Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash
Maxsus Qism
167-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir tegishli xulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
167-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi.
167¹-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni baholash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga baholash uchun hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida taqdim etadi.
168-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar Kengashlari tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
168-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash (davomi)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas’ul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
169-modda. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
169-modda. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi. Uni ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining xulosasi eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi hamda hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorak yakunlari bo‘yicha eshitib boradi.
169-modda. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarning o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘laridan va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli hisobotlarga doir axborot O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
IX bo‘lim.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosini nazorat qilish
Bilimingizni sinang
Budjet kodeksiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi konsolidatsiyalashgan budjet ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit va baholash uchun qaysi sanagacha yuboradi?
- Hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar
- Hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar
- Hisobot yilidan keyingi yilning 10-martiga qadar
- Hisobot yilidan keyingi yilning 15-martiga qadar
To‘g‘ri javob: Hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar. 167-moddaga ko‘ra, yillik hisobot Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboriladi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, Hisob palatasi konsolidatsiyalashgan budjet ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir xulosani Vazirlar Mahkamasiga qaysi sanadan kechiktirmay yuboradi?
- Hisobot yilidan keyingi yilning 5-martidan
- Hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan
- Hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan
- Hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan
To‘g‘ri javob: Hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan. 167-moddaga ko‘ra, Hisob palatasi xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi konsolidatsiyalashgan budjetning yillik ijro hisobotini Hisob palatasining xulosasisiz Qonunchilik palatasiga taqdim etdi. Budjet kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Harakat to‘g‘ri: xulosa Senatga yuboriladi va hisobot Qonunchilik palatasiga uning xulosasisiz taqdim etilishi mumkin
- Harakat to‘g‘ri: Hisob palatasi xulosasi ixtiyoriy bo‘lib, hisobotni xulosasiz ham 15-mayda taqdim etish mumkin
- Harakat noto‘g‘ri: hisobot Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda, 15-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi
- Harakat noto‘g‘ri: hisobotni Hisob palatasining xulosasi bilan Prezident Administratsiyasi taqdim etadi
To‘g‘ri javob: Harakat noto‘g‘ri: hisobot Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda, 15-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi. 167-moddaga ko‘ra, VM hisobotni Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi natijalari bo‘yicha Hisob palatasi xulosalariga nisbatan qaysi qoida amal qiladi?
- Ular maxfiy saqlanadi
- Ular faqat Prezidentga yuboriladi
- Ular faqat Senatda ko‘riladi
- Ular majburiy ravishda e’lon qilinadi
To‘g‘ri javob: Ular majburiy ravishda e’lon qilinadi. 167-moddaga ko‘ra, Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga birinchi chorak, yarim yillik va qaysi davr bo‘yicha choraklik hisobotni taqdim etadi?
- o‘n bir oylik
- sakkiz oylik
- o‘n oylik
- to‘qqiz oylik
To‘g‘ri javob: to‘qqiz oylik. Vazirlar Mahkamasi birinchi chorak, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijro hisobotini Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi choraklik ijro hisobotlarini Hisob palatasiga baholash uchun qaysi sanagacha yuboradi?
- Hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar
- Hisobot davridan keyingi uchinchi oyning 5-sanasiga qadar
- Hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 25-sanasiga qadar
- Hisobot davri tugagan kunning o‘zida, kechiktirmasdan
To‘g‘ri javob: Hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar. 167¹-moddaga ko‘ra, choraklik hisobotlar hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboriladi.
Budjet kodeksiga ko‘ra, Hisob palatasi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani Vazirlar Mahkamasiga qachongacha yuboradi?
- Hisobot davridan keyingi birinchi oyning yakuniga qadar
- Hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar
- Hisobot davridan keyingi uchinchi oyning boshiga qadar
- Keyingi choraklik hisobot tayyor bo‘lguncha
To‘g‘ri javob: Hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar. 167¹-moddaga ko‘ra, tezkor xulosa hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar yuboriladi.
Hisob palatasi to‘qqiz oylik ijro hisoboti bo‘yicha tezkor xulosani Vazirlar Mahkamasiga yubordi. Budjet kodeksiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi hisobotni Qonunchilik palatasiga qancha muddat ichida taqdim etishi kerak?
- Tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran bir oy ichida
- Tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida
- Tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida
- Keyingi chorak boshida, tezkor xulosa olingandan keyin
To‘g‘ri javob: Tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida. 167¹-moddaga ko‘ra, VM hisobotni tezkor xulosa bilan birga xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida taqdim etadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash