Nil vodiysi va uning aholisi
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
6-§. Nil vodiysi va uning aholisi
“Nil in’omi“
“Qora tuproq” 3–22 km
Misr
Papirus Nil 6000 km Mil. avv. 4-mingyillik boshlari
MISR – NIL IN’OMI O‘zi bilan birga huzurbaxsh salqin havo va mo‘l-ko‘l hosilni olib keluvchi sersuv Nil daryosi viqor bilan oqadi. Ulug‘vor daryo Afrika shimoli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin yaratgan.
Nil 6 ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir. Daryoning quyi qismi 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat. Vodiyliklar yurtga “Qora tuproq” yoki “Nil in’omi” deb nom berishgan.
Qadim o‘tgan zamonlarda Nil vodiysi odam o‘tolmaydigan, papirus butalari bir-biriga chirmashib ket-
Qizil dengiz
gan botqoqliklar bilan qoplangan, suvda son-sanoqsiz yirtqich timsohlar kun kechirar, quruq yerlarda yovvoyi hayvonlar galasi sanqib yurar, botqoqliklarda esa zaharli ilonlar yashar edi.
Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘laganlar.
MISRLIKLARNING MASHG‘ULOTLARI Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l oqqan yillarda misrlik dehqonlarning hosili ham barakali bo‘lgan.
Misrliklar bug‘doy va arpa, shuningdek, poliz ekinlarini ekishgan, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavotlar yetishtirilardi.
Qizil dengiz
Qadimgi zamonda yerga omoch bilan ishlov berilib, urug‘ qo‘lda sepilgach, urug‘likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab o‘tishgan. Mehnat qurollari takomillashishi bilan ziroatkorlar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshladi.
Nil daryosi bo‘yida
O‘ylab ko‘ring
O‘zingizni Qadimgi Misr dehqoni sifatida tasavvur qilib, misrlik dehqonlarning mehnati haqida hikoya qiling.
Misrliklar sigir, qo‘y-echki boqib, ho‘kizlardan dala ishlarida foydalangan.
Hosil yig‘im-terimi boshlangan paytda misrliklar boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa bog‘lari ustidan hayvonlarni haydab o‘tish orqali hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan chiqqan don sopol xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni son-sanoqsiz kemiruvchi zararkunandalardan himoyalardi.
Misrlik hunarmand uyi
HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI
Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo‘lgan. Misgarlar misni eritib, undan mehnat qurollari quyardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasab, ularni maxsus xumdonda pishirgan. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlarning uylari esa oftobda quritilgan xom g‘ishtdan qurilgan. Fir’avnlarning saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Duradgorlar deraza va eshiklar yasardi. Kemasozlar qamishdan qa-
Suv chiqaradigan moslama yiqlar, yog‘ochdan esa kemalar qurardi. To‘quvchilar kiyim-kechak uchun materiallar tayyorlar, tikuvchilar esa liboslar tikardi. Zargarlar oltin va qimmatbaho toshlardan taqinchoqlar yasagan.
HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI
MISR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI Odamlar mil. avv. 4-mingyillik oxirida Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzilgohlar “nom” deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Ularni nomarxlar boshqargan.
Vaqt o‘tishi bilan asta-sekin qabila sardorlari hukmdor – podsholarga aylandi.
Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan. Bittasi Quyi (Shimoliy) Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o‘rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g‘alaba qozondi. U birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori – fir’avni bo‘ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo‘lmish Memfis shahri barpo etildi.
HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI
Ko‘p yillar mobaynida “nom”lar hukmdorlari o‘z mol-mulkini ko‘paytirib oldi, natijada Misr mustaqil davlatlarga aylangan alohida “nom”larga parchalanib ketdi. Vaqt o‘tishi bilan mamlakatning qayta birlashuvi ro‘y berdi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri bo‘lgan.
Qadimgi Misr fir’avnlarining tojlari
Nom Nomarx
Misr
Quyi Misr
Fir’avn Menes
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Saroyga sovg‘alar va o‘lpon olib kelish
Muhim sanalar
- 3000-yilda — Bittasi Quyi (Shimoliy) Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o‘rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g‘alaba qozondi.
Bilimingizni sinang
Afrika shimoli-sharqidagi Nil daryosining uzunligi necha kilometrni tashkil etadi?
- 7 ming kilometr
- 5 ming kilometr
- 4 ming kilometr
- 6 ming kilometr
To‘g‘ri javob: 6 ming kilometr. Nil uzunligi 6 ming kilometr bo‘lgan to‘lib oqadigan katta daryodir.
Nil daryosi quyi qismidagi qora tuproqli serhosil dalalarning eng tor joyi necha kilometr kenglikda?
- 1 km
- 3 km
- 8 km
- 5 km
To‘g‘ri javob: 3 km. Daryoning quyi qismi 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat.
Nil daryosining uzunligi qancha?
- 3 ming kilometr
- 6 ming kilometr
- 9 ming kilometr
- 12 ming kilometr
To‘g‘ri javob: 6 ming kilometr. Nil 6 ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir.
Vodiyliklar Misr yurtiga qanday nom berishgan?
- “Oltin vodiy” yoki “Quyosh yurti”
- “Qizil yer” yoki “Cho‘l in’omi”
- “Papirus yurti” yoki “Daryo mamlakati”
- “Qora tuproq” yoki “Nil in’omi”
To‘g‘ri javob: “Qora tuproq” yoki “Nil in’omi”. Vodiyliklar yurtga “Qora tuproq” yoki “Nil in’omi” deb nom berishgan.
Misrliklar o‘z mamlakatini “Nil in’omi” deb ataganining asosiy sababi nima edi?
- Nilning quyi qismida kengligi 3–22 km bo‘lgan qora tuproqli serhosil dalalar vujudga kelgani
- Daryo bo‘yida qalin o‘rmonlar va yovvoyi hayvonlar ko‘pligi tufayli ov qilish bilan xalq to‘q yashagani
- Nil daryosining uzunligi atigi 3 km bo‘lib, uning ikki qirg‘og‘ida kengligi 22 km li cho‘llar yotgani
- Nil vodiysida odam o‘tolmaydigan papirus botqoqliklari bo‘lib, ular misrliklarga mo‘l-ko‘l yog‘och bergani
To‘g‘ri javob: Nilning quyi qismida kengligi 3–22 km bo‘lgan qora tuproqli serhosil dalalar vujudga kelgani. Quyi Nil qora tuproqli serhosil dalalardan iborat bo‘lgani uchun yurt “Qora tuproq” yoki “Nil in’omi” deb nomlangan.
Odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga qachon bel bog‘lagan?
- Mil. avv. 6-mingyillik boshlarida
- Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida
- Mil. avv. 2-mingyillik boshlarida
- Mil. avv. 3-mingyillik boshlarida
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida. Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida odamlar Nil qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘laganlar.
Odamlar Nil qirg‘oqlaridagi yerlarni qachon o‘zlashtirishga bel bog‘laganlar?
- Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida
- Mil. avv. 6-mingyillik boshlarida
- Mil. avv. 2-mingyillik boshlarida
- Mil. avv. 1-mingyillik boshlarida
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida. Nil qirg‘oqlarini o‘zlashtirish mil. avv. 4-mingyillik boshlarida boshlangan.
Mehnat qurollari takomillashgach, Misr ziroatkorlari ishlov berishda nimadan foydalana boshladi?
- Papirus poyalaridan yasalgan kemalardan
- Xom g‘isht va sopol xumlardan
- Omoch va hayvonlar kuchidan
- Mis o‘roqlar va suv charxpalagidan
To‘g‘ri javob: Omoch va hayvonlar kuchidan. Mehnat qurollari takomillashgach ziroatkorlar omoch va hayvonlar kuchiga o‘tgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash