Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
Mavzular
Ko‘payish davri va juft hosil qilish
Ko‘payish davri. Qishki sovuq kunlar o‘tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko‘payishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o‘rtalarida ko‘payishga kirishadi. Qushlarning ko‘payish davri tuxumdan chiqadigan jo‘jalar uchun oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq.
Juft hosil qilishi. Ko‘pchilik qushlarning erkagi va urg‘ochisi ko‘payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko‘pchilik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg‘ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi.
Juftni tanlash
Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg‘ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahs qilish uchun to‘planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o‘rtasida qisqa muddatli jang ham bo‘lib o‘tadi.
Uya qurishi
Uya qurishi. Ko‘pchilik qushlar tuxum qo‘yish uchun uya quradi. Uyalarning shakli va tuzilishi juda xilma-xil bo‘ladi (87-rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go‘ngqarg‘alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o‘rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o‘rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg‘ochlari uylarning bo‘g‘oti ostidagi yog‘och to‘sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so‘lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalang‘och qoyaga tuxum qo‘yib, uni bosib yotadi.

Tuxumning tuzilishi
Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo‘ladi (88-rasm). Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o‘rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po‘chog‘iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me’yorda isishi uchun ularni oyog‘i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya’ni qush tanasi yaqinida turadi.

Jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar
Jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘ladi; jo‘jalar ko‘p o‘tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular jo‘ja ochadigan qushlar deyiladi.
Kaptar, qaldirg‘och, chumchuq, qarg‘a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalang‘och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo‘ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi.
Nasliga g‘amxo‘rlik
Nasliga g‘amxo‘rlik qilish. Qushlarning nasliga g‘amxo‘rlik qilishi tuxum bosish, jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmaniga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug‘urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo‘ja ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tug‘ilganida tovush bilan jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich hayvonning e’tiborini o‘ziga tortish va jo‘jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo‘jalarini chaqirib oladi.
Qushlarning kelib chiqishi
Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush – arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (89-rasmlar). Jag‘lari, tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo‘lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o‘xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo‘lishi uning daraxtda yashaganligini ko‘rsatadi. Lekin qushlar uchun xos bo‘lgan to‘sh toj suyagi rivojlanmaganligi sababli arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo‘lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan. Uning hozirgi qushlarga o‘xshash toj suyagi rivojlangan.
Bilimingizni sinang
Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- ko‘rgalak
- qizilto‘sh
- vahmaqush
- qaldirg‘och
To‘g‘ri javob: vahmaqush. 87-rasm. Qushlar uyasi: 1 – ko‘rgalak; 2 – vahmaqush; 3 – qizilto‘sh; 4 – qaldirg‘och
Rasmda «ko‘rgalak» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 1
- 2
- 3
- 4
To‘g‘ri javob: 1. 87-rasm. Qushlar uyasi: 1 – ko‘rgalak; 2 – vahmaqush; 3 – qizilto‘sh; 4 – qaldirg‘och
Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- po‘choqosti parda
- oqsil kanopcha
- sariqlik par- da
- po‘choq
To‘g‘ri javob: po‘choq. 88-rasm. Qush tuxumining tuzilishi: 1 – po‘choq; 2 – po‘choqosti parda; 3 – havo kamerasi; 4 – suyuq oqsil; 5 – oqsil kanopcha; 6 – sariqlik par- da; 7 – sariqlik; 8 – murtak diski
Rasmda «sariqlik» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 7
- 5
- 1
- 4
To‘g‘ri javob: 7. 88-rasm. Qush tuxumining tuzilishi: 1 – po‘choq; 2 – po‘choqosti parda; 3 – havo kamerasi; 4 – suyuq oqsil; 5 – oqsil kanopcha; 6 – sariqlik par- da; 7 – sariqlik; 8 – murtak diski
Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- sariqlik
- po‘choqosti parda
- sariqlik par- da
- suyuq oqsil
To‘g‘ri javob: sariqlik par- da. 88-rasm. Qush tuxumining tuzilishi: 1 – po‘choq; 2 – po‘choqosti parda; 3 – havo kamerasi; 4 – suyuq oqsil; 5 – oqsil kanopcha; 6 – sariqlik par- da; 7 – sariqlik; 8 – murtak diski
Qushlarning ko‘payish davri tuxumdan chiqadigan jo‘jalar uchun nimaning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq?
- Yorug‘ kunlarning
- Oziqning
- Suv havzalarining
- Uya qurish materialining
To‘g‘ri javob: Oziqning. Ko‘payish davri jo‘jalarni boqish uchun oziq mo‘l bo‘ladigan paytga to‘g‘ri keladi.
Qush tuxumini oyog‘i bilan aylantirib tursa ham, murtak doimo qush tanasi yaqinida qolishiga sabab nima?
- Murtak sariqlikning markazida joylashgan bo‘ladi
- Sariqlik ham tuxum bilan birga aylanadi, murtak esa sariqlik ustida turadi
- Murtak oqsil ichida erkin suzib yuradi
- Murtak kanopchalar yordamida po‘choqqa osilgan bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Sariqlik ham tuxum bilan birga aylanadi, murtak esa sariqlik ustida turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan, sariqlik aylanganda u ham aylanib, doim yuqorida qoladi.
Qush tuxum bosib yotganida tuxumlarini nima uchun dam-badam aylantirib turadi?
- Tuxumlari bir me’yorda isishi uchun
- Sariqlik oqsilga yopishib qolmasligi uchun
- Jo‘ja ichkarida havo bilan ta’minlanishi uchun
- Po‘choq tezroq qotishi uchun
To‘g‘ri javob: Tuxumlari bir me’yorda isishi uchun. Aylantirish tuxumning barcha tomoni bir tekis isishini ta’minlaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash