XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 51-§.

Itning ichki tuzilishi

Mavzular

Itning muskullari

Muskullari. Sutemizuvchilarning muskullari xilma-xil bo‘ladi. Ko‘pincha orqa muskullari, qo‘l va oyoq hamda qo‘l va oyoq kamarining muskullari kuchli rivojlangan.

Hazm qilish sistemasi

Hazm qilish sistemasi. Hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon hamda ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan aralashtiradi. Og‘izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda oziq ichak va oshqozonosti bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tushadi; u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi (98-rasm).

98-rasm. Itning hazm qilish, nafas olish va ayirish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – ke kirdak; 3 – o‘pka; 4 – ji- gar; 5 – buyrak; 6 – to‘g‘ri ichak; 7 – diafragma; 8 – oshqozon; 9 – oshqozonosti
98-rasm. Itning hazm qilish, nafas olish va ayirish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – ke kirdak; 3 – o‘pka; 4 – ji- gar; 5 – buyrak; 6 – to‘g‘ri ichak; 7 – diafragma; 8 – oshqozon; 9 – oshqozonosti

Nafas olish sistemasi

Nafas olish sistemasi. Havo burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va bronxlar orqali ko‘krak qafasida joylashgan o‘pkaga kiradi. Ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan. Nafas olganda qovurg‘alar ko‘tarilib, diafragma qorin bo‘shlig‘iga suriladi. Buning natijasida ko‘krak qafasining hajmi oshadi, atmosfera bosimi ta’sirida havo o‘pkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda qovurg‘alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko‘krak bo‘shlig‘iga ko‘tarilishi tufayli ko‘krak qafasi torayadi va havo o‘pkadan chiqib ketadi.

Qon aylanish sistemasi

Qon aylanish sistemasi. Sutemizuvchilar yuragi to‘rt bo‘lmali bo‘lib, ikkita qorincha va ikkita bo‘lmadan tuzilgan (99-rasm). Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Sutemizuvchilar – qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan.

99-rasm. Itning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – kichik qon aylanish doirasi; 2 – katta qon aylanish doirasi; 3 – yurak; 4 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 5 – o‘ng yurak qorinchasi; 6 – aorta qon tomiri; 7 – o‘pka arteriyasi; 8 – o‘pka venasi; 9 – chap yurak bo‘lmasi; 10 – chap yurak qorinchasi
99-rasm. Itning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – kichik qon aylanish doirasi; 2 – katta qon aylanish doirasi; 3 – yurak; 4 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 5 – o‘ng yurak qorinchasi; 6 – aorta qon tomiri; 7 – o‘pka arteriyasi; 8 – o‘pka venasi; 9 – chap yurak bo‘lmasi; 10 – chap yurak qorinchasi

Ayirish sistemasi, harorat

Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin bo‘shlig‘ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo‘lgan siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘kiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlanganligi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi ham juda jadal boradi. Sutemizuvchilar ham qushlar singari tana harorati doimiy, issiqqonli hayvonlardir. Biroq tana harorati qushlarnikiga nisbatan biroz pastroq bo‘ladi. It tanasi harorati o‘rtacha 37–38 °C ga teng.

Bosh miya

Bosh miyasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi ham boshqa umurtqali hayvonlarniki singari beshta bo‘limdan iborat (100-rasm). Ammo oldingi miya katta yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ularning po‘stlog‘i burmalarni hosil qiladi. Burmalar qancha ko‘p bo‘lsa, miya po‘stlog‘ida shuncha ko‘p hujayralar bo‘ladi. Hayvonlar hayoti davomida hosil bo‘ladigan xilma-xil shartli reflekslar miya po‘stlog‘ining faoliyati bilan bog‘liq.

100-rasm. It bosh miyasining 2 3 tuzilishi: 1 – bosh miya katta yarimsharlari; 2 – yarimsharlar po‘stlog‘i burma- lari; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya
100-rasm. It bosh miyasining 2 3 tuzilishi: 1 – bosh miya katta yarimsharlari; 2 – yarimsharlar po‘stlog‘i burma- lari; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya

Sezgi organlari: hid, eshitish

Sezgi organlari. Sutemizuvchilarning hid bilish, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va tuyg‘u organlari bo‘ladi. Lekin sezgi organlari turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Quruqlikda yashaydigan hayvonlar hidni yaxshi ajratadi. Hayvonlar hid orqali o‘z turidagi boshqa hayvonlarni, bolalarini, jinsini, o‘ljasi yoki dushmanini ajratib oladi. Doimo suvda yashaydigan delfinlar va kitlar hidni yaxshi sezmaydi, biroq o‘ljasining hidini tez payqaydi. Tuproqda yashaydigan ko‘rsichqonlarning ko‘zi ojiz bo‘ladi.

Sutemizuvchilar eshitish organining ichki, o‘rta va tashqi bo‘limlari bo‘ladi. Tashqi quloq quloq suprasidan va tovush o‘tkazadigan yo‘ldan iborat. Quloq suprasi tovushni kuchaytirish va uning yo‘nalishini aniqlab olishga yordam beradi.

Ko‘rish va tuyg‘u

Ko‘rish organlari qushlarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan. Biroq ularning ko‘zlari narsalar shaklini yaxshi ajratadi. Maymunlar va odamlar esa narsalarning rangini qushlarga nisbatan yaxshi ajratadi.

Sutemizuvchilarning terisi tuyg‘u vazifasini ham bajaradi. Hayvonlarning terisida og‘riq, harorat va narsalar holati (suyuq, qattiq, yumshoq)ni sezuvchi tuyg‘u organlari joylashgan. Tananing turli joylaridagi uzun va yo‘g‘on qillar ham tuyg‘u organlari hisoblanadi. Bunday qillar ko‘pincha burun teshiklari va ko‘zlar yaqinida joylashganligidan «mo‘ylovlar» ham deyiladi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. oshqozonosti
  2. to‘g‘ri ichak
  3. oshqozon
  4. diafragma

To‘g‘ri javob: to‘g‘ri ichak. 98-rasm. Itning hazm qilish, nafas olish va ayirish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – ke kirdak; 3 – o‘pka; 4 – ji- gar; 5 – buyrak; 6 – to‘g‘ri ichak; 7 – diafragma; 8 – oshqozon; 9 – oshqozonosti

Rasmda «ke kirdak» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 9
  2. 2
  3. 4
  4. 6

To‘g‘ri javob: 2. 98-rasm. Itning hazm qilish, nafas olish va ayirish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – ke kirdak; 3 – o‘pka; 4 – ji- gar; 5 – buyrak; 6 – to‘g‘ri ichak; 7 – diafragma; 8 – oshqozon; 9 – oshqozonosti

Rasmda 8 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. oshqozon
  2. oshqozonosti
  3. to‘g‘ri ichak
  4. diafragma

To‘g‘ri javob: oshqozon. 98-rasm. Itning hazm qilish, nafas olish va ayirish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – ke kirdak; 3 – o‘pka; 4 – ji- gar; 5 – buyrak; 6 – to‘g‘ri ichak; 7 – diafragma; 8 – oshqozon; 9 – oshqozonosti

Rasmda 5 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. o‘ng yurak qorinchasi
  2. yurak
  3. chap yurak qorinchasi
  4. chap yurak bo‘lmasi

To‘g‘ri javob: o‘ng yurak qorinchasi. 99-rasm. Itning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – kichik qon aylanish doirasi; 2 – katta qon aylanish doirasi; 3 – yurak; 4 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 5 – o‘ng yurak qorinchasi; 6 – aort

Rasmda «o‘pka venasi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 8
  2. 2
  3. 6
  4. 1

To‘g‘ri javob: 8. 99-rasm. Itning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – kichik qon aylanish doirasi; 2 – katta qon aylanish doirasi; 3 – yurak; 4 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 5 – o‘ng yurak qorinchasi; 6 – aort

Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. kichik qon aylanish doirasi
  2. o‘ng yurak qorinchasi
  3. katta qon aylanish doirasi
  4. o‘pka arteriyasi

To‘g‘ri javob: katta qon aylanish doirasi. 99-rasm. Itning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – kichik qon aylanish doirasi; 2 – katta qon aylanish doirasi; 3 – yurak; 4 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 5 – o‘ng yurak qorinchasi; 6 – aort

Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yarimsharlar po‘stlog‘i burma- lari
  2. bosh miya katta yarimsharlari
  3. miyacha
  4. uzunchoq miya

To‘g‘ri javob: yarimsharlar po‘stlog‘i burma- lari. 100-rasm. It bosh miyasining 2 3 tuzilishi: 1 – bosh miya katta yarimsharlari; 2 – yarimsharlar po‘stlog‘i burma- lari; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya

Rasmda «miyacha» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 3
  2. 1
  3. 2
  4. 4

To‘g‘ri javob: 3. 100-rasm. It bosh miyasining 2 3 tuzilishi: 1 – bosh miya katta yarimsharlari; 2 – yarimsharlar po‘stlog‘i burma- lari; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq miya

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiItning skeleti va muskullariKeyingi →Sutemizuvchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi