XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 43-§.

Ko‘k kaptarning ichki tuzilishi va sezgi organlari

Mavzular

Hazm qilish sistemasi

Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilaydi. Tumshug‘ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog‘liq. Tishlari bo‘lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilab, uzib olib yutadi. Donxo‘r qushlar (masalan, kaptar)larda qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ jig‘ildonga aylangan (84-rasm). Qushlarning oshqozoni ikki bo‘limdan iborat. Oldingi bezli bo‘limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta’sirida oziq yumshaydi. Oshqozonning muskulli ikkinchi bo‘lmasida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi.

84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 – o‘pka; 10 – havo xaltasi; 11 – jigar
84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 – o‘pka; 10 – havo xaltasi; 11 – jigar

Energiya va kloaka

Qushlar tanasida haroratning doimiy bo‘lishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi; hayotining ko‘p qismini oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm bo‘ladi.

Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yo‘li va siydik yo‘li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladi.

Nafas olish sistemasi

Nafas olish sistemasi. Qushlarning o‘pkasi murakkab tuzilgan bo‘lib, havo saqlovchi juda ko‘p mayda pufakchalardan iborat. Pufakchalar devorida joylashgan mayda kapillyarlar orqali qonga kislorod o‘tadi. Nafas olishda havo pufaklari ham ishtirok etadi (84-rasm). Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va o‘pka bilan bog‘langan. Qushlar yerda ko‘krak qafasining kengayib-torayishi tufayli nafas oladi. Uchayotgan qush qanotlarining ko‘tarilib tushirilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Bunda gaz almashinuvi ikki marta: havo o‘pkaga kirganida va pufaklardan chiqayotganda sodir bo‘ladi. Qush qancha ko‘p qanot qoqsa, o‘pka orqali havo aylanishi shuncha tez boradi. Shuning uchun uchayotgan qushning nafasi bo‘g‘ilmasdan, aksincha, tezlashadi. Kaptar bir minutda tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Havo pufakchalariga kiradigan havo qushlar tanasini sovitib turadi.

Qon aylanish sistemasi

Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi to‘rt kamerali: ikkita yurak bo‘lmasi va ikkita qorinchadan iborat (85-rasm). Shuning uchun arteriya va vena qoni tamoman ajralgan bo‘lib, yurakdan tanaga kislorodga boy arteriya qoni keladi. Qushlar yuragining ishlashi ularning harakatlanishi bilan bog‘liq. Masalan, kaptarning yuragi tinch turganida 165 marta, uchganida esa 550 marta qisqaradi. Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar organizmida juda tez kechganidan, ularning tana harorati o‘rtacha 42°C ni, ayrim qushlarniki hatto 44,5°C ni tashkil etadi.

85-rasm. Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o‘ng yurak bo‘l masi; 6 – o‘ng yurak qorinchasi; 7 – chap yurak bo‘lmasi; 8 – chap yurak
85-rasm. Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o‘ng yurak bo‘l masi; 6 – o‘ng yurak qorinchasi; 7 – chap yurak bo‘lmasi; 8 – chap yurak

Sezgi organlari va nerv sistemasi

Sezgi organlari. Qushlarning ko‘zi juda yaxshi rivojlangan. Ayrim qushlarning ko‘zi odamnikidan 100 marta o‘tkirroq bo‘ladi. Ular rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydi.

Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi ancha yirik va murakkab tuzilgan (86-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miyaning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan bog‘liq. Qushlarning miyachasi po‘stlog‘ida burmalar ko‘p bo‘ladi. Ularning xilma-xill murakkab harakatlari miyacha bilan bog‘liq. Lekin ularning ko‘pchilik xatti-harakatlari (urchish, uya qurish, tuxum bosish, bola boqish) tug‘ma instinkt hisoblanadi.

86-rasm. Qush bosh miyasining tuzilishi: A – ustki tomondan ko‘rinishi; B – yon tomondan ko‘rinishi: 1 – miya katta yarimsharlari; 2 – o‘rta mi ya; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya
86-rasm. Qush bosh miyasining tuzilishi: A – ustki tomondan ko‘rinishi; B – yon tomondan ko‘rinishi: 1 – miya katta yarimsharlari; 2 – o‘rta mi ya; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya

Shartli reflekslar va tovushlar

Qushlarning hayoti davomida ham turli xil shartli reflekslar hosil bo‘lib turadi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo‘jalar dastlab ko‘zga ko‘ringan hamma narsani cho‘qib ko‘radi. Keyinchalik ular yeb bo‘ladigan va yeb bo‘lmaydigan narsalarni farq qilishni o‘rganadi; o‘z egasini taniydigan, uning ovoziga e’tibor beradigan bo‘lib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo‘l topish xususiyati ham yaxshi rivojlangan. Bu xususiyat qushlarning uchib ketishi va uchib kelishida katta ahamiyatga ega.

Qushlar turli tovushlar yordamida o‘zaro aloqa qiladi. Ular sayrash bilan birga notinchlik, qo‘rqinch, chaqiriq kabi holatlarni bildiruvchi tovushlar chiqarib, o‘z turi individlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Qarg‘a, mayna, qorayaloq va, ayniqsa, to‘tilar ayrim so‘zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi mumkin.

Bilimingizni sinang

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. kloaka
  2. qizilo‘ngach
  3. jigar
  4. og‘iz bo‘shlig‘i

To‘g‘ri javob: qizilo‘ngach. 84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 –

Rasmda «kekirdak» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 9
  3. 8
  4. 11

To‘g‘ri javob: 8. 84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 –

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. o‘pka
  2. oshqozon
  3. og‘iz bo‘shlig‘i
  4. buyrak

To‘g‘ri javob: og‘iz bo‘shlig‘i. 84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 –

Rasmda 5 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. o‘ng yurak qorinchasi
  2. o‘ng yurak bo‘l masi
  3. katta qon aylanish doirasi
  4. o‘pka

To‘g‘ri javob: o‘ng yurak bo‘l masi. 85-rasm. Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o‘ng yurak bo‘l masi; 6 – o‘ng yurak qori

Rasmda «katta qon aylanish doirasi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 1
  3. 2
  4. 5

To‘g‘ri javob: 4. 85-rasm. Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o‘ng yurak bo‘l masi; 6 – o‘ng yurak qori

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yurak
  2. chap yurak bo‘lmasi
  3. o‘ng yurak qorinchasi
  4. o‘ng yurak bo‘l masi

To‘g‘ri javob: o‘ng yurak qorinchasi. 85-rasm. Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o‘ng yurak bo‘l masi; 6 – o‘ng yurak qori

Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. miya katta yarimsharlari
  2. miyacha
  3. uzunchoq miya
  4. o‘rta mi ya

To‘g‘ri javob: miya katta yarimsharlari. 86-rasm. Qush bosh miyasining tuzilishi: A – ustki tomondan ko‘rinishi; B – yon tomondan ko‘rinishi: 1 – miya katta yarimsharlari; 2 – o‘rta mi ya; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya

Rasmda «o‘rta mi ya» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 2
  2. 4
  3. 3
  4. 1

To‘g‘ri javob: 2. 86-rasm. Qush bosh miyasining tuzilishi: A – ustki tomondan ko‘rinishi; B – yon tomondan ko‘rinishi: 1 – miya katta yarimsharlari; 2 – o‘rta mi ya; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKo‘k kaptarning skeleti va muskullariKeyingi →Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi