Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini tuzish tartibi (2/2)
Maxsus Qism
90¹-modda. Fiskal strategiyani tasdiqlash
Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
90²-modda. Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi
Fiskal strategiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘larini oluvchilarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
90²-modda. Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining budjet so‘rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
90²-modda. Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi (davomi)
Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga yetkazadi.
91-modda. Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi
Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish:
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — tegishli birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarining obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
91-modda. Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi (davomi)
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
92-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari
Kelgusi yil uchun budjet so‘rovlari joriy yilning 1-avgustiga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlari — joriy yilning 15-avgustiga qadar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-avgustigacha taqdim etadi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining yangilangan prognozi bo‘yicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga:
92-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari (davomi)
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning kelgusi moliya yili uchun obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga;
Davlat maqsadli jamg‘armalariga kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritadi.
Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet so‘rovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo‘lgan, budjet daromadlarining tegishli o‘sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;
92-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari (davomi)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli budjetlarning va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida, shuningdek budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari to‘g‘risida
Bunda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining yozma bildirishlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet so‘rovlarini taqdim etishi shart.
93-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tayyorlash muddatlari
Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari:
tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25-iyulidan kechiktirmay;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joriy yilning 1-avgustidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tayyorlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
94-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqish
Tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan:
daromadlar bo‘yicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq inspeksiyalari, hokimliklarning bo‘limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet so‘rovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan:
daromadlar bo‘yicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
94-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqish (davomi)
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet so‘rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantiradi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlangan xarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar budjetlari zaxira jamg‘armalarining mablag‘lari mustasno) 5 foiziga teng miqdordagi mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi.
95-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqish
Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan:
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi;
daromadlarning tashkil topish manbalari bo‘yicha Davlat budjeti daromadlari prognozi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet so‘rovlari va O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat budjetining loyihasida Davlat budjeti daromadlari prognozidan kelib chiqib sudlar faoliyatini moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirish mumkin emas.
Davlat budjetining loyihasi:
ushbu Kodeksning 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat budjetining daromadlar manbalari bo‘yicha daromadlari va yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlari prognozidan;
Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo‘yicha daromadlar va yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.
95-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqish (davomi)
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamg‘armalarining yil boshidagi qoldiq mablag‘lari bilan qoplanmasa, yo‘l qo‘yilmaydi.
96-modda. Budjetnoma
Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Budjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozini;
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
yangilangan Fiskal strategiyani;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun budjet mo‘ljallarini;
sohalar bo‘yicha rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini;
davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablag‘larining yillik cheklangan miqdorini.
Bilimingizni sinang
Budjet kodeksiga ko‘ra, kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga qaysi sanagacha kiritiladi?
- Joriy yilning 1-iyuniga qadar
- Joriy yilning 15-iyuniga qadar
- Joriy yilning 1-avgustiga qadar
- Joriy yilning 15-avgustiga qadar
To‘g‘ri javob: Joriy yilning 1-iyuniga qadar. 90¹-modda birinchi bandiga ko‘ra, yangilangan Fiskal strategiya joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, yangilangan Fiskal strategiya Vazirlar Mahkamasida qaysi sanagacha muhokama qilinadi va tasdiqlanadi?
- Joriy yilning 1-iyuniga qadar
- Joriy yilning 15-iyuniga qadar
- Joriy yilning 1-iyuliga qadar
- Joriy yilning 15-iyuliga qadar
To‘g‘ri javob: Joriy yilning 15-iyuniga qadar. 90¹-moddaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasida strategiya joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi yangilangan Fiskal strategiyani tasdiqladi. Budjet kodeksiga ko‘ra, shundan keyin qaysi harakatlar amalga oshiriladi?
- U Oliy Majlis palatalarida qayta tasdiqlanadi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi
- U faqat Prezidentga yuboriladi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilikka e’lon qilinmaydi va yopiq saqlanadi
- U Oliy Majlis palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi
- U Oliy Majlis palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va Soliq qo‘mitasi tomonidan rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi
To‘g‘ri javob: U Oliy Majlis palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 90¹-moddaga ko‘ra, tasdiqlangan strategiya Oliy Majlis palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va EIV rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Fiskal strategiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Iqtisodiyot va moliya vazirligi cheklangan miqdorlarni yetkazishi uchun qancha muddat belgilangan?
- besh ish kuni
- uch ish kuni
- bir oy
- o‘n ish kuni
To‘g‘ri javob: besh ish kuni. Strategiya tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida vazirlik taqsimlovchilarga cheklangan miqdorlarni yetkazadi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, Fiskal strategiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin qancha muddat ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazadi?
- Uch ish kuni ichida
- O‘n ish kuni ichida
- Bir oy ichida
- Besh ish kuni ichida
To‘g‘ri javob: Besh ish kuni ichida. 90²-moddaga ko‘ra, cheklangan miqdorlar strategiya tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida yetkaziladi.
Cheklangan transfert miqdorlari taqdim etilgach, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va hokimliklar budjet so‘rovlarini tuzish muddatlari haqida qancha muddatda qaror qabul qiladi?
- o‘n ish kuni
- uch ish kuni
- besh ish kuni
- bir oy
To‘g‘ri javob: besh ish kuni. Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida budjet so‘rovlarini tuzish muddatlari haqida qaror qabul qiladi.
Tuman hokimi viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasidan viloyat budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini oldi. Budjet kodeksiga ko‘ra, u qancha muddat ichida budjet so‘rovlarini tuzish va taqdim etish muddatlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak?
- Bir ish kuni ichida
- Uch ish kuni ichida
- Besh ish kuni ichida
- O‘n ish kuni ichida
To‘g‘ri javob: Uch ish kuni ichida. 90²-moddaga ko‘ra, tuman va shahar hokimlari cheklangan miqdorlarni olganidan keyin uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
Budjet so‘rovlarini tuzish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilish bo‘yicha qaysi hukm to‘g‘ri?
- Viloyat hokimligi uch ish kuni, tuman hokimi besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi
- Ikkalasi ham besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi
- Viloyat hokimligi besh ish kuni, tuman hokimi uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi
- Ikkalasi ham uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi
To‘g‘ri javob: Viloyat hokimligi besh ish kuni, tuman hokimi uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi. 90²-moddaga ko‘ra, viloyat hokimliklari besh ish kuni, tuman va shahar hokimlari esa uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash