XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Budjet kodeksi · 69–82-m.

Davlat budjeti xarajatlari · Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari

Umumiy Qism

69-modda. Davlat budjeti xarajatlarining tarkibi

Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:

ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

iqtisodiyot xarajatlari;

markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;

sudlarni saqlab turish xarajatlari;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

boshqa xarajatlar.

Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari hisobga olinadi.

70-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qo‘shimcha ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tashkilotlari, bolalar uylari, davlat ta’lim tashkilotlarini axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi davlat ta’lim tashkilotlari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;

respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va davlat oliy ta’lim tashkilotlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari;

qonunchilikka muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);

70-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari (davomi)

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta’minoti va ularga haq to‘lash, hukumatning alohida qarorlariga ko‘ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o‘tkazish hamda qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

70-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari (davomi)

davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash xarajatlari;

bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga va bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni, qonunchilikda ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga mablag‘lar ajratish xarajatlari;

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish;

kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam.

agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv va o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga va ularni saqlab turishga haq to‘lash xarajatlari;

hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

70-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari (davomi)

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;

qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to‘lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;

ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;

70-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devonini;

qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;

O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

adliya va prokuratura organlarini.

siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari;

davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari va davlat kafolatini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar;

davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;

davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar;

mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablag‘lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida, bojxona organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablag‘lar;

70-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari (davomi)

qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar.

71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

umumiy o‘rta ta’lim, qo‘shimcha ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish xarajatlari;

bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonunchilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalarini hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari;

71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari (davomi)

tuman tibbiyot birlashmalarini, tuman markaziy poliklinikalarini va yotoq joysiz dispanserlarni, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarini, oilaviy poliklinikalarni hamda qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;

71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari (davomi)

tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.

qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlab turish;

uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;

aholi punktlarini obodonlashtirish;

issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga ko‘rsatilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararlarining o‘rnini qoplash xarajatlari;

qonunchilikda nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini, o‘simliklar karantinini saqlab turish xarajatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini saqlab turish xarajatlari;

71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining hududiy organlarini saqlab turish xarajatlari;

6¹) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.

6²) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari (davomi)

72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari

Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

tumanlar (shaharlar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, umumiy o‘rta ta’lim, qo‘shimcha ta’lim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;

tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari (davomi)

tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash xarajatlari;

tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarini, laboratoriyalarni saqlab turish;

suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish;

shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;

uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;

5¹) jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari;

73-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamg‘armalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan xarajatlar o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlarning budjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalarining miqdori Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.

73-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamg‘armalari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘larining taqsimlovchilari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi iqtisodiyot va moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda ko‘rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.

73-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamg‘armalari (davomi)

Agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalaridan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat budjetida ham mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda tegishli zaxira jamg‘armalarining mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi takliflar faqat ilgari tegishli budjetda nazarda tutilgan mablag‘lar sarflab bo‘linganidan keyingina kiritiladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalaridan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo‘lsa, u holda foydalanilmay qolgan mablag‘lar tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg‘armasiga tiklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar moliya yili tugagach tegishli budjetga tiklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga tegishli zaxira jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot taqdim etadi.

81-modda. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlari

Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan:

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to‘lash;

budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;

budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi.

Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va muddati o‘tgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lgan taqdirda, Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari birinchi navbatda ushbu qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanadigan mablag‘lar ulushi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan homiylik mablag‘larining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, budjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.

82-modda. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari

Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan:

moddiy-texnik bazani mustahkamlash;

xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;

boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan xodimlarning qo‘shimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno.

Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bilimingizni sinang

Budjet kodeksiga ko‘ra, Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida nimalar hisobga olinadi?
  1. Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hamda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi maxsus jamg‘armalar
  2. Vazirlar Mahkamasi, respublika, viloyat, shahar, tuman va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari
  3. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda respublika darajasidagi maxsus fondlar
  4. Budjet tashkilotlarining homiylik mablag‘lari va ularning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi, respublika, viloyat, shahar, tuman va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari. 69-modda oxirgi qismiga ko‘ra, xarajat qismi tarkibida zaxira jamg‘armalari hisobga olinadi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, quyidagi xarajatlardan qaysi biri tumanlar va shaharlar budjetlaridan amalga oshiriladi?
  1. Mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar
  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari
  3. Davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari (respublika darajasida)
  4. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini saqlab turish

To‘g‘ri javob: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari. 72-moddaning 4-bandiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuman va shahar budjetidan saqlanadi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, quyidagi organlardan qaysi biri O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan saqlab turiladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
  3. Tuman hokimligining bo‘limlari
  4. Soliq qo‘mitasining hududiy organlari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi. 70-moddaning 5-bandiga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud respublika budjetidan saqlanadi; qolganlari mahalliy budjetlar xarajati (71-modda).

Budjet kodeksiga ko‘ra, quyidagi xarajatlardan qaysi biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyat va Toshkent shahar budjetlaridan amalga oshiriladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlar
  2. Sudlarni saqlab turish xarajatlari va sudyalarning ish haqi to‘lash xarajatlari
  3. Advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lash xarajatlari
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini saqlab turish xarajatlari

To‘g‘ri javob: Advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lash xarajatlari. 71-moddaning 8-bandida advokatlar yuridik yordami uchun haq to‘lash xarajatlari mahalliy budjetlar xarajati sifatida ko‘rsatilgan.

Budjet kodeksiga ko‘ra, zaxira jamg‘armalari nima uchun tashkil etiladi?
  1. Davlat qarzini muddatidan oldin so‘ndirish va uning foizlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishni ta’minlash uchun
  2. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini oshirish hamda ularga qo‘shimcha ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashni ta’minlash uchun
  3. Soliq tushumlarining kamayishini qoplash va moliya yili mobaynida budjet taqchilligini kamaytirishni ta’minlash uchun
  4. Moliya yili mobaynida qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan xarajatlar o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun

To‘g‘ri javob: Moliya yili mobaynida qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan xarajatlar o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun. 73-moddaga ko‘ra, zaxira jamg‘armalari ko‘zda tutilmagan xarajatlar uzluksiz moliyalashtirilishi uchun tashkil etiladi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, zaxira jamg‘armalari mablag‘lari qaysi manba hisobidan shakllantiriladi?
  1. Davlat qarzi bo‘yicha olingan mablag‘lar hisobidan
  2. Tegishli budjetga tushadigan daromadlar hisobidan
  3. Budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan
  4. Yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hisobidan

To‘g‘ri javob: Tegishli budjetga tushadigan daromadlar hisobidan. 73-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, zaxira jamg‘armalari tegishli budjetga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, viloyat budjeti zaxira jamg‘armasi mablag‘larining taqsimlovchisi kim hisoblanadi?
  1. Viloyat hokimi
  2. Viloyat xalq deputatlari Kengashi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

To‘g‘ri javob: Viloyat hokimi. 73-moddaga ko‘ra, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar zaxira jamg‘armalarining taqsimlovchilari tegishli hokimlardir.

Muayyan muddatli tadbirlar uchun zaxira jamg‘armasidan ajratilgan foydalanilmagan mablag‘lar tadbir muddati tugaganidan keyin qancha muddatda zaxira jamg‘armasiga tiklanadi?
  1. o‘n ish kuni ichida
  2. besh ish kuni ichida
  3. bir oy ichida
  4. o‘n besh ish kuni ichida

To‘g‘ri javob: o‘n ish kuni ichida. Foydalanilmagan mablag‘lar tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida zaxira jamg‘armasiga tiklanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBeg‘araz yordamKeyingi →Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini tuzish tartibi (1/2)