib turadigan miyachasi kuchsiz rivojlangan.

Baqa sezgi organlarining tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan. Ikkita qovog‘i ko‘zlarini himoya qiladi va namlab turadi. Eshitish organlari ichki va o‘rta bo‘limdan iborat. O‘rta quloq ko‘zning miya orqasida joylashgan nog‘ora pardadan boshlanadi. Tovush to‘lqinlari nog‘ora pardani tebratganida tebranish o‘rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari orqali ichki quloqqa uzatiladi.
Bilimingizni sinang
Rasmda 8 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- son
- bilak
- tovon
- o‘mrov
To‘g‘ri javob: tovon. 70- rasm. Baqa skeleti: 1 – bosh skeleti; 2 – jag‘; 3 – kurak; 4 – o‘mrov; 5 – panja; 6 – bilak; 7 – yelka; 8 – tovon; 9 – boldir; 10 – son; 11 – chanoq suyaklari; 12 – dum; 13 – umurtqa pog‘onasi
Rasmda «yelka» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 12
- 7
- 6
- 11
To‘g‘ri javob: 7. 70- rasm. Baqa skeleti: 1 – bosh skeleti; 2 – jag‘; 3 – kurak; 4 – o‘mrov; 5 – panja; 6 – bilak; 7 – yelka; 8 – tovon; 9 – boldir; 10 – son; 11 – chanoq suyaklari; 12 – dum; 13 – umurtqa pog‘onasi
Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- dum
- kurak
- bilak
- chanoq suyaklari
To‘g‘ri javob: kurak. 70- rasm. Baqa skeleti: 1 – bosh skeleti; 2 – jag‘; 3 – kurak; 4 – o‘mrov; 5 – panja; 6 – bilak; 7 – yelka; 8 – tovon; 9 – boldir; 10 – son; 11 – chanoq suyaklari; 12 – dum; 13 – umurtqa pog‘onasi
Rasmda 5 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- qi zilo‘ngach
- jigar
- oshqo zon
- oshqozonosti bezi
To‘g‘ri javob: oshqozonosti bezi. 71-rasm. Baqaning hazm qilish sistemasi (A) va oziqlanishi (B): 1 – og‘iz; 2 – qi zilo‘ngach; 3 – oshqo zon; 4 – jigar; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – til
Rasmda «kloaka» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 6
- 4
- 5
- 7
To‘g‘ri javob: 6. 71-rasm. Baqaning hazm qilish sistemasi (A) va oziqlanishi (B): 1 – og‘iz; 2 – qi zilo‘ngach; 3 – oshqo zon; 4 – jigar; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – til
Rasmda 7 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- til
- kloaka
- og‘iz
- oshqozonosti bezi
To‘g‘ri javob: til. 71-rasm. Baqaning hazm qilish sistemasi (A) va oziqlanishi (B): 1 – og‘iz; 2 – qi zilo‘ngach; 3 – oshqo zon; 4 – jigar; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – til
Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- yurak
- katta qon aylanish doira- si
- o‘ng yurak bo‘lmasi
- o‘pka
To‘g‘ri javob: o‘pka. 72- rasm. Baqaning qon ay- 9 lanish sistemasi (A) va yuragi (B)ning tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 6 4 – katta qon aylanish doira- si; 5 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 6 – c
Rasmda «o‘ng yurak bo‘lmasi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 6
- 2
- 3
- 5
To‘g‘ri javob: 5. 72- rasm. Baqaning qon ay- 9 lanish sistemasi (A) va yuragi (B)ning tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 6 4 – katta qon aylanish doira- si; 5 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 6 – c
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash