Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari
Mavzular
Genofond va Vavilov ekspeditsiyalari
Mavjud hayvon zotlari va madaniy o‘simliklar navlarining genofondi, boshlang‘ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun ham seleksion ishlarning yutuqlari asosan o‘simlik yoki hayvonlarning boshlang‘ich guruhlarining genetik xilma-xilligi bilan bog‘liq. Yangi navlar va zotlarni yaratishda yovvoyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va uni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Madaniy o‘simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqalishini o‘rganish maqsadida rossiyalik genetik va seleksioner olim N.I.Vavilov 1920–1940 yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator ekspeditsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo o‘simlik resurslari o‘rganilgan va urug‘chilik uchun g‘oyat muhim kolleksiya to‘plangan. Bular keyinchalik seleksion ishlarda, yangi navlarni yaratishda foydalanilgan.
Dastlabki uch markaz
N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo‘ladi. Bu markazlar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan.
- 1. Janubiy Osiyo tropik markazi. Tropik Hindiston, Hindi-Xitoy, Janubiy Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyo orollari (50 % madaniy o‘simliklar, shu jumladan, sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani).
- 2. Sharqiy Osiyo markazi. Markaziy va Sharqiy Xitoy, Yaponiya, Tayvan orollari, Koreya (20 % dan ortiq madaniy o‘simliklar, jumladan, soya va tariqning vatani).
- 3. Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi. Kichik Osiyo, O‘rta Osiyo, Eron-Afg‘oniston, Shimoliy-g‘arbiy Hindiston (14 % madaniy o‘simliklar, shu jumladan, bug‘doy, suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzi va boshqa ekinlar vatani).
Qolgan to‘rt markaz
- 4. O‘rta yer dengizi markazi. O‘rta dengiz qirg‘oqlaridagi mamlakatlar (11 % madaniy o‘simliklarning, karam, qand lavlagi, beda, zaytun daraxti vatani).
- 5. Abissiya (Efiopiya) markazi. O‘ziga xos alohida dehqonchilik madaniyatining juda qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan (oq jo‘xori, arpa, banan, yovvoyi no‘xat, kofe daraxti vatani).
- 6. Markaziy Amerika. Janubiy Meksika (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, kakao daraxti vatani).
- 7. Janubiy Amerika (And) markazi. Janubiy Amerikaning g‘arbiy sohili bo‘ylab And tog‘lari tizmasi rayonlarining bir qismi (kartoshka, ananas, tamaki vatani).
Kolleksiya va uning ahamiyati
Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko‘paytirilgan. N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o‘simliklariga tegishli juda katta qismi O‘zbekiston o‘simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham saqlanmoqda va undan yangi navlarni yaratishda foydalanilmoqda.
Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 ming dan ortiq namunalarni o‘z ichiga olib, 1041 o‘simlik turlariga mansub. Bularga yovvoyi turlar, madaniy o‘simliklarning avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Olimlar xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar: hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunandalarga, qurg‘oqchilikka chidamlilik. Masalan, yovvoyi g‘o‘za qimmatli genlari asosida yaratilgan “Toshkent” navlari o‘z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan.
Bilimingizni sinang
N.I.Vavilov madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini dastlab nechta markazga bo‘lgan?
- 12 ta
- 5 ta
- 7 ta
- 9 ta
To‘g‘ri javob: 7 ta. Vavilov madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo‘lgan; hozir markazlar 12 tagacha ko‘paytirilgan.
Hozirgi vaqtda madaniy o‘simliklar kelib chiqish markazlari soni nechtagacha ko‘paytirilgan?
- 20 tagacha
- 8 tagacha
- 12 tagacha
- 10 tagacha
To‘g‘ri javob: 12 tagacha. Dastlabki 7 markaz hozir 12 tagacha ko‘paytirilgan.
Rossiyada saqlanayotgan Vavilov kolleksiyasi nechta o‘simlik turiga mansub namunalarni o‘z ichiga oladi?
- 541 ta
- 1041 ta
- 3200 ta
- 104 ta
To‘g‘ri javob: 1041 ta. Kolleksiya 320 ming dan ortiq namunani o‘z ichiga olib, 1041 o‘simlik turiga mansub.
Yovvoyi g‘o‘za qimmatli genlari asosida yaratilgan Toshkent navlari qaysi kasallikka chidamli bo‘lgan?
- Un shudring
- Zang
- Vilt
- Chirish
To‘g‘ri javob: Vilt. Toshkent navlari vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan.
N.I.Vavilov ekspeditsiyalarini qanday maqsadda uyushtirgan?
- Sun’iy mutagenlar bilan yangi turlar olish
- Hayvon zotlari genofondini kamaytirish
- Madaniy o‘simliklar xilma-xilligi va geografik tarqalishini o‘rganish
- Yangi iqlim zonalarini xaritalash
To‘g‘ri javob: Madaniy o‘simliklar xilma-xilligi va geografik tarqalishini o‘rganish. Ekspeditsiyalar madaniy o‘simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqalishini o‘rganish uchun uyushtirilgan.
Moslang: 1) Janubiy Osiyo tropik markazi; 2) Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi; 3) Sharqiy Osiyo markazi. a) soya va tariq; b) sholi va shakarqamish; c) bug‘doy va suli.
- 1-a, 2-b, 3-c
- 1-b, 2-c, 3-a
- 1-c, 2-a, 3-b
- 1-b, 2-a, 3-c
To‘g‘ri javob: 1-b, 2-c, 3-a. Sholi va shakarqamish Janubiy Osiyo tropik, bug‘doy va suli Janubiy-g‘arbiy Osiyo, soya va tariq Sharqiy Osiyo markazidan.
Moslang markazni va undagi madaniy o‘simliklar ulushini: 1) Janubiy Osiyo tropik markazi; 2) Sharqiy Osiyo markazi; 3) O‘rta yer dengizi markazi. a) 50 %; b) 20 % dan ortiq; c) 11 %.
- 1-b, 2-a, 3-c
- 1-c, 2-b, 3-a
- 1-a, 2-c, 3-b
- 1-a, 2-b, 3-c
To‘g‘ri javob: 1-a, 2-b, 3-c. Janubiy Osiyo tropik markazi 50 %, Sharqiy Osiyo 20 % dan ortiq, O‘rta yer dengizi 11 % madaniy o‘simliklar vatanidir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash