Eneolit va bronza davri
Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari
4-§. Eneolit va bronza davri
Neolit davrining oxirida odamlar misdan foydalanish va undan mehnat qurollari yasashni o‘rganib oldilar. Bu, shubhasiz, o‘sha davrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri edi. METALL DAVRINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri eneolit – mis-tosh asri deb ataladi. Bu davr mil. avv. 4–3-mingyilliklarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.
Metallga ishlov berish kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Mil. avv. 4-mingyillikda qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi.
O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi, xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshladi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik o‘choqlaridan foydalanishga kirishildi.
4-§. Eneolit va bronza davri
Sopol idishlar hayvon va qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshladi.
Odamlar misni qalay, qo‘rg‘oshin yoki rux bilan qo‘shib eritib, bronza olishni o‘rganganlar.
Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli mil. avv. 3-mingyillik o‘rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi.
Bronza mehnat qurollariga ega bo‘lgan odamlar endi dalalarga ancha yaxshi ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ldilar. Natijada ular ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari vujudga keldi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa dastlabki aravalar paydo bo‘ldi.
4-§. Eneolit va bronza davri
Baliq ovlash misdan ishlangan qurollarni;
Sopol idishlarni yasash va pishirish
ENEOLIT DAVRIDA INSON:
sun’iy sug‘orish tizimini;
xom g‘ishtni;
ko‘p xonali uylarni;
ilk shaharlar va davlatlarni yaratdi.
Sopol idishlar
PATRIARXATNING BOSHLANISHI Omoch bilan yer haydash, ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi natijasida urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tdi. Uy xo‘jaligi yumushlari ayollar zimmasida qoldi.
Endi urug‘chilik oilasida erkaklar muhim o‘rin tuta boshladilar. Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo‘ldi va patriarxat davri boshlandi. Oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topadigan bo‘ldi.
BRONZA DAVRI DEHQONLARINING MANZILGOHLARI
Bronza davriga oid manzilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani). Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan.
Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatkorlar manzilgohlaridan biri bo‘lgan Sopollitepani topishdi (Muzrabot tumani, mil. avv. 3-mingyillik oxirlari – 2-mingyillik).
Bronza davrida O‘rta Osiyo janubida dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlanishi asosida ilk shaharlar va davlatlar vujudga kelgan. Taxminan 4 ming yil oldin hozirgi Sherobod yaqinida (Surxondaryo viloyati) ziroatkorlar yangi manzilgoh qurdilar. Uning xarobalari Jarqo‘ton (jarlik ustidagi qo‘ton) nomi bilan mashhur.
BRONZA DAVRI DEHQONLARINING MANZILGOHLARI
Bu manzilgoh aslida qanday ko‘rinishga ega edi? Keling, uning ko‘chalarini kezib tomosha qilaylik. Jarqo‘ton bronza davriga oid shahar ko‘rinishiga ega qal’a bo‘lib,
Bronza davri sopol idishlari
Kamon o‘qlarining uchlari uning ichi va atrofida jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan. Qal’a ichidan jamoa sardorining saroy qoldiqlari topilgan.
Jarqo‘tonda olovga va suvga sig‘inish e’tiqodi bilan bog‘liq ibodatxona qoldiqlari arxeologlar tomonidan o‘rganilgan.
Bronza davrida yurtimizning qadimgi aholisi va qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Daryolar vohalari bo‘ylab muhim savdo yo‘llari o‘tgan.
BRONZA DAVRI DEHQONLARINING MANZILGOHLARI
BRONZA DAVRIGA SAYOHAT Keling, qadimgi manzillardan biriga sayohat qilib, u yerda odamlar qanday yashaganini ko‘raylik.
Biz Sopollitepa manzilgohining markaziy qismida turibmiz. Manzilgoh mudofaa devori bilan o‘ralgan. Tashqi devorni buzib, manzilga kirmoqchi bo‘lgan dushmanlar tuzoqqa tushardilar. Bu paytda qal’a himoyachilari ularning boshlariga o‘q va toshlar yog‘dirgan. Sopollitepaga yagona darvozadan kiritil-
Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor. Mil. avv. 2-mingyillik
O‘ylab ko‘ring
Sopollitepa.
Tiklangan gan. U juda mustahkam qo‘riqlangan. Biz qal’aning sakkizta mavzesidan birida yo‘limizni davom ettiramiz. Bu yerdagi barcha ko‘chalar markaziy maydonga olib boradi. Maydonda savdo-sotiq avjida. Kulollar kulolchilik charxida yasalgan uzun guldonlar, ko‘za va xumchalarini chiqarib sotishmoqda. Ayollar nodir toshlar va bronzadan yasalgan taqinchoqlar – sirg‘a va munchoqlar, tumor va ko‘zgularni tomosha qilmoqda.
O‘ylab ko‘ring
Tikuvchilar matolarni ko‘z-ko‘z qilishardi. Chekkaroqda ziroatkorlar va chorvadorlar o‘zlari yetishtirgan bug‘doy, arpa, hayvon terilaridan va charmdan yasalgan buyumlarini sotardilar.
Ma’lum bo‘ladiki, bronza davri aholisi hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilik, zargarlik va binokorlikda katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Ammo bronza davri odamlarining hayoti mashaqqatlarga to’la edi. Ular kun bo‘yi mehnat qilardilar. Tabiat buning evaziga ularga o‘z ne’matlarini in’om etardi. Yosh bolalarning tongi beg‘ubor otardi xolos.
Jarqo‘ton ibodatxonasi. Tiklangan
Bronzadan yasalgan bilaguzuk
Tong saharda cho‘ponlar mollarini yaylov sari haydar, dehqonlar esa dala tomon shoshardilar. Ular bilan ovchilar ham chiqib, suv ichgani keladigan kiyikni buloq yo‘lida poylardilar. Baliqchilar daryo sari jo‘nardi.
O‘ylab ko‘ring
Kulol loy qorgan, uning shogirdlari o‘choqlarga o‘t yoqishgan. Ularning yonidagi ma’dan eritish ustaxonasida bronza buyumlar uchun eritilgan ma’danlar qoliplarga quyilardi. Zargarlar bronzaga ishlov berib, bilaguzuk va oynalar tayyorlashardi. Ayollar bo‘yra to‘qir, don tuyishar, ovqat qilar, bolalarni tarbiyalashardi. Bu ishlar har kuni takrorlangan.
Hayot shu zaylda davom etgan.
Bronza ko‘zgular
Bronzadan yasalgan buyumlar: bolta, o‘q va nayzaning uchi,
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Bilimingizni sinang
Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri qanday ataladi?
- mezolit (o‘rta tosh asri)
- neolit (yangi tosh asri)
- bronza davri
- eneolit (mis-tosh asri)
To‘g‘ri javob: eneolit (mis-tosh asri). Mis va tosh qurollar birga ishlatilgan davr eneolit, ya’ni mis-tosh asri deyiladi.
Eneolit – mis-tosh asri qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
- mil. avv. 12–7-mingyilliklar
- mil. avv. 4–3-mingyilliklarning o‘rtalari
- mil. avv. 6–4-mingyilliklar
- mil. avv. 3–2-mingyilliklarning o‘rtalari
To‘g‘ri javob: mil. avv. 4–3-mingyilliklarning o‘rtalari. Eneolit davri mil. avv. 4–3-mingyilliklarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.
Mil. avv. 4-mingyillikda O‘rta Osiyo janubida qanday dehqonchilik vujudga keldi?
- o‘rmon yoqishga asoslangan dehqonchilik
- lalmikor dehqonchilik
- ko‘chma dehqonchilik
- sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik
To‘g‘ri javob: sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik. O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan.
O‘rta Osiyo janubida idishlarni pishirish uchun qanday o‘choqlardan foydalanishga kirishilgan?
- metall eritish o‘choqlaridan
- kulolchilik o‘choqlaridan
- qo‘rg‘oshin quyish o‘choqlaridan
- non yopish o‘choqlaridan
To‘g‘ri javob: kulolchilik o‘choqlaridan. Idishlarni pishirish uchun kulolchilik o‘choqlaridan foydalanila boshlangan.
Misdan yasalgan mehnat qurollari tosh qurollar bilan birga ishlatilgan davr nima deb ataladi?
- neolit
- eneolit
- paleolit
- mezolit
To‘g‘ri javob: eneolit. Mis va tosh qurollar birga ishlatilgan davr eneolit — mis-tosh asri deyiladi.
Eneolit davri qaysi mingyilliklarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi?
- mil. avv. 8–7-mingyilliklar
- mil. avv. 2–1-mingyilliklar
- mil. avv. 6–5-mingyilliklar
- mil. avv. 4–3-mingyilliklar
To‘g‘ri javob: mil. avv. 4–3-mingyilliklar. Eneolit mil. avv. 4–3-mingyilliklar o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.
Eneolit davrida O‘rta Osiyo janubida qanday dehqonchilik vujudga keldi?
- sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik
- ko‘chmanchi chorvachilikka asoslangan dehqonchilik
- faqat yomg‘ir suviga tayangan dehqonchilik
- ovchilik bilan qo‘shilgan dehqonchilik
To‘g‘ri javob: sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik. O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik paydo bo‘ldi.
Metallga ishlov berishning jamiyat taraqqiyotiga eng muhim ta’siri nima bo‘lgan?
- Ovchilik va termachilik xo‘jalikning asosiga aylanib, ilgari paydo bo‘lgan shaharlar tez orada yo‘q bo‘lib ketgan
- Jamoa mulkchiligi yanada mustahkamlanib, ayollarning xo‘jalikdagi va boshqaruvdagi o‘rni ancha kuchaygan
- Moddiy va ma’naviy madaniyat o‘zgarib, qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan
- Savdo aloqalari to‘xtab, har bir manzilgoh yakkalanib qolgan, ilk davlatlar esa umuman vujudga kelmagan
To‘g‘ri javob: Moddiy va ma’naviy madaniyat o‘zgarib, qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan. Metallga ishlov berish madaniyatga katta ta’sir ko‘rsatdi; mil. avv. 4-mingyillikda ilk shaharlar va davlatlar paydo bo‘la boshladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash