Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini tuzish tartibi (1/2)
Maxsus Qism
83-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish
Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet mo‘ljallari o‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
budjet so‘rovini tuzish tartibini yuborishni;
budjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
84-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlar
Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, budjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
85-modda. Budjet so‘rovi
Budjet so‘rovi:
budjet tashkilotining, budjet mablag‘lari oluvchining va budjet mablag‘larini taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;
xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reyestrini;
budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar budjet so‘rovi bilan bir vaqtda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi.
Budjet so‘rovini tuzish tartibi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
86-modda. O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot
O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi.
O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchining har bir faoliyat turi bo‘yicha o‘tgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega bo‘lmagan shaxslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
87-modda. Xarajat majburiyatlarining reyestri
Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos bo‘lgan tegishli qonunchilik hujjati ko‘rsatilgan ro‘yxatidir.
Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan o‘zlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun budjet tasnifiga muvofiq tuziladi.
88-modda. Budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi
Budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam bo‘lmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
budjet mablag‘larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari vazifalarini, sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini;
maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini;
maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni ta’minlaydigan, muddatlari va turlari bo‘yicha kelishilgan kutilayotgan natijalar ko‘rsatkichlari tizimini.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
89-modda. Budjet buyurtmasi
Budjet buyurtmasi budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi.
Budjet tashkiloti yoxud budjet mablag‘lari oluvchi tomonidan tuzilgan budjet buyurtmasi tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchiga budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli iqtisodiyot va moliya organi va davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organga budjet so‘rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Budjet buyurtmasida o‘tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet buyurtmalari asosida jamlanma budjet buyurtmasini tuzadi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma budjet buyurtmasi budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuziladi.
Budjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini o‘tgan yillarga nisbatan ko‘paytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati bo‘lgan taqdirda va mazkur ko‘paytirish budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
90-modda. O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi
O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb yuritiladi):
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozlarini;
soliq va budjet siyosatining o‘rta muddatli davr uchun asosiy yo‘nalishlarini;
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlarining soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan o‘rta muddatli davr uchun prognozlarini;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‘ljallarni;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‘ljallarni;
umumiy fiskal balans prognozlarini;
Davlat budjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlilini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 15-aprelga qadar o‘rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi ishlab chiqiladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida o‘rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar ro‘yxati hisobga olingan holda zarur bo‘lgan mablag‘lar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar to‘g‘risidagi dastlabki takliflar;
90-modda. O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi (davomi)
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili 1-mayga qadar navbatdagi o‘rta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar prognozlari va xarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi o‘rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari bo‘yicha takliflar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — har yili 1-mayga qadar daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hamda boshqa vazirliklar, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15-mayga qadar amaldagi soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda o‘rta muddatli davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
90-modda. O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi (davomi)
Fiskal strategiyani ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi o‘rta muddatli davr uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.
Fiskal strategiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Bilimingizni sinang
Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi bilan birga kelgusi necha yilga budjet mo‘ljallari ishlab chiqiladi?
- ikki yilga
- uch yilga
- besh yilga
- bir yilga
To‘g‘ri javob: ikki yilga. Qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet mo‘ljallari o‘rta muddatli davr ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy prognoz asosida ishlab chiqiladi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va kelgusi ikki yilga budjet mo‘ljallari nimaga asoslanib ishlab chiqiladi?
- O‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi
- Soliq qo‘mitasining yillik hisoboti, o‘tgan yil budjetining ijro natijalari va budjet tashkilotlarining ixtiyoriy takliflari
- Faqat o‘tgan yil budjetining ijro natijalari hamda budjet tashkilotlarining o‘tgan yilgi xarajatlar smetasi bo‘yicha ko‘rsatkichlari
- Budjet tashkilotlarining ixtiyoriy takliflari va xorijiy donorlar tavsiyalari hamda o‘tgan yilgi soliq tushumlari
To‘g‘ri javob: O‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi. 83-moddaga ko‘ra, loyiha ustuvor yo‘nalishlar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul asosiy organ qaysi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 84-moddada Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar sifatida birinchi bo‘lib Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘rsatilgan.
Budjet kodeksiga ko‘ra, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun qaysi organlar mas’ul hisoblanadi?
- Soliq qo‘mitasining hududiy organlari
- Jamg‘armadan mablag‘ oluvchi budjet tashkilotlari
- Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
To‘g‘ri javob: Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar. 84-moddaga ko‘ra, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar ularning budjetlari loyihalarini tuzish uchun mas’uldir.
Budjet kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri budjet so‘rovi tarkibiga kiradi?
- Fiskal strategiyaning yillik loyihasi
- Umumiy fiskal balans prognozi hisobi
- Budjetnoma hamda uning tushuntirishi
- Xarajat majburiyatlarining reyestri
To‘g‘ri javob: Xarajat majburiyatlarining reyestri. 85-moddaga ko‘ra, budjet so‘rovi tahliliy hisobot, xarajat majburiyatlari reyestri, rivojlantirish dasturi va budjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, quyidagi subyektlardan qaysi biri budjet so‘rovi bilan bir vaqtda tegishli budjet daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi?
- Viloyat hokimligi
- Alohida umumiy o‘rta ta’lim maktabi
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
To‘g‘ri javob: Viloyat hokimligi. 85-moddaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar daromadlar prognozini taqdim etadi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotga qanday talab qo‘yiladi?
- U faqat mutaxassislar tushunadigan maxsus atamalar bilan to‘ldirilishi hamda faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi kerak
- U qisqa va aniq bo‘lishi, kasbiy bilimi bo‘lmagan shaxslar uchun tushunishni qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o‘z ichiga olmasligi kerak
- U faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi va kasbiy atamalardan keng foydalanilishi kerak, hajm bo‘yicha cheklov qo‘yilmaydi
- U ixtiyoriy shaklda, batafsil, hajmi cheklanmagan holda va maxsus atamalarni keng qo‘llagan holda tuziladi, aniqlik talab etilmaydi
To‘g‘ri javob: U qisqa va aniq bo‘lishi, kasbiy bilimi bo‘lmagan shaxslar uchun tushunishni qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o‘z ichiga olmasligi kerak. 86-moddaga ko‘ra, hisobot qisqa va aniq bo‘lishi va tushunishni qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
Budjet kodeksiga ko‘ra, tahliliy hisobot qanday maqsadda foydalaniladi?
- Soliq stavkalarini belgilash va soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun
- Budjet tashkilotini tugatish haqida qaror qabul qilish, xodimlar sonini qisqartirish va mol-mulkini sotish uchun
- Faoliyatni baholash va uni budjetdan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun
- Davlat qarzi hajmini hisoblash va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun
To‘g‘ri javob: Faoliyatni baholash va uni budjetdan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun. 86-moddaga ko‘ra, hisobot faoliyatni baholash va moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun ishlatiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash