XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 41-§.

Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi

Mavzular

Qushlar sinfining belgilari

Qushlar – havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar.

Tanasi pat bilan qoplangan. Suyaklari yengil, naysimon suyaklarning bo‘shlig‘iga havo to‘lgan, jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari ham ishtirok etadi. Yuragi to‘rt kamerali, issiqqonli hayvonlar tuxum qo‘yib ko‘payadi.

Qushlarning tuzilishi ko‘k kaptar misolida o‘rganiladi.

Kaptarning gavda bo‘limlari

Gavda bo‘limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo‘yin, tana va oyoqlardan iborat (80-rasm). Uncha katta bo‘lmagan yumaloq boshi uzun va juda harakatchan bo‘yin orqali tanaga tutashgan. Tumshug‘i ustida burun teshigi, boshining ikki yonida ko‘zlari, ulardan orqaroqda quloq teshiklari joylashgan. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar ko‘tarish yuzasini hosil qiladi (81-rasm). Qushlar oyoqlarining pastki qismi – iligi va barmoqlari muguz tangachali dag‘al teri bilan qoplangan. Kaptar faqat oyog‘iga tayanib yerda yuradi.

80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – ilik
80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – ilik
81-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6 – ikkinchi tartib qoqish patlari
81-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6 – ikkinchi tartib qoqish patlari

Kontur patlar va pat tuzilishi

Tana qoplag‘ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga ko‘ra kontur patlar va parlarga bo‘linadi. Kontur patlar vazifasiga binoan kontur-qoplag‘ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish (qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka va qattiq o‘zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig‘ichdan iborat. Pat yelpig‘ichi o‘zakdan chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o‘siqchalarning qalin to‘ridan hosil bo‘ladi. Pat o‘qining pastki yelpig‘ichsiz uchi teridagi pat xaltasiga kirib turadi.

Pat o‘zagidan chiqadigan 1-tartib o‘siqchalar o‘zaro parallel joylashgan. Har bir o‘siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o‘siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o‘siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo‘shilib ketgan (82-rasm). Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.

82-rasm. Qush patining tuzilishi: D A B 1 A – qoqish pati; B – kontur qoplag‘ich pat. D – par: 1 – qalam uchi; 2 – birinchi va ikkinchi tartib o‘siqchalar; 3 – o‘zak
82-rasm. Qush patining tuzilishi: D A B 1 A – qoqish pati; B – kontur qoplag‘ich pat. D – par: 1 – qalam uchi; 2 – birinchi va ikkinchi tartib o‘siqchalar; 3 – o‘zak

Momiq patlar va parlar

Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siqchalari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi. Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil bo‘ladi.

Dumg‘aza bezi

Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi asosida dumg‘aza bezi bo‘ladi. Qush tumshug‘i bilan bu bezdan yog‘simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog‘ patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning yog‘langan patlari suv yuqtirmaydigan bo‘ladi. Qushlarning patsiz oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilar terisidagi muguz tangachalarga o‘xshaydi. Ularning patlari, tumshug‘i, tirnoqlari ham muguzdan iborat.

Bilimingizni sinang

Rasmda 11 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. burun teshigi
  2. ilik
  3. ustki tumshuq
  4. quloq teshigi

To‘g‘ri javob: ilik. 80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – ilik

Rasmda «bo‘yin» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 10
  2. 2
  3. 3
  4. 6

To‘g‘ri javob: 2. 80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – ilik

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. til
  2. qanot
  3. burun teshigi
  4. bo‘yin

To‘g‘ri javob: qanot. 80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – ilik

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. bilak suyagi
  2. yelka suyagi
  3. ikkinchi tartib qoqish patlari
  4. muskullar

To‘g‘ri javob: ikkinchi tartib qoqish patlari. 81-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6 – ikkinchi tartib qoqish patlari

Rasmda «birinchi tartib qoqish patlari» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 5
  2. 2
  3. 4
  4. 3

To‘g‘ri javob: 5. 81-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6 – ikkinchi tartib qoqish patlari

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. panja suyaklari
  2. muskullar
  3. yelka suyagi
  4. bilak suyagi

To‘g‘ri javob: yelka suyagi. 81-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6 – ikkinchi tartib qoqish patlari

Qushlarning jag‘lari va oldingi oyoqlari tuzilishi jihatidan qanday o‘zgargan?
  1. Jag‘lari tishli tumshuqqa, oldingi oyoqlari suzgichga aylangan
  2. Jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoqlari qanotga aylangan
  3. Jag‘lari o‘zgarmagan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan
  4. Jag‘lari yumshoq lablarga, oldingi oyoqlari panjaga aylangan

To‘g‘ri javob: Jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Qushlarda jag‘lar muguz tumshuq, oldingi oyoqlar qanotga aylangan.

Qushlar uchganida qanot va dumdagi patlar ko‘tarish yuzasini qanday hosil qiladi?
  1. Qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushadi
  2. Patlar bir-biridan ajralib, orasidan havo o‘tkazadi
  3. Momiq patlar qanot ustida yig‘ilib qoladi
  4. Parlar tanadan ajralib, qanotga yopishadi

To‘g‘ri javob: Qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushadi. Qanot va dumdagi qoqish hamda boshqarish patlari cherepitsadek bir-birining ustiga tushib, yuza hosil qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiToshbaqalar va timsohlar turkumlariKeyingi →Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari