Qadimgi Misr va qo‘shni davlatlar
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
7-§. Qadimgi Misr va qo‘shni davlatlar
Nubiya
Misrning qo‘shnilari
Liviya
O‘ylab ko‘ring
Misr fir’avniga sovg‘alar va o‘lpon olib kelish. Maqbara devoridagi rasm
QADIMGI MISRLIKLARNING QO‘SHNILARI Misr janubda Nubiya (Shimoliy Sudan) bilan chegaradosh bo‘lgan.
Misr g‘arbida, Liviya cho‘lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan. Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarimoroliga olib borgan, bu yerda esa mis qazib olingan. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonida Suriya joylashgan. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan.
O‘ylab ko‘ring
Misrliklar Falastin va Suriyadan hunarmandlar yasagan nodir buyumlar va qimmatbaho toshlarni olib kelgan.
FIR’AVNLARNING ISTILOLARI Qadimgi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olinadi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to‘lay boshlaydi. Fir’avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni taladi, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldi.
O‘rta podsholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. Mil. avv. XVIII asr oxirida ko‘chmanchi giksos qabilalari Misrga hujum qildi. Quyi Misrni bosib olgan giksoslar misrliklar shaharlari va qishloqlarini ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka haydab ketdi.
O‘ylab ko‘ring
Bu vaqtda podsholik ko‘plab mayda “nom”larga bo‘linib ketgandi, ular giksoslarga soliq to‘lar edi. Faqat Fiva shahri hukmdorlarigina giksoslarga itoat qilmadi.
Bosqinchilar zulmidan xalos bo‘lish taraddudiga tushib qolgan “nom”lar hukmdorlari Fiva shahri atrofiga birlasha boshlashdi. Ko‘p o‘tmay Yuqori Misrning barcha “nom”lari Fiva “nom”ining fir’avni atrofiga birlashdi.
FIR’AVNLAR YURISHLARINING NATIJALARI
Bir qancha janglarda fir’avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan haydab chiqardi. Itoatsiz hukmdorlarni o‘ziga bo‘ysundirgan Yaxmos yangi fir’avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu fir’avn zamonidan Yangi podsholik davri boshlandi.
Yangi podsholik hukmdorlari qo‘shni davlatlar ustiga bosqinchilik yurishlari uyushtirdilar. Fir’avnlar Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga hujumni boshlab yubordilar.
Fir’avn Tutmos II davrida Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilish boshlandi. Undan keyin fir’avn Tutmos III yurishlarni davom ettirdi. Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi. Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida yuksalish boshlandi. Ammo tez orada Misrga yangi bir dushman bostirib kiradi.
FIR’AVNLAR YURISHLARINING NATIJALARI
Forslardan ulkan lashkar to‘plagan shahanshoh Kir II ning o‘g‘li Kambiz II mil. avv. 525-yilda Misrni bosib oladi.
Finikiya Suriya
Tutmos
Old Osiyo mamalakatlari
Jangning boshlanishi.
Zamonaviy rasm
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- mil. avv. 525-yilda — Forslardan ulkan lashkar to‘plagan shahanshoh Kir II ning o‘g‘li Kambiz II mil. avv. 525-yilda Misrni bosib oladi.
- XVIII asr — O‘rta podsholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. Mil. avv. XVIII asr oxirida ko‘chmanchi giksos qabilalari Misrga hujum qildi.
- VII asrda — Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida yuksalish boshlandi.
Bilimingizni sinang
Qadimgi Misr janub tomondan qaysi mamlakat (hozirgi Shimoliy Sudan) bilan chegaradosh bo‘lgan?
- Finikiya
- Falastin
- Liviya
- Nubiya
To‘g‘ri javob: Nubiya. Misr janubda Nubiya (Shimoliy Sudan) bilan chegaradosh bo‘lgan.
Qadimgi Misrning g‘arbiy tomonida, cho‘l nomi bilan atalgan qaysi qo‘shni mamlakat joylashgan?
- Nubiya
- Suriya
- Falastin
- Liviya
To‘g‘ri javob: Liviya. Misr g‘arbida Liviya cho‘lida shu nomdagi mamlakat joylashgan edi.
Sinay yarimorolidan shimolroqda, Suriya yonida joylashgan Misrning qo‘shni mamlakati qaysi?
- Mesopotamiya
- Falastin
- Liviya
- Nubiya
To‘g‘ri javob: Falastin. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonida esa Suriya joylashgan.
Qadimgi Misr janubda qaysi mamlakat bilan chegaradosh bo‘lgan?
- Liviya
- Nubiya
- Suriya
- Falastin
To‘g‘ri javob: Nubiya. Misr janubda Nubiya (Shimoliy Sudan) bilan chegaradosh bo‘lgan.
Misrning g‘arbidagi Liviya cho‘lida yashagan sahro aholisining mashg‘uloti nima bo‘lgan?
- O‘troq dehqonchilik
- Kemasozlik va dengiz savdosi
- Mis qazib olish
- Ko‘chmanchi chorvachilik
To‘g‘ri javob: Ko‘chmanchi chorvachilik. Sahro aholisi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan.
Memfis orqali o‘tadigan yo‘l olib borgan Sinay yarimorolida nima qazib olingan?
- Mis
- Oltin
- Kumush
- Qalay
To‘g‘ri javob: Mis. Sinay yarimorolida mis qazib olingan.
Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali o‘tgan yo‘l Sinay yarimoroliga olib borgan. Sinay yarimoroli Misr uchun qanday iqtisodiy ahamiyatga ega edi?
- Bu yerda lojuvard va feruza qazib olingan
- Bu yerda mis qazib olingan
- Bu yerda asosiy g‘alla ekinzorlari joylashgan
- Bu yerda kemasozlik ustaxonalari faoliyat yuritgan
To‘g‘ri javob: Bu yerda mis qazib olingan. Sinay yarimorolida mis qazib olingani uchun u Misr uchun muhim hudud bo‘lgan.
Misrning qo‘shni mamlakatlari va joylashuvini moslang. Mamlakatlar: 1) Nubiya, 2) Liviya, 3) Falastin. Joylashuvi: a) g‘arbda, ko‘chmanchi chorvadorlar yashagan cho‘lda, b) janubda, Shimoliy Sudan hududida, c) Sinay yarimorolidan shimolroqda.
- 1-c, 2-a, 3-b
- 1-a, 2-b, 3-c
- 1-b, 2-c, 3-a
- 1-b, 2-a, 3-c
To‘g‘ri javob: 1-b, 2-a, 3-c. Nubiya janubda (Shimoliy Sudan), Liviya g‘arbda, Falastin esa Sinay yarimorolidan shimolroqda joylashgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash