XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 3-§

Urug‘chilik jamiyati

Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari

3-§. Urug‘chilik jamiyati

SO‘NGGI PALEOLIT DAVRI So‘nggi paleolit davrida (mil. avv. 40–12-mingyilliklarda) ko‘plab voqealar ro‘y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o‘zgardi. Odamning aqliy qobiliyati va tashqi qiyofasi ham o‘zgarib bordi. Mazkur davrda zamonaviy qiyofaga ega kromanyon odami yashagan.

So‘nggi paleolit davriga oid manzilgohlar

• olov hosil qilishni;

Samarqand shahri hududida, Toshkent viloyatida (Ko‘lbuloq), Farg‘ona vodiysida joylashgan.

SO‘NGGI PALEOLIT DAVRIDA ODAM:

taqinchoqlar (munchoq, tumor, uzuk) yasashni;

boshpana qurishni;

kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasashni o‘rgandi.

Shunday qilib, so‘nggi paleolitda insoniyat o‘z rivojida yana bir pog‘onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlar – urug‘ jamoalariga birlashdilar.

Urug‘ a’zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug‘lar qabilani tashkil etgan.

Turarjoylar (boshpana) qurilishi so‘nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo‘ldi. Ular kiyimkechaklarni hayvonlar terisidan tayyorlashgan.

Urug‘chilik jamoasi

MEZOLIT DAVRI Mezolit – o‘rta tosh davri mil. avv. 12–7-mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. Mezolit davri boshlanishi bilan muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi.

MEZOLIT DAVRIDA INSON:

O‘rta Osiyodagi mezolit davriga oid

• manzilgohlar o‘q-yoy yasashni o‘rgandi;

Obishir (Farg‘ona vodiysi), Qo‘shilish (Toshkent vohasi), Machay (Surxondaryo viloyati)

hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi;

ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik bilan shug‘ullana boshladi.

Aynan ochlik itni odamlar yashaydigan g‘orlar tomon yetaklagandir.

Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi. Tiriklayin tutib olingan hayvonlar (qo‘zichoqlar, uloqchalar) ni endi odamlar o‘ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo‘yadigan bo‘ldilar.

ITNING QO‘LGA O‘RGATILISHI Ovchilar itni qo‘lga o‘rgatdilar. Balki bu voqea shunday bo‘lgandir:

MEZOLIT DAVRIDA INSON:

Bir kuni ertalab ikki bola g‘ordan chiqib, kuchukni ko‘rib qoladi. U g‘or yoniga tashlangan suyaklarga yaqinlashib kelardi. Uning onasini yirtqich hayvonlar g‘ajib tashlashgan. Shuning uchun yolg‘iz qolib, ochiqqan edi. Ochlik uni odamlar manzilgohi sari undaydi. Uni ko‘rgan bolalar shodon g‘ujurlashib, u tomon chopadilar. Kuchuk qo‘rqib, o‘zini buta panasiga oladi.

Kechqurun u yana g‘or oldida paydo bo‘ldi. O‘sha kuni ov baroridan kelib, suyaklar, ovqat qoldiqlari g‘or yonida har qachongidan ko‘ra ko‘proq edi. Odamlar ovozi tingach, kuchuk g‘orga yaqinlashadi va bir suyakni g‘ajiy boshlaydi.

U g‘or yoniga keyingi kuni ham keladi. G‘or yaqinidagi pana joyda yashay boshlaydi. Odamlar suyak tashlasa, pisib kelib, olib qochadi.

MEZOLIT DAVRIDA INSON:

Bir kuni odamlar yashab turgan g‘orga bizga tanish bo‘lgan kuchuk vangillagancha o‘qdek otilib kirdi. Uni bo‘ri quvlab kelardi. Kuchuk odamlardan panoh istab ichkariga kirgan. Bu hol odamlarda ularga notanish bo‘lgan rahm-shafqat hissini uyg‘otdi. Bolalar unga jonli o‘yinchoqqa qaragandek boqib turishardi. Qulog‘i, dumidan tortishardi. Kunlar o‘tdi. It ulg‘ayib, odamlarga o‘rganib qoldi. Bir kuni kechasi uning vovullashidan hamma uyg‘onib ketdi. Tura solib itni urmoqchi bo‘ldilar. Ammo qarasalar, g‘or og‘zida ikkita ayiq turardi. Ayiqlarni “hay-hay”lab quvib yuborishgach, odamlarning ba’zilari kelib, itni silab, minnatdorchilik bildirdilar. Chunki it ularni o‘limdan saqlab qolgan edi.

MEZOLIT DAVRIDA INSON:

Shundan keyin it odamlarning doimiy hamrohiga aylandi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Nima uchun odam dastlab aynan itni xonakilashtirgan?

Itlar hayvonlarni ovlashni osonlashtirdi toshdan mikrolitlar, tolalardan to‘qima, loydan sopol idishlar yasagan;

NEOLIT DAVRIDA ODAM:

Neolit – yangi tosh davrida inson qadimgi Sharqning turli hududlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar – ziroatchilik va chorvachilikka o‘ta boshlaydi.

O‘zlashtiruvchi xo‘jalik •Termachilik, ovchilik, baliqchilik doimiy turarjoylar qura boshlagan;

o‘troq tumush tarziga o‘tgan.

Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik •Dehqonchilik, chorvachilik

O‘rta Osiyoda neolit davri mil. avv. 6–4-mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davri boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar. Mezolit va neolit davrida odam toshdan mayda mehnat qurollari – mikrolitlar yasagan, toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan usullari – silliqlash va teshikchalar parmalashni qo‘llay boshlagan.

NEOLIT DAVRIDA ODAM:

Loydan ishlangan va olovda pishirilgan idishlar yasash – kulolchilik, tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash – to‘quvchilik neolit davrining muhim kashfiyotlaridir.

Neolit davri uylari.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. So‘nggi paleolit davrining muhim ixtirolarini ayting. 2. O‘q-yoy qachon kashf etilgan? 3. Neolit davriga oid manzilgohdagi arxeologik qazishmalarni tasavvur qiling. Bu manzilgohda nimalarni topish mumkin? 4. Neolit davri kashfiyotlarini sanab bering.

Mayda tosh qurollar — mikrolitlar

Bilimingizni sinang

So‘nggi paleolit davri qaysi vaqt oralig‘ini o‘z ichiga oladi?
  1. mil. avv. 6–4-mingyilliklar
  2. mil. avv. 12–7-mingyilliklar
  3. mil. avv. 40–12-mingyilliklar
  4. mil. avv. 100–40-mingyilliklar

To‘g‘ri javob: mil. avv. 40–12-mingyilliklar. So‘nggi paleolit davri mil. avv. 40–12-mingyilliklarni qamrab oladi.

So‘nggi paleolit davrida yashagan, zamonaviy qiyofaga ega odam qanday nomlanadi?
  1. kromanyon odami
  2. ishbilarmon odam
  3. neandertal odami
  4. tik yuruvchi odam

To‘g‘ri javob: kromanyon odami. So‘nggi paleolitda zamonaviy qiyofali kromanyon odami yashagan.

So‘nggi paleolit davri qaysi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?
  1. mil. avv. 12–7-mingyilliklarni
  2. mil. avv. 40–12-mingyilliklarni
  3. mil. avv. 6–4-mingyilliklarni
  4. mil. avv. 3–1-mingyilliklarni

To‘g‘ri javob: mil. avv. 40–12-mingyilliklarni. So‘nggi paleolit mil. avv. 40–12-mingyilliklarda bo‘lgan.

So‘nggi paleolit davrida zamonaviy qiyofaga ega qaysi odam yashagan?
  1. Pitekantrop
  2. Neandertal odami
  3. Gomo erektus
  4. Kromanyon odami

To‘g‘ri javob: Kromanyon odami. Bu davrda zamonaviy qiyofali kromanyon odami yashagan.

Bir joyda yashab turgan bir qancha urug‘lar birlashib nimani tashkil etgan?
  1. qabilani
  2. oilani
  3. shaharni
  4. davlatni

To‘g‘ri javob: qabilani. Bir joyda yashagan bir necha urug‘ qabilani tashkil etgan.

Mezolit – o‘rta tosh davri qaysi vaqt oralig‘ini o‘z ichiga oladi?
  1. mil. avv. 4–3-mingyilliklar
  2. mil. avv. 6–4-mingyilliklar
  3. mil. avv. 40–12-mingyilliklar
  4. mil. avv. 12–7-mingyilliklar

To‘g‘ri javob: mil. avv. 12–7-mingyilliklar. Mezolit – o‘rta tosh davri mil. avv. 12–7-mingyilliklarni o‘z ichiga oladi.

So‘nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi nima bo‘lgan?
  1. Turarjoylar (boshpana) qurish
  2. O‘q-yoy ixtiro qilish va ov
  3. Sopol idish yasash va pishirish
  4. Dehqonchilikka o‘tish va ekin

To‘g‘ri javob: Turarjoylar (boshpana) qurish. Turarjoylar qurilishi so‘nggi paleolit odamlarining muhim ixtirosi bo‘lgan.

Bir joyda yashab turgan bir qancha urug‘lar nimani tashkil etgan?
  1. Urug‘ jamoani
  2. Oilani
  3. Qabilani
  4. Ko‘chmanchi guruhni

To‘g‘ri javob: Qabilani. Bir joyda yashagan bir necha urug‘ qabilani tashkil etgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlariKeyingi →Eneolit va bronza davri