XotirAI logotipiXotirAI
🧬 9-sinf · Biologiya · 24-§.

Oqsillar. Aminokislotalar

Mavzular

Oqsillarning elementar tarkibi

Hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va ahamiyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi.

Oqsillarning elementar tarkibi uglerod 50–54 %, vodorod 6,5–7,3 %, kislorod 21–23 %, azot 16 % hamda oltingugurt 0,5 % dan iborat. Ularning tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi. Oqsillar hujayradagi boshqa organik birikmalardan o‘zlarining yuqori molekular massaga ega bo‘lishlari va tarkibida azot atomlari tutishi bilan farq qiladi.

Oqsil – polimer, monomeri aminokislota

Oqsillarning tuzilishi. Organik moddalar ichida eng murakkabi oqsillardir. Ular polimerlar guruhiga kiradi. Polimer molekulasi uzun zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda nisbatan oddiy bo‘ladigan monomerlar bir necha marta takrorlanadi. Monomerni A harfi bilan belgilaydigan bo‘lsak, u vaqtda polimer strukturasini quyidagicha A-A-A-A-...A tasvirlash mumkin.

Tabiatda oqsillardan tashqari, boshqa polimerlar ham ko‘p, masalan, sellyuloza, kraxmal, kauchuk. Ular bir xil monomerlardan, nuklein kislotalar esa to‘rt xil monomerdan tashkil topgan. Oqsil monomeri aminokislotalardir. Oqsil molekulasi faqat aminokislotalardan tuzulgan bo‘lsa ham bu monomerlar bir xil emas, oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan farq qiladigan 20 xil aminokislota kiradi.

20 ta aminokislota

Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar:

Aminokislotalar peptid bog‘ orqali o‘zaro birikadi va polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar juda ko‘p va xilma xil bo‘lib, har bir oqsil o‘ziga xos aminokislotalar ketma-ketligidan iborat. Oqsil molekulalari ipsimon yoki yumaloq shakllarga ega bo‘ladi (21- rasm).

21- rasm. Gemoglobin oqsil mole kulasining sxemasi.
21- rasm. Gemoglobin oqsil mole kulasining sxemasi.

Aminokislotaning tuzilishi

Aminokislotalar — quyi molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalaridir. Aminokislota organik kislota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining aminoguruh NH2 bilan almashinishidan hosil bo‘ladi. Ko‘pincha NH2 guruh karboksil guruhiga (COOH) qo‘shni uglerod atomining vodorodi o‘rniga kiradi. Aminokislotalar asosan bir xil sxemada tuzilgan.

Barcha aminokislotalarda amino-karboksil guruh bir xil bo‘ladi, ular bir-biridan faqat radikallarining tuzilishi bilangina farqlanadi. Aminokislotaning umumiy formulasi: H–C(R)(NH2)–COOH.

Peptid bog‘ va peptidlar

Oqsil molekulasi hosil bo‘lishida aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘ orqali birikadi. Bitta aminokislotaning karboksil guruhi va qo‘shni aminokislotani aminoguruhidan suv molekulasi ajralib chiqadi va bo‘sh qolgan valentliklar hisobiga aminokislota qoldiqlari bir-biri bilan birikadi. Aminokislotalar o‘rtasida peptid bog‘ vujudga keladi. Hosil bo‘lgan aminokislotalar birikmasi peptid deb ataladi.

Ikkita aminokislotadan hosil bo‘lgan peptid dipeptid, uchta aminokislotadan hosil bo‘lgani tripeptid, ko‘p aminokislotalardan hosil bo‘lgani polipeptid deb ataladi. Polipeptid tarkibida aminokislotalar 50 tadan kam bo‘lsa, polipeptid deb ataladi. Agar polipeptid tarkibida aminokislotalar soni 50 dan ortiq bo‘lsa shartli ravishda oqsillar deb ataladi.

Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar

Aminokislotalarning umumiy xossalari — aminokislotalar tarkibidagi amino va karbon guruhlariga hamda ularning qanday joylashganligiga bog‘liq. O‘simlik va ko‘pchilik mikroorganizmlar aminokislotalarni o‘zlari oddiy birikmalardan (CO2, suv, ammiak) sintezlay oladi. Yuqorida bayon etilganidek oqsil tarkibidagi aminokislotalar 20 xil bo‘lib shundan 10 tasi almashtirib bo‘lmaydigan 10 tasi esa almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar hisoblanadi.

Aminokislotalar organizmga faqat ovqat tarkibidagina kiradi. Bu aminokislotalar yetishmasligi odamlarda har xil kasalliklarga, hayvonlarda esa mahsuldorlikning pasayishiga, o‘sish va rivojlanishning sekinlashishiga, oqsil biosintezining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘p almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar genetik injeneriya va biotexnologiya usullari bilan olinmoqda.

Bilimingizni sinang

Oqsillarning elementar tarkibida azot qancha foizni tashkil etadi?
  1. 16 %
  2. 50–54 %
  3. 0,5 %
  4. 6,5–7,3 %

To‘g‘ri javob: 16 %. Oqsilda azot 16 %, uglerod 50–54 %, kislorod 21–23 %, oltingugurt 0,5 %.

Oqsillar hujayradagi boshqa organik birikmalardan nimasi bilan farq qiladi?
  1. Past molekular massasi va faqat uglerod borligi bilan
  2. Yuqori molekular massasi va tarkibida azot atomlari borligi bilan
  3. Suvda erimasligi va tarkibida azot yo‘qligi bilan
  4. Faqat bir xil monomerlardan tuzilganligi bilan

To‘g‘ri javob: Yuqori molekular massasi va tarkibida azot atomlari borligi bilan. Oqsillar yuqori molekular massaga ega va azot atomlarini tutadi.

Quyidagi polimerlarning monomerlari bo‘yicha qaysi javob to‘g‘ri?
  1. Sellyuloza, kraxmal – bir xil; nuklein kislotalar – to‘rt xil; oqsil – 20 xil monomerdan
  2. Oqsil – to‘rt xil, nuklein kislotalar – 20 xil monomerdan
  3. Sellyuloza va kraxmal – 20 xil, oqsil – bir xil monomerdan
  4. Barcha polimerlar bir xil monomerdan tuzilgan

To‘g‘ri javob: Sellyuloza, kraxmal – bir xil; nuklein kislotalar – to‘rt xil; oqsil – 20 xil monomerdan. Sellyuloza, kraxmal, kauchuk bir xil monomerdan; nuklein kislotalar to‘rt xil; oqsil 20 xil aminokislotadan tuzilgan.

Oqsillar gidroliz qilinsa, ular nimalarga parchalanadi?
  1. Aminokislotalarga
  2. Yog‘ kislotalariga
  3. Monosaxaridlarga
  4. Nukleotidlarga

To‘g‘ri javob: Aminokislotalarga. Oqsil monomeri aminokislota bo‘lgani uchun gidrolizda aminokislotalarga parchalanadi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Fenilalanin halqali (siklik) aminokislotadir; II. Lizin halqali (siklik) aminokislotadir; III. Prolin halqali (siklik) aminokislotadir.
  1. Faqat I
  2. II va III
  3. I va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va III. Lizin halqasiz (asiklik) aminokislota; fenilalanin va prolin halqali.

Peptid bog‘ hosil bo‘lganda suv molekulasi qaysi guruhlardan ajralib chiqadi?
  1. Bir aminokislotaning karboksil guruhi va qo‘shni aminokislotaning aminoguruhidan
  2. Ikkala aminokislotaning radikallaridan
  3. Faqat ikkala aminokislotaning karboksil guruhlaridan
  4. Ikkala aminokislotaning aminoguruhlaridan

To‘g‘ri javob: Bir aminokislotaning karboksil guruhi va qo‘shni aminokislotaning aminoguruhidan. Bir aminokislotaning COOH guruhi va qo‘shnisining NH2 guruhidan suv ajraladi va peptid bog‘ hosil bo‘ladi.

Peptidlarni ularning tavsifi bilan moslang: 1) dipeptid; 2) tripeptid; 3) shartli ravishda oqsil. a) uchta aminokislotadan hosil bo‘lgan; b) ikkita aminokislotadan hosil bo‘lgan; c) 50 tadan ortiq aminokislotali polipeptid.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-c, 2-a, 3-b
  4. 1-b, 2-a, 3-c

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Dipeptid – 2, tripeptid – 3 aminokislota; 50 dan ortiq aminokislotali polipeptid shartli ravishda oqsil hisoblanadi.

Oqsil tarkibidagi 20 xil aminokislotadan nechtasi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalardir?
  1. 10 tasi
  2. 15 tasi
  3. 5 tasi
  4. 20 tasi

To‘g‘ri javob: 10 tasi. 20 xil aminokislotadan 10 tasi almashtirib bo‘lmaydigan, 10 tasi almashtirib bo‘ladigan aminokislotadir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiLipidlarKeyingi →Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi