Hujayralar evolutsiyasi
Mavzular
Eukariot hujayra kelib chiqishi
Eukariot hujayralarning kelib chiqishi. Biz yerda hayotning qanday boshlanganligini yoki dastlabki hujayra qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Biroq, yerda va uning atrofida atmosferada turli xil kimyoviy va fizik jarayonlar natijasida oddiy organik moddalar hosil bo‘lganligi haqida taxmin qilishga imkon beruvchi juda ko‘p dalillar mavjud.
Bu sodda organik moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida murakkab moddalar va keyinchalik ulardan esa biz hayot deb nomlagan tuzilma hosil bo‘lgan. Shuning uchun, hayot binobarin, hujayra ham o‘z rivojlanish tarixiga ega. Paleontologiya dalillariga ko‘ra, prokariot hujayralar bundan 3,5 mlrd. yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi.
Birmuncha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan eukariot hujayralar prokariotlardan kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Bu taxminlarni tushuntiruvchi bir qator gipotezalar mavjud.
Simbioz gipotezasi
Simbioz gipotezasi. Simbioz ikki va undan ortiq turlarning birgalikda yashashidir. Bunda ular bir-birlari bilan hamkorlik qilib yashaydi. Hujayralar va hujayra ichida ham simbiotik munosabatlar mavjud. Xlorella deb ataluvchi yashil suvo‘ti, ayrim infuzoriyalar sitoplazmasida fotosintez jarayonini amalga oshiradi va xo‘jayin hujayrani ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi.
Simbioz gipotezasiga ko‘ra, eukariot hujayra bir-biri bilan simbioz holda yashovchi, har xil tiplarga mansub, ko‘p hujayralardan hosil bo‘ladi. Gipotezada ta’kidlanishicha, mitoxondriya va xloroplastlar mustaqil kelib chiqishga ega va prokariot hujayra sifatida paydo bo‘lgan. Masalan, mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan deyiladi.
Yadro va organoidlar hosil bo‘lishi
Yadroning paydo bo‘lishini xo‘jayin hujayraning DNKsi bilan bog‘liq degan taxmin mavjud. Yadro hosil bo‘lgandan so‘ng, uning membranalaridan endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi va undan esa lizosoma hamda vakuola hosil bo‘lgan deyiladi.
Bu taxminlarni isbotlovchi bir qator dalillar ham mavjud. Bularga mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNKning mavjudligi, ularning bo‘linishini prokariot hujayrani bo‘linishiga o‘xshashligi va boshqalar.
Invaginatsiya gipotezasi
Invaginatsiya gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayraning ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini invaginatsiyasi (sitoplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan.
Invaginatsiya gipotezasi eukariot hujayra ko‘p hujayralardan emas, balki bitta hujayradan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu gipoteza xloroplast, mitoxondriya va yadroning qo‘sh membranalarining kelib chiqishini oson tushuntirib beradi.
Ko‘p genomli gipoteza
Ko‘p genomli gipoteza. Ushbu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayralar prokariot hujayralardan ular genomining ayrim qismlarga bo‘linishi, bu qismlarning asta-sekin muayyan funksiyani bajarishga moslanishi natijasida paydo bo‘lgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga yaqin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan isbotlanadi.
Bilimingizni sinang
Paleontologiya dalillariga ko‘ra, prokariot hujayralar taxminan qancha vaqt avval paydo bo‘lgan deb hisoblanadi?
- Bundan 2,5 mlrd. yil avval
- Bundan 1,5 mlrd. yil avval
- Bundan 4,5 mlrd. yil avval
- Bundan 3,5 mlrd. yil avval
To‘g‘ri javob: Bundan 3,5 mlrd. yil avval. Paleontologik dalillarga ko‘ra prokariotlar bundan 3,5 mlrd. yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi.
Xlorella suvo‘ti ayrim infuzoriyalar sitoplazmasida yashab, qanday vazifani bajaradi?
- Xo‘jayin hujayrada yadro vazifasini bajaradi
- Xo‘jayin hujayradagi oqsillarni gidroliz qilib beradi
- Fotosintez qilib, xo‘jayin hujayrani ozuqa bilan ta’minlaydi
- Xo‘jayin hujayrani parchalab, uning moddalarini o‘zlashtiradi
To‘g‘ri javob: Fotosintez qilib, xo‘jayin hujayrani ozuqa bilan ta’minlaydi. Xlorella simbiont sifatida fotosintez qiladi va xo‘jayin hujayrani ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Simbioz gipotezasiga ko‘ra, mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan; II. Invaginatsiya gipotezasi eukariot hujayrani ko‘p hujayralardan kelib chiqqan deb tushuntiradi; III. Ko‘p genomli gipotezaga ko‘ra, eukariotlar prokariotlar genomining ayrim qismlarga bo‘linishi natijasida paydo bo‘lgan.
- Faqat I
- I va III
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va III. II noto‘g‘ri: invaginatsiya gipotezasi eukariot hujayrani ko‘p hujayralardan emas, bitta hujayradan kelib chiqqan deydi.
Gipotezalarni ularning asosiy g‘oyasi bilan moslang: 1) Simbioz; 2) Invaginatsiya; 3) Ko‘p genomli. a) tashqi membrananing sitoplazmaga botib kirishidan organellalar hosil bo‘lgan; b) mitoxondriya va xloroplastlar mustaqil kelib chiqishga ega, prokariot hujayra sifatida paydo bo‘lgan; c) genomning qismlarga bo‘linishi va qismlarning muayyan funksiyaga moslashishi.
- 1-a, 2-b, 3-c
- 1-c, 2-b, 3-a
- 1-b, 2-a, 3-c
- 1-b, 2-c, 3-a
To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Simbioz – mustaqil prokariotlar (b); invaginatsiya – membrananing botib kirishi (a); ko‘p genomli – genom qismlarga bo‘linishi (c).
Yadro hosil bo‘lgandan keyingi taxminga ko‘ra tuzilmalarning paydo bo‘lish ketma-ketligini joylashtiring: 1) Golji majmuasi; 2) yadro; 3) lizosoma va vakuola; 4) endoplazmatik to‘r.
- 2-1-4-3
- 4-2-1-3
- 2-4-3-1
- 2-4-1-3
To‘g‘ri javob: 2-4-1-3. Yadro membranalaridan endoplazmatik to‘r, undan Golji majmuasi, so‘ngra lizosoma va vakuola hosil bo‘lgan.
Invaginatsiya gipotezasi qaysi organellalarning qo‘sh membranalari kelib chiqishini oson tushuntirib beradi?
- Lizosoma, vakuola va Golji majmuasi
- Xloroplast, mitoxondriya va yadro
- Yadro, ribosoma va endoplazmatik to‘r
- Mitoxondriya, xloroplast va lizosoma
To‘g‘ri javob: Xloroplast, mitoxondriya va yadro. Gipoteza xloroplast, mitoxondriya va yadroning qo‘sh membranalari kelib chiqishini tushuntiradi.
Mitoxondriya va xloroplastlarning prokariot hujayra sifatida paydo bo‘lganini qaysi dalil qo‘llab-quvvatlaydi?
- Ularda faqat oqsil borligi va mitoz yo‘li bilan bo‘linishi
- Ularda DNK va RNK borligi, bo‘linishi prokariot bo‘linishiga o‘xshashligi
- Ularda hujayra devori va xromosomalar yo‘qligi
- Ular yadro membranasidan hosil bo‘lishi
To‘g‘ri javob: Ularda DNK va RNK borligi, bo‘linishi prokariot bo‘linishiga o‘xshashligi. Bu organoidlarda DNK va RNK bor va ular prokariotlar kabi bo‘linadi – bu ularning prokariotlardan kelib chiqqanini ko‘rsatadi.
Eukariot hujayra kelib chiqishi haqidagi simbioz va invaginatsiya gipotezalari qanday farqlanadi?
- Simbiozda ko‘p hujayralardan, invaginatsiyada bitta hujayradan hosil bo‘lgan
- Ikkalasi ham eukariot hujayrani bitta hujayradan hosil bo‘lgan deydi
- Simbiozda bitta hujayradan, invaginatsiyada ko‘p hujayralardan hosil bo‘lgan
- Ikkalasi ham eukariot hujayrani ko‘p hujayralardan hosil bo‘lgan deydi
To‘g‘ri javob: Simbiozda ko‘p hujayralardan, invaginatsiyada bitta hujayradan hosil bo‘lgan. Simbioz gipotezasi ko‘p hujayralar hamkorligini, invaginatsiya esa bitta hujayra membranasining botib kirishini asos qiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash