XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Budjet kodeksi · 109–120-m.

Budjet tizimi budjetlarini ijro etish tartibi (1/2)

Maxsus Qism

109-modda. Umumiy qoidalar

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi budjet to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.

Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining ijrosi budjet tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi.

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshiriladi. G‘azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida budjet tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.

Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar o‘z xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni moliya yili tugaguniga qadar sarflashga haqli.

109-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartibni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

110-modda. Budjet tizimi budjetlarini ijro etish muddatlari

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.

Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.

111-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlari

Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, unga budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur budjetlarning xarajatlari to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hamda boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.

Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq olinmaydi.

112-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi (bundan buyon matnda daromadlar va xarajatlar yoyilmasi deb yuritiladi):

budjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va xarajatlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;

daromadlar va xarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.

Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli budjet daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo‘lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.

Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli budjet xarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo‘lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.

Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining yakuniy ma’lumotlari, budjetlararo transfertlar bundan mustasno, tasdiqlangan yillik budjetda qabul qilingan summalarga mos kelishi lozim.

Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi:

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;

112-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi (davomi)

tumanlar va shaharlar budjetlari bo‘yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan;

davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi.

Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismiga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydigan quyidagi:

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ijro etish jarayonida bo‘shaydigan;

tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralari bo‘yicha hisobga olingan;

advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan to‘lanishi nazarda tutiladigan;

qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan;

davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun nazarda tutiladigan;

budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun nazarda tutiladigan, budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno;

bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash uchun nazarda tutiladigan;

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar to‘lash uchun nazarda tutiladigan;

112-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi (davomi)

transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan;

davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan;

davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan;

saylov va referendumlar o‘tkazish uchun nazarda tutiladigan;

budjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan;

tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining ustav kapitalini shakllantirish va ko‘paytirish uchun nazarda tutiladigan;

rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari ajratish va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan;

soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va Davlat budjeti xarajatlarini ko‘paytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun mo‘ljallangan;

davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kiritiladi.

113-modda. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarining turlari

Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo‘yicha ochiladi:

budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari.

Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

114-modda. Budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari

Budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari:

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;

tumanlar va shaharlar budjetlari bo‘yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan;

davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.

115-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ochiladi.

116-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari

Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari:

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;

tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan;

davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.

117-modda. Budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi

Budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi:

tushumlarni Yagona g‘azna hisobvarag‘iga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritishni;

tushumlarni budjet tizimining budjetlari o‘rtasida taqsimlashni;

ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarzni to‘lash evaziga hisobga olishni;

hisob va hisobotni;

ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.

Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan organlar va tashkilotlar, davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari bundan mustasno, daromadlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.

118-modda. Budjet tizimi budjetlari o‘rtasida tushumlarni taqsimlash

Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi.

Budjet tizimi budjetlari o‘rtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.

Tartibga soluvchi daromadlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratmalarning normativlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Tartibga soluvchi daromadlarni budjet tizimining budjetlari o‘rtasida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar qonunchilikda Davlat budjetiga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa (bundan ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno), bu turdagi daromadlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.

Budjet tizimi budjetlariga ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarish ularni qaytarish vaqtida amalda bo‘lgan ajratmalarning normativlariga muvofiq tegishli budjet tizimi budjetlaridan, bekor qilingan daromad turlari bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan amalga oshiriladi.

118-modda. Budjet tizimi budjetlari o‘rtasida tushumlarni taqsimlash (davomi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli iqtisodiyot va moliya organlarining taklifiga ko‘ra mahalliy soliqlar to‘liq hajmda kiritiladigan budjet darajasini belgilaydi.

Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda bu turdagi daromad Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi.

119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari

Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan;

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan;

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan kamaytirilishi natijasida maqbullashtirilgan mablag‘lardan;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qo‘shimcha aniqlangan daromadlardan respublika budjetiga undirilgan mablag‘lardan.

119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari (davomi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;

ushbu Kodeksning 120-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lardan.

Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, tegishli budjet daromadlarini undirishga vakolatli organlar o‘rtasida rasmiylashtiriladigan solishtirma dalolatnomalarga asosan Davlat budjeti darajalari kesimida alohida aniqlanadi.

Har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishli moliya yilida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining erkin qoldiq mablag‘lari ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.

119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi — uchinchi hisobot choraklari uchun haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari va soliq bo‘lmagan to‘lovlar bo‘yicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Quyi turuvchi budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori turuvchi budjetda markazlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablag‘larning miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari quyidagilardir:

yil boshidagi holatga ko‘ra davlat maqsadli jamg‘armalarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larning yil boshiga tasdiqlangan mablag‘lar miqdoridan ortiq bo‘lgan qoldiqlari;

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari prognozining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha, ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi;

119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari (davomi)

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida ularning xarajatlari iqtisod qilinishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar.

120-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi

Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi:

yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishni;

kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o‘tkazishni;

hisob va hisobotni;

ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.

Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar:

kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi;

budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyati to‘xtatib turilganligi — to‘xtatib turilgan davr uchun;

120-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi (davomi)

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratilgan mablag‘larning ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablag‘lar, shtat birliklari to‘ldirilmaganligi, shuningdek tarmoq, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha reja bajarilmaganligi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bilimingizni sinang

Budjet kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosini kim ta’minlaydi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
  4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 109-moddaga ko‘ra, respublika budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi budjet tashkiloti sifatida faoliyatni chet elda amalga oshiradi. Budjet kodeksiga ko‘ra, unga g‘azna ijrosi nisbatan qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. G‘azna ijrosi unga to‘liq tatbiq etiladi, chunki u budjet tashkilotlari qatoriga kiradi
  2. G‘azna ijrosi unga tatbiq etilmaydi, chunki u faoliyatni chet elda amalga oshiradi
  3. G‘azna ijrosi unga faqat daromad qismi bo‘yicha tatbiq etiladi, xarajat qismi bo‘yicha emas
  4. G‘azna ijrosi unga faqat Prezident ruxsati bilan, chet eldagi faoliyatida tatbiq etiladi

To‘g‘ri javob: G‘azna ijrosi unga tatbiq etilmaydi, chunki u faoliyatni chet elda amalga oshiradi. 109-moddaga ko‘ra, g‘azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni qachongacha sarflashga haqli?
  1. Moliya yilining birinchi yarmigacha
  2. Joriy yil 1-dekabrigacha
  3. Moliya yili tugaguniga qadar
  4. Keyingi yilning 1-fevraligacha

To‘g‘ri javob: Moliya yili tugaguniga qadar. 109-moddaga ko‘ra, tashkilotlar mablag‘larni moliya yili tugaguniga qadar sarflashga haqli.

Budjet kodeksiga ko‘ra, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri qaysi oy hisoblanadi?
  1. Joriy yilning dekabr oyi
  2. Keyingi yilning fevral oyi
  3. Keyingi yilning birinchi choragi
  4. Keyingi yilning yanvar oyi

To‘g‘ri javob: Keyingi yilning yanvar oyi. 110-moddaga ko‘ra, keyingi yilning yanvar oyi qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, o‘tgan yil budjetlari ijrosi shu davrda amalga oshiriladi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, Yagona g‘azna hisobvarag‘i qayerda ochiladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida
  2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankida
  3. Har bir tijorat bankining filialida alohida
  4. Soliq qo‘mitasining axborot tizimida

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida. 111-moddaga ko‘ra, Yagona g‘azna hisobvarag‘i Markaziy bankda ochiladi.

Kreditor sud qarori asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvarag‘idan qarzni so‘zsiz tartibda undirishni talab qildi. Budjet kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Mumkin, agar qarz summasi katta bo‘lsa, vazirlik hisobvaraqlaridan mablag‘lar so‘zsiz tartibda hisobdan chiqariladi
  2. Yo‘l qo‘yilmaydi: vazirlik hisobvaraqlaridan mablag‘larni so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarish mumkin emas
  3. Mumkin, agar bank rozilik bersa, vazirlik hisobvaraqlaridan mablag‘larni so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarish mumkin
  4. Mumkin, agar hokim ruxsat bersa, vazirlik hisobvaraqlaridan mablag‘lar so‘zsiz tartibda hisobdan chiqariladi

To‘g‘ri javob: Yo‘l qo‘yilmaydi: vazirlik hisobvaraqlaridan mablag‘larni so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarish mumkin emas. 111-moddaga ko‘ra, EIV bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, daromadlar va xarajatlar yoyilmasi qanday maqsadda tuziladi?
  1. Soliq stavkalarini o‘zgartirish va budjet daromadlarining yangi prognozini tasdiqlash uchun
  2. Budjet tashkilotlarining shtatlarini tasdiqlash va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
  3. Davlat qarzini qoplash va tashqi qarzlarni jalb qilish rejalarini tasdiqlash uchun
  4. Prognozning tasdiqlangan parametrlarga muvofiqligini va ijro monitoringini ta’minlash uchun

To‘g‘ri javob: Prognozning tasdiqlangan parametrlarga muvofiqligini va ijro monitoringini ta’minlash uchun. 112-moddaga ko‘ra, yoyilma prognozlarning tasdiqlangan parametrlarga muvofiqligini va ijro monitoringini ta’minlash uchun tuziladi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, tumanlar va shaharlar budjetlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar yoyilmasini kim tuzadi?
  1. Viloyat hokimligining iqtisodiyot va moliya bo‘limlari
  2. Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari
  3. Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari
  4. Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari

To‘g‘ri javob: Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari. 112-moddaga ko‘ra, tuman va shahar budjetlari yoyilmasini tuman va shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tuzadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiKeyingi →Budjet tizimi budjetlarini ijro etish tartibi (2/2)