XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 50-§.

Itning skeleti va muskullari

Mavzular

Itning tashqi tuzilishi

Tashqi tuzilishi. Sutemizuvchilarning oyoqlari, odatda, ancha baquvvat va uzun bo‘lib, tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun ularning tanasi yerdan dast ko‘tarilib turadi. It yurganida barmoqlariga tayanadi. Boshi harakatchan bo‘yin orqali tanasiga birikkan. Sutemizuvchilarda uchinchi qovoq rivojlanmagan; sutemizuvchilarning tashqi qulog‘i va quloq suprasi rivojlangan. Itlarning quloq suprasi harakatchan bo‘ladi.

Jun qoplami va ter bezlari

Jun qoplami. Sutemizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan bo‘ladi. Jun qoplami ikki qavatdan iborat. Sirtqi qavati uzun va qayishqoq, lekin dag‘al qiltiqlardan, ostki qavati esa mayin va kalta tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo ko‘p bo‘ladi, ular hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dag‘al qiltiqlar tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar tanasida tuyg‘u vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.

Ko‘pchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo‘shimcha ajratish organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadigan ter hayvon tanasini sovitishi bilan birga organizmdan ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi. Itlarning terisida ter bezlari bo‘lmaganidan ularning tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Shuning uchun itlar issiq havoda og‘zini ochib, tez-tez nafas oladi.

Muguz hosilalar

Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tuyoqlari bo‘ladi. Ba’zi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar) ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.

Skelet bo‘limlari

Skeleti. Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletlaridan iborat (96-rasm). Bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum bo‘limlariga ajratiladi.

96-rasm. It skeleti: 1 – bosh; 2 – bo‘yin umurt qalari; 3 – ko‘krak umurtqa lari; 4 – bel umurtqalari; 5 – chanoq; 6 – dum umurtqalari; 7 – son; 8 – kichik boldir; 9 – katta boldir; 10 – tovon; 11 – kurak; 12 – yelka; 13 – bilak;
96-rasm. It skeleti: 1 – bosh; 2 – bo‘yin umurt qalari; 3 – ko‘krak umurtqa lari; 4 – bel umurtqalari; 5 – chanoq; 6 – dum umurtqalari; 7 – son; 8 – kichik boldir; 9 – katta boldir; 10 – tovon; 11 – kurak; 12 – yelka; 13 – bilak;

Umurtqa pog‘onasi

Bo‘yin 7 ta umurtqadan iborat. Ko‘krak umurtqalari 12–15 ta bo‘lib, qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Bel 2–9 (itlarda 6) ta umurtqadan iborat. Bel umurtqalari o‘zaro harakatchan qo‘shilganligi tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumg‘aza bo‘limidagi 3–4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qo‘shilib ketgan. Dum umurtqalari soni (uchtadan bir necha o‘ntagacha) dumning uzunligiga bog‘liq.

Oyoq kamarlari skeleti

Sutemizuvchilar oldingi oyoq kamari skeleti ikkita kurak va unga qo‘shilib o‘sgan ko‘krak tirgak suyagi hamda ikkita o‘mrov suyagidan iborat. Itning o‘mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari, ya’ni chanoq 3 juft suyakdan iborat.

Tishlar

Tishlari. Sutemizuvchilarning tishlari har xil tuzilgan. Itning jag‘lari oldingi qismida ponasimon kurak tishlar, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining ikki yon tomonida yassi oziq tishlar joylashgan. Har qaysi jag‘lardagi oziq tishlardan biri yirtqich tishga aylangan. Itlar va boshqa yirtqich hayvonlarning kurak tishlari mayda, qoziq va yirtqich tishlari kuchli rivojlangan (97-rasm). Tishlarning har xil tuzilishi ularning vazifasi bilan bog‘liq. Tishlar jag‘larning chuqurchasida joylashgan.

97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari: 1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar; 6 – qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z kosasi; 10 – chaynash muskullari
97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari: 1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar; 6 – qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z kosasi; 10 – chaynash muskullari

Bilimingizni sinang

Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. bilak
  2. chanoq
  3. dum umurtqalari
  4. bo‘yin umurt qalari

To‘g‘ri javob: bo‘yin umurt qalari. 96-rasm. It skeleti: 1 – bosh; 2 – bo‘yin umurt qalari; 3 – ko‘krak umurtqa lari; 4 – bel umurtqalari; 5 – chanoq; 6 – dum umurtqalari; 7 – son; 8 – kichik boldir; 9 – katta boldir; 10 – tovon; 11 – k

Rasmda «kurak» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 13
  2. 2
  3. 11
  4. 5

To‘g‘ri javob: 11. 96-rasm. It skeleti: 1 – bosh; 2 – bo‘yin umurt qalari; 3 – ko‘krak umurtqa lari; 4 – bel umurtqalari; 5 – chanoq; 6 – dum umurtqalari; 7 – son; 8 – kichik boldir; 9 – katta boldir; 10 – tovon; 11 – k

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. bel umurtqalari
  2. dum umurtqalari
  3. tovon
  4. katta boldir

To‘g‘ri javob: dum umurtqalari. 96-rasm. It skeleti: 1 – bosh; 2 – bo‘yin umurt qalari; 3 – ko‘krak umurtqa lari; 4 – bel umurtqalari; 5 – chanoq; 6 – dum umurtqalari; 7 – son; 8 – kichik boldir; 9 – katta boldir; 10 – tovon; 11 – k

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. chaynash muskullari
  2. qoziq tish
  3. yirtqich tish
  4. oziq tishlar

To‘g‘ri javob: qoziq tish. 97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari: 1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar; 6 – qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z k

Rasmda «oziq tishlar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 3
  2. 5
  3. 8
  4. 6

To‘g‘ri javob: 8. 97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari: 1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar; 6 – qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z k

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yuqori jag‘
  2. chaynash muskullari
  3. qoziq tish
  4. yirtqich tish

To‘g‘ri javob: yuqori jag‘. 97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari: 1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar; 6 – qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z k

Sutemizuvchilar umurtqa pog‘onasining bel bo‘limi itlarda nechta umurtqadan iborat?
  1. 2 ta
  2. 6 ta
  3. 9 ta
  4. 7 ta

To‘g‘ri javob: 6 ta. Bel bo‘limida 2–9 ta umurtqa bo‘lib, itlarda ularning soni 6 ta.

Itlar issiq havoda nima uchun og‘zini ochib, tez-tez nafas oladi?
  1. Terisida ter bezlari bo‘lmaganidan tanasi nafas olishi tufayli soviydi
  2. Terisida ter bezlari ko‘p bo‘lib, ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi
  3. Muguz tirnoqlari orqali ortiqcha issiqlik tashqariga chiqib ketadi
  4. Jun qoplami ikki qavatdan iborat bo‘lgani uchun tanasi issiqlikni yo‘qotadi

To‘g‘ri javob: Terisida ter bezlari bo‘lmaganidan tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Itning terisida ter bezlari yo‘q, shuning uchun tanasi nafas olish hisobiga soviydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiParrandachilikKeyingi →Itning ichki tuzilishi