XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 52-§.

Sutemizuvchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi

Mavzular

Sutemizuvchilarning ko‘payishi

Ko‘payishi. Ko‘pchilik sutemizuvchilarning tuxum hujayralari juda kichik, sariqligi kam bo‘ladi. Tuxum hujayralari tuxumdonda yetiladi; u yerdan tuxum yo‘liga tushib, urug‘lanadi. Odatda sutemizuvchilar embrioni xaltaga o‘xshash maxsus organ – bachadon ichida rivojlanadi. Urug‘langan tuxum hujayra tuxum yo‘lida rivojlana boshlaydi. Embrion bachadonga tushgach, uning devoriga yopishib oladi. Tuban sutemizuvchilarning bachadoni bo‘lmaydi; ularning urug‘langan tuxumi tashqi muhitda rivojlanadi.

101-rasm. Sutemizuvchi- larning bachadonidagi homilasi: 1 – yo‘ldosh; 2 – kindik; 3 – bachadon devori; 4 – em- brion; 5 – embrion pardasi
101-rasm. Sutemizuvchi- larning bachadonidagi homilasi: 1 – yo‘ldosh; 2 – kindik; 3 – bachadon devori; 4 – em- brion; 5 – embrion pardasi

Homila va yo‘ldosh

Rivojlanishi. Bachadonda rivojlanayotgan embrion homila deyiladi.

Homila yo‘ldosh orqali bachadon devori bilan bog‘langan. Bachadon qon tomirlari kindik orqali yo‘ldoshga keladigan qon tomirlariga zich tegib turadi (101-rasm). Oziq moddalar va kislorod yo‘ldosh orqali ona qonidan homila qoniga o‘tadi;

moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari homila qonidan ona qoniga chiqarib yuboriladi.

Homilaning ona qornida rivojlanish davri homiladorlik deyiladi.

Homiladorlik muddati

Homiladorlik bir necha haftadan bir yilgacha, ba’zan undan ham ko‘proq davom etadi. Homiladorlik muddati va homila soni hayvonlarning yashash tarziga bog‘liq. Daraxtlar kovagi, in va boshqa pana joylarda bolalaydigan hayvonlarning homiladorlik davri qisqa bo‘lib, ular o‘ndan ortiq ko‘zi yumuq bola tug‘adi. Ochiq joylarda bolalaydigan, harakatchan hayvonlarda homiladorlik davri uzoq davom etadi; ular yirik, ancha rivojlangan 1–2 ta bola tug‘adi; bolalari bir necha soatdan so‘ng onasi orqasidan ergashadigan bo‘ladi. Sichqonlar yiliga 5–8 marta, shoxli mollar bir marta bolalaydi.

Sut bilan boqish

Bolalarni sut bilan boqish. Sutemizuvchilar bolasini sut bilan boqadi. Sut urg‘ochi hayvonning ko‘krak yoki qorin qismida joylashgan sut bezlarida hosil bo‘ladi. Bezlar yo‘li so‘rg‘ichlar uchiga ochiladi. So‘rg‘ichlar soni hayvonlarning serpushtligiga bog‘liq. Masalan, 3–8 tadan bola tug‘adigan itlarning 8 ta, 1–4 tadan bola tug‘adigan echkilarning 2 ta so‘rg‘ichi bo‘ladi. Sut tarkibida hayvonlar bolasi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar: suv, yog‘lar, uglevodlar, oqsillar, vitaminlar va mineral tuzlar bo‘ladi.

Sudralib yuruvchilar bilan qarindoshlik

Sutemizuvchilarning kelib chiqishi. Sutemizuvchilarning bir qancha xususiyatlari, xususan, skeleti, muskullari, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, qon aylanish sistemasining tuzilishi sudralib yuruvchilarnikiga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Sutemizuvchilar terisida ham sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash tangachalar bo‘ladi. Ularning yungi ham tangachalardan kelib chiqqan. Bundan tashqari, tuban sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilarga o‘xshash kloakasi bo‘ladi; ular tirik bola tug‘masdan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bu dalillar sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi.

Sutemizuvchilar ajdodi

Sutemizuvchilarning ajdodi bundan 200–300 ming yil ilgari yashagan qadimgi yirtqich tishli kaltakesaklar bo‘lgan (102-rasm). Olimlar skelet qoldiqlarini tekshirib, ularning oyog‘i sudralib yuruvchilarniki singari tanasining ikki yonida emas, balki tanasi ostida joylashganligini, tishlari ham ixtisoslashganligini aniqlashgan. Yirtqich tishli kaltakesaklarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashlik belgilari ham bo‘lgan. Ular kalta oyoqlarida yo‘g‘on va uzun dumini sudrab harakatlangan.

Bilimingizni sinang

Rasmda 5 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. em- brion
  2. yo‘ldosh
  3. embrion pardasi
  4. kindik

To‘g‘ri javob: embrion pardasi. 101-rasm. Sutemizuvchi- larning bachadonidagi homilasi: 1 – yo‘ldosh; 2 – kindik; 3 – bachadon devori; 4 – em- brion; 5 – embrion pardasi

Rasmda «em- brion» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 1
  3. 2
  4. 5

To‘g‘ri javob: 4. 101-rasm. Sutemizuvchi- larning bachadonidagi homilasi: 1 – yo‘ldosh; 2 – kindik; 3 – bachadon devori; 4 – em- brion; 5 – embrion pardasi

Sutemizuvchilarning tuxum hujayralari qaysi organda yetiladi?
  1. Bachadonda
  2. Tuxum yo‘lida
  3. Tuxumdonda
  4. Yo‘ldoshda

To‘g‘ri javob: Tuxumdonda. Tuxum hujayralari tuxumdonda yetiladi, so‘ng tuxum yo‘liga tushib urug‘lanadi.

Sutemizuvchilarda embrion hosil bo‘lish jarayonini ketma-ketlikda joylashtiring: 1) tuxum hujayra tuxumdonda yetiladi; 2) tuxum yo‘lida urug‘lanadi; 3) embrion bachadonga tushadi; 4) bachadon devoriga yopishib oladi.
  1. 1-3-2-4
  2. 1-2-3-4
  3. 2-1-3-4
  4. 1-2-4-3

To‘g‘ri javob: 1-2-3-4. Avval tuxum yetiladi, tuxum yo‘lida urug‘lanadi, embrion bachadonga tushib, devoriga yopishadi.

Homila bachadon devori bilan qaysi organ orqali bog‘langan?
  1. Yo‘ldosh
  2. Tuxumdon
  3. Tuxum yo‘li
  4. Sut bezi

To‘g‘ri javob: Yo‘ldosh. Homila yo‘ldosh orqali bachadon devori bilan bog‘langan.

Yo‘ldosh orqali homila qonidan ona qoniga nima chiqarib yuboriladi?
  1. Sut va vitaminlar
  2. Kislorod va oziq moddalar
  3. Tuxum hujayralari
  4. Moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari

To‘g‘ri javob: Moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari. Kislorod va oziq moddalar onadan homilaga o‘tadi; keraksiz mahsulotlar esa homiladan onaga chiqariladi.

Sutemizuvchilarning ko‘payishi haqidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Tuban sutemizuvchilarning bachadoni bo‘lmaydi; II. Urug‘langan tuxum hujayra bachadonda rivojlana boshlaydi; III. Ko‘pchilik sutemizuvchilarning tuxum hujayralari juda kichik, sariqligi kam bo‘ladi.
  1. Faqat I
  2. I va II
  3. II va III
  4. I va III

To‘g‘ri javob: I va III. II noto‘g‘ri: urug‘langan tuxum hujayra tuxum yo‘lida rivojlana boshlaydi.

Ochiq joylarda bolalaydigan, harakatchan hayvonlar kovak va inlarda bolalaydigan hayvonlardan qaysi belgisi bilan farq qiladi?
  1. Bolalari tug‘ilgach, uzoq vaqt uyada qoladi
  2. Homiladorlik davri qisqa, o‘ndan ortiq bola tug‘adi
  3. Ko‘zi yumuq bolalarni yiliga 5–8 marta tug‘adi
  4. Homiladorlik davri uzoq, 1–2 ta yirik bola tug‘adi

To‘g‘ri javob: Homiladorlik davri uzoq, 1–2 ta yirik bola tug‘adi. Ochiq joylarda bolalaydiganlarda homiladorlik uzoq, bola 1–2 ta, yirik va rivojlangan bo‘ladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiItning ichki tuzilishiKeyingi →Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar