XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 42-§.

Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari

Mavzular

Skelet va bosh skeleti

Skeleti. Ko‘k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlari skeletidan iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo‘shlig‘ida havo bo‘lganligi tufayli juda yengil bo‘ladi. Bir qancha suyaklar qo‘shilib o‘sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo‘ladi.

Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori va pastki jag‘lardan iborat. Jag‘lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan; tishlar bo‘lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag‘ harakatchan bo‘ladi.

83-rasm. Kaptar 2 skeleti: 1 – bosh; 2 – ustki tum- shuq; 3 – ostki tumshuq; 3 4 – bo‘yin umurtqalari; 4 5 – yelka; 6 – ko‘krak 5 19
83-rasm. Kaptar 2 skeleti: 1 – bosh; 2 – ustki tum- shuq; 3 – ostki tumshuq; 3 4 – bo‘yin umurtqalari; 4 5 – yelka; 6 – ko‘krak 5 19

Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasi

Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshini orqaga 180° ga burishi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cho‘qilashi mumkin. Ko‘krak umurtqalari o‘zaro harakatsiz birikkan. Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan birga ko‘krak qafasini hosil qiladi. To‘sh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiqqa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiradigan muskullar birikadi. Qovurg‘alarning bir uchi ko‘krak umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh suyagi bilan harakatchan qo‘shilgan.

Qanot va oyoq skeleti

Qanotlar kamari ko‘krak tirgak, kurak va o‘mrov suyaklaridan iborat. O‘mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qanotida faqat uchta barmoq bo‘ladi, bu bilan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh barmoqli oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar qo‘shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining kamayishi va mayda suyaklarining qo‘shilishi tufayli panja suyagi mustahkam bo‘ladi.

Oyoq skeleti

Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan iborat. Ular umurtqa pog‘onasining bel va dumg‘aza bo‘limlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz birikkan.

Kaptar oyoqlarining skeleti yo‘g‘on son, ikkita boldir hamda ilik va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo‘lib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo‘ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan dast ko‘tarib turadi va qo‘nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.

Qush muskullari

Muskullari. Bir juft katta ko‘krak muskullari massasi boshqa barcha muskullar massasiga teng keladi. Ko‘krak muskullarining bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ko‘krak toj suyagiga birikadi. Katta ko‘krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. O‘mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko‘tariladi.

Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘tgan. Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush shoxga qo‘nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o‘tirishi va yiqilib tushmasdan uxlashi mumkin.

Bilimingizni sinang

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. ostki tumshuq
  2. bo‘yin umurtqalari
  3. ustki tum- shuq
  4. yelka

To‘g‘ri javob: ostki tumshuq. 83-rasm. Kaptar 2 skeleti: 1 – bosh; 2 – ustki tum- shuq; 3 – ostki tumshuq; 3 4 – bo‘yin umurtqalari; 4 5 – yelka; 6 – ko‘krak 5 19

Rasmda «bosh» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 2
  2. 4
  3. 5
  4. 1

To‘g‘ri javob: 1. 83-rasm. Kaptar 2 skeleti: 1 – bosh; 2 – ustki tum- shuq; 3 – ostki tumshuq; 3 4 – bo‘yin umurtqalari; 4 5 – yelka; 6 – ko‘krak 5 19

Qushlar skeletining juda yengil bo‘lishiga qanday xususiyat sabab bo‘ladi?
  1. Bosh qutisining yumaloq bo‘lishi
  2. Naysimon suyaklar bo‘shlig‘ida havo borligi
  3. Suyaklarining qo‘shilib o‘sishi
  4. Ko‘krak toj suyagining mavjudligi

To‘g‘ri javob: Naysimon suyaklar bo‘shlig‘ida havo borligi. Naysimon suyaklar bo‘shlig‘ida havo bo‘lgani uchun skelet yengil.

Qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan nima sababdan ancha pishiq va mustahkam bo‘ladi?
  1. Suyaklari yo‘g‘onroq bo‘lgani uchun
  2. Bir qancha suyaklari qo‘shilib o‘sgani uchun
  3. Tishli jag‘lari bo‘lgani uchun
  4. Suyaklari bo‘shlig‘i havo bilan to‘lgani uchun

To‘g‘ri javob: Bir qancha suyaklari qo‘shilib o‘sgani uchun. Bir necha suyakning qo‘shilib o‘sishi skeletni pishiq va mustahkam qiladi.

Qushlarning bosh skeletida qaysi suyak harakatchan bo‘ladi?
  1. Bosh qutisi suyaklari
  2. Faqat pastki jag‘
  3. Ham yuqori, ham pastki jag‘
  4. Faqat yuqori jag‘

To‘g‘ri javob: Faqat pastki jag‘. Bosh skeletida faqat pastki jag‘ harakatchan.

Qush umurtqa pog‘onasining uzun, harakatchan bo‘yin bo‘limi boshini orqaga necha gradusga burishga imkon beradi?
  1. 90°
  2. 120°
  3. 270°
  4. 180°

To‘g‘ri javob: 180°. Bo‘yin umurtqalari o‘zaro harakatchan; qush boshini orqaga 180° ga buradi.

Qushlarning oldingi oyoqlari (qanot) suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarnikidan barmoqlar soni jihatidan qanday farq qiladi?
  1. Qushlarda to‘rt barmoq, ularda esa uch barmoq bo‘ladi
  2. Qushlarda ikki barmoq, ularda esa besh barmoq bo‘ladi
  3. Qushlarda uch barmoq, ularda esa besh barmoq bo‘ladi
  4. Qushlarda besh barmoq, ularda esa uch barmoq bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Qushlarda uch barmoq, ularda esa besh barmoq bo‘ladi. Qush qanotida faqat uchta barmoq, boshqa guruhlarning oldingi oyog‘ida besh barmoq bor.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Qushlarda oyoq kamari skeleti ikki juft chanoq suyagidan iborat. II. Chanoq suyaklari umurtqa pog‘onasi bilan harakatsiz birikkan. III. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo‘lib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo‘ladi.
  1. Faqat II
  2. I va II
  3. II va III
  4. I va III

To‘g‘ri javob: II va III. I noto‘g‘ri: oyoq kamari uch juft chanoq suyagidan iborat.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKo‘k kaptarning tashqi tuzilishiKeyingi →Ko‘k kaptarning ichki tuzilishi va sezgi organlari