XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 9-§

Piramidalar va daxmalar

Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

“HAMMA NARSA VAQTDAN QO‘RQADI, VAQT ESA PIRAMIDALARDAN!”

Qadimda piramidalar vodiysining ko‘rinishi.

Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy – maqbaralar bo‘lgan. O‘tgan mingyilliklar davomida ko‘pdan ko‘p shaharlar va davlatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi, faqat piramidalar vaqtdan qo‘rqmaydi, faqat piramidalargina to‘rt ming yildan oshiq vaqt davomida o‘zgarmasdan turibdi.

Memfis shahri yaqinida uch fir’avn – Xufu, Xafra va Menkauralar uchun bunyod etilgan piramidalar eng mashhur inshootlardir. Bu piramidalar jahonning yetti mo‘jizasidan biri hisoblanib, ular hozirga qadar saqlanib qolgan. Eng katta piramida Xufu uchun

“HAMMA NARSA VAQTDAN QO‘RQADI, VAQT ESA PIRAMIDALARDAN!”

Fir’avn Xufu (Xeops) piramidasi va Sfinks haykali

(yunonlar uni Xeops deb atashgan) mil. avv. 2600-yil atrofida qurilgan. Uning balandligi 147 metr bo‘lgan.

Piramida har biri ikki tonnadan og‘irroq bo‘lgan 2,5 million dona tosh bo‘laklaridan tashkil topgan. Toshlar shunchalik tekis qilib kesilgan va taroshlanganki, ular o‘rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan oshmaydi.

Piramida qurilishi

Yangi podsholik davrida fir’avnlar uchun maqbaralar qurilgan shohlar vodiysi

Ibodatxona devorlari va ustuniga o‘yilgan yozuvlar

Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud. Ulardan birida fir’avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut – sarkofag joylashgan.

“HAMMA NARSA VAQTDAN QO‘RQADI, VAQT ESA PIRAMIDALARDAN!”

Daxmalar ichi esa munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular fir’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tayotganida unga yordam berishi kerak bo‘lgan.

Piramidalarni sfinks – tanasi sherniki, boshi odamniki bo‘lgan ulkan haykal qo‘riqlaydi. “Sahro shohi” – sfinks haykali toshdan ishlangan bo‘lib, balandligi 20 metrga teng.

Yangi podsholik davriga kelib misrliklar piramidalar qurmay qo‘yishadi. Fir’avnlarni tog‘lardagi o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishadi. Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo‘lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig‘maydigan boyliklar bizgacha yetib kelgan.

“HAMMA NARSA VAQTDAN QO‘RQADI, VAQT ESA PIRAMIDALARDAN!”

Fir’avn Tutanxamonning toshtobuti (sarkofag)

MUMIYOLASH Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o‘sha yerda umrini davom ettiradi deb hisoblagan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo‘yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo‘ladi, u vafot etganidan keyin ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Mabodo yurak og‘irroq kelsa, demak, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo‘lib chiqadi, natijada badbashara maxluqlarga yemish bo‘ladi.

“HAMMA NARSA VAQTDAN QO‘RQADI, VAQT ESA PIRAMIDALARDAN!”

Osiris qarshisida go‘zal qiyofada qad rostlash uchun misrliklar inson jasadini mumiyolagan. Mumiyolash bilan Misr kohin-tabiblari shug‘ullangan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko‘pdan ko‘p matolar bilan o‘rab-chirmashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo‘yilgan. Mumiyolash faqat marhumning ortida qolgan boy-badavlat qarindoshlarigagina nasib etgan.

Tutanxamon.

Oltin niqob

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qadimgi Misr piramidalari qanday maqsadda barpo etilgan? 2. “Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan!” degan iborani qanday tushunasiz? 3. Misrdagi eng mashhur piramidalar qayerda qurilgan? 4. Nima uchun fir’avnlarni dafn qilishda maqbaralarga ular hayoti mobaynida foydalangan buyumlarni qo‘yishgan? 5. Nima uchun marhumlarni mumiyolashgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida misrliklar fir’avnlarni dafn etish uchun qanday ulkan maqbaralar barpo etgan?
  1. Sfinkslar
  2. Obelisklar
  3. Ziggurat
  4. Piramidalar

To‘g‘ri javob: Piramidalar. Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida barpo etilgan ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan maqbaralar bo‘lgan.

Memfis yaqinidagi eng mashhur piramidalar Menkaura va qaysi ikki fir’avn uchun bunyod etilgan?
  1. Xufu va Xafra
  2. Menes va Xufu
  3. Xafra va Tutanxamon
  4. Tutmos va Yaxmos

To‘g‘ri javob: Xufu va Xafra. Memfis yaqinida Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan piramidalar eng mashhur inshootlardir.

Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida misrliklar ulkan piramidalarni qanday maqsadda barpo etgan?
  1. Quyosh xudosiga qurbonlik keltirish uchun
  2. Fir’avnlarni dafn etish uchun maqbara sifatida
  3. Dushmandan himoyalanish uchun qal’a sifatida
  4. G‘alla zaxirasini saqlash uchun ombor sifatida

To‘g‘ri javob: Fir’avnlarni dafn etish uchun maqbara sifatida. Piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy – maqbaralar bo‘lgan.

Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan eng mashhur piramidalar qaysi shahar yaqinida joylashgan?
  1. Fiva
  2. Luksor
  3. Aleksandriya
  4. Memfis

To‘g‘ri javob: Memfis. Uch fir’avn piramidalari Memfis shahri yaqinida qurilgan.

Fir’avn Xufu piramidasi taxminan qaysi yilda qurilgan?
  1. Mil. avv. 2600-yil atrofida
  2. Mil. avv. 2300-yil atrofida
  3. Mil. avv. 2900-yil atrofida
  4. Mil. avv. 1900-yil atrofida

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 2600-yil atrofida. Fir’avn Xufu piramidasi mil. avv. 2600-yil atrofida qurilgan.

Yunonlar fir’avn Xufuni qanday nom bilan atashgan?
  1. Menes
  2. Mikerin
  3. Xeops
  4. Kefren

To‘g‘ri javob: Xeops. Yunonlar fir’avn Xufuni Xeops deb atashgan.

Fir’avn Xufu piramidasining balandligi necha metr bo‘lgan?
  1. 127 metr
  2. 147 metr
  3. 177 metr
  4. 98 metr

To‘g‘ri javob: 147 metr. Fir’avn Xufu piramidasining balandligi 147 metr bo‘lgan.

Fir’avn Xufu piramidasi har biri ikki tonnadan og‘irroq nechta tosh bo‘lagidan tashkil topgan?
  1. 1,5 million
  2. 5 million
  3. 2,5 million
  4. 3,5 million

To‘g‘ri javob: 2,5 million. Xufu piramidasi har biri ikki tonnadan og‘irroq bo‘lgan 2,5 million dona tosh bo‘lagidan iborat.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi Misrda dinKeyingi →Qadimgi Misr madaniyati