Qon tomirlari, qon aylanish doirasi
Mavzular
Qon tomirlari turlari
Qon tomirlarining tuzilishi. Qon tomirlari tanamizning hamma qismlariga tarqalgan. Ular arteriya, vena va kapillarlarga ajratiladi (34-rasm). Yurakdan organlarga qon olib boradigan qon tomirlari arteriyalar, yurakka qon olib keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. O‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasi, chap yurak qorinchasidan esa eng yirik arteriya — aorta chiqadi.

Arteriyalar devori
Arteriyalar devori qalin va elastik biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Biriktiruvchi to‘qima ostida silliq muskul va elastik tolalardan iborat qalin o‘rta qavat, uning ostida bir qavat yupqa epiteliy joylashgan. Devorining bunday tuzilishi tufayli arteriyalar yurakdan otilib chiqayotgan qonning yuqori bosimiga chidash beradi.
Yurakdan chiqqan yirik arteriyalar ketma-ket ko‘p marta shoxlanib, birmuncha kichikroq arteriyalarni va ular esa arteriolalarni hosil qiladi. O‘z navbatida, arteriolalar ham to‘qimalarda ketma-ket tarmoqlanib, juda ingichka kapillarlarni hosil qiladi.
Kapillarlar va venulalar
Kapillarlar devori bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo‘lib, barcha to‘qimalar orqali o‘tadi. Kapillarlar devori juda yupqa bo‘lib, bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar devori orqali to‘qimalarga kislorod, oziq moddalar va organizm uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar to‘xtovsiz o‘tib turadi, to‘qima suyuqligidan kapillarlarga esa hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar chiqarib turiladi.
Kislorod va oziq moddalarni organlarga bergan juda ingichka kapillarlar venulalar deyiladi. Ular ketma-ket birlashib, venalarni hosil qiladi. Venalar ham ketma-ket birlashib, yiriklashadi. Eng yirik venalar yurakka kelib quyiladi. Kapillarlar devori juda yupqa bo‘lib, bir qavat joylashgan hujayralardan iborat. Kapillarlar devori orqali qondan to‘qimalarga oziq moddalar va kislorod, to‘qimalardan almashinuv mahsulotlari chiqariladi.
Venalar devori
Venalar — qonni organlardan yurak bo‘lmalariga o‘tkazadigan qon tomirlari. Venalar devori ham arteriyalarga o‘xshash uchta qavatdan iborat. Lekin vena qon tomirlari devori arteriyalarga nisbatan ancha yupqa, qon bosimi ham pastroq bo‘ladi.
Katta qon aylanish doirasi
Qon aylanish doirasi. Qon organizmda qon tomirlarida ikkita tutash sistema — katta va kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab aylanadi (35-rasm). Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasi va undan chiqadigan aortadan boshlanadi (36-rasm).

Aorta arteriyalarga, ular esa kapillarlarga ajraladi. Kapillarlardagi qondan hujayralarga kislorod va oziq moddalar, hujayralardan qonga esa karbonat angidrid va almashinuv mahsulotlari o‘tadi. Kapillarlar birlashib, oldingi va keyingi kovak venalarni hosil qiladi. Ikkala kovak vena ham yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni orqaga qaytishga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababdan qon yurak tomonga oqadi.

Kichik qon aylanish doirasi
Kichik qon aylanish doirasi o‘ng qorinchadan chiqadigan o‘pka arteriyasidan boshlanadi. Yurak qisqarganida o‘ng qorinchadagi qon o‘pka arteriyasiga chiqariladi. O‘pka arteriyasi ikkiga tarmoqlanib, chap va o‘ng o‘pkalarga boradi. O‘pkalarda arteriyalar kapillarlarga tarmoqlanadi. Kapillarlar o‘pkadagi mayda havo pufakchalari — alveolalarni o‘rab oladi. Qon kapillarlar orqali oqib o‘tayotganida undagi karbonat angidrid alveolalarga, kislorod alveolalar havosidan qonga o‘tadi. Kislorodga to‘yingan qon arteriya qoni deyiladi. Kapillarlar o‘zaro ketma-ket birlashib, to‘rtta o‘pka venasini hosil qiladi. Bu venalar orqali arteriya qoni yurakning chap bo‘lmasiga oqib keladi.
Bilimingizni sinang
Yurakdan organlarga qon olib boradigan va yurakka qon olib keladigan qon tomirlari mos ravishda qanday ataladi?
- Venalar va arteriyalar
- Arteriyalar va venalar
- Arteriyalar va kapillarlar
- Kapillarlar va venalar
To‘g‘ri javob: Arteriyalar va venalar. Yurakdan qon olib ketuvchi tomirlar arteriyalar, yurakka qon olib keluvchilar venalar deyiladi.
Quyidagilarni mos ta’rif bilan moslang: 1) aorta; 2) o‘pka arteriyasi; 3) kovak venalar; a) o‘ng qorinchadan chiqadi; b) chap qorinchadan chiqadigan eng yirik arteriya; c) yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi.
- 1-a, 2-b, 3-c
- 1-b, 2-c, 3-a
- 1-b, 2-a, 3-c
- 1-c, 2-a, 3-b
To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Aorta chap qorinchadan, o‘pka arteriyasi o‘ng qorinchadan chiqadi; kovak venalar o‘ng bo‘lmaga quyiladi.
Arteriyalar devorining qalin va elastik tuzilishi qanday ahamiyatga ega?
- Qonni orqaga qaytishdan saqlaydi
- Yurakdan otilib chiqayotgan qonning yuqori bosimiga chidash beradi
- Qon bosimini pasaytirib, oqimni sekinlashtiradi
- Kislorodni to‘qimalarga bevosita o‘tkazadi
To‘g‘ri javob: Yurakdan otilib chiqayotgan qonning yuqori bosimiga chidash beradi. Qalin va elastik devor yurakdan otilgan qonning yuqori bosimiga bardosh beradi.
Arteriyalar devorining qalin o‘rta qavati nimadan iborat?
- Silliq muskul va elastik tolalardan
- Ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalaridan
- Faqat epiteliy hujayralaridan
- Bir qavat yassi hujayralardan
To‘g‘ri javob: Silliq muskul va elastik tolalardan. O‘rta qavat silliq muskul va elastik tolalardan tuzilgan.
Qon yurakdan chiqib kapillarlargacha oqib o‘tadigan tomirlarni ketma-ketlikda joylashtiring: 1) kapillarlar; 2) yirik arteriyalar; 3) arteriolalar; 4) kichikroq arteriyalar.
- 2-3-4-1
- 2-4-3-1
- 4-2-3-1
- 2-4-1-3
To‘g‘ri javob: 2-4-3-1. Yirik arteriyalar kichikroq arteriyalarga, ular arteriolalarga, arteriolalar kapillarlarga tarmoqlanadi.
Kapillarlar odam sochiga nisbatan necha marta ingichka va ularning devori necha qavat hujayradan iborat?
- 50 marta; uch qavat
- 50 marta; bir qavat
- 500 marta; ikki qavat
- 5 marta; bir qavat
To‘g‘ri javob: 50 marta; bir qavat. Kapillarlar sochdan 50 marta ingichka, devori bir qavat hujayradan iborat.
Kapillarlar devori orqali qondan to‘qimalarga nimalar, to‘qimalardan qonga esa nimalar o‘tadi?
- Qondan eritrotsitlar; to‘qimalardan leykotsitlar
- Qondan oziq moddalar va kislorod; to‘qimalardan almashinuv mahsulotlari
- Qondan almashinuv mahsulotlari; to‘qimalardan kislorod
- Qondan faqat suv; to‘qimalardan mineral tuzlar
To‘g‘ri javob: Qondan oziq moddalar va kislorod; to‘qimalardan almashinuv mahsulotlari. Kapillar devori yupqa bo‘lgani uchun oziq moddalar va kislorod to‘qimalarga, almashinuv mahsulotlari qonga o‘tadi.
Venalar devori arteriyalar devoriga nisbatan qanday tuzilgan va ulardagi qon bosimi qanday?
- Bir qavatli, ancha yupqa; qon bosimi pastroq
- Ikki qavatli, ancha yupqa; qon bosimi yuqoriroq
- Uch qavatli, lekin ancha qalin; qon bosimi yuqoriroq
- Uch qavatli, lekin ancha yupqa; qon bosimi pastroq
To‘g‘ri javob: Uch qavatli, lekin ancha yupqa; qon bosimi pastroq. Venalar devori ham uch qavatli, ammo arteriyalarnikidan yupqa, bosim esa pastroq.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash