XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 10-§

Qadimgi Misr madaniyati

Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

10-§. Qadimgi Misr madaniyati

Qadimgi misrlik xattotlar

YOZUV Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Dastlab har bir so‘z rasm ko‘rinishida yozilgan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanilgan, shuning uchun ham u “muqaddas kalom” yoki “ma’budlar kalomi” deb nomlangan.

Qadimgi yunonlar ularni “iyerogliflar” deyishgan (“muqaddas bitiklar” ma’nosini anglatadi). Yozuvlar maqbaralarning devorlariga va ma’budlar haykallariga o‘yib yozilgan. Yozuv uchun tosh va sopoldan ham foydalanilgan.

Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo‘lgan. Har bir so‘z o‘zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o‘rganish ancha qiyin ish bo‘lib, savod chiqarish ko‘pchilikka ham nasib etavermagan. Iyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog‘ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo‘yoqlar siyoh vazifasini o‘tagan. Ta’lim olayotganda sopol idishlar parchasiga yoki ohaktoshga yozishgan. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak savodxon kishilar sanalgan, ular katta imtiyozlarga va izzat-hurmatga ega bo‘lgan.

10-§. Qadimgi Misr madaniyati

Qadimgi Misr iyerogliflari

IYEROGLIFLAR SIRINING KASHF ETILISHI Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon 1822-yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: qadimiy Misr matnlarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kashfiyotga Qohira shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo‘ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug‘dirmadi, matnlarni taqqoslab ko‘rib, har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko‘plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar devorlaridagi bitiklar ko‘p asrlik jimjitlikdan so‘ng “tilga kirdi”. Tarixchilar esa qadimgi Misr sivilizatsiyasini o‘rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo‘lishdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

10-§. Qadimgi Misr madaniyati

Rozett bitiktoshi. Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda

Jak-Fransua Shampolyon

“Ma’budlar kalomi”

Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda

750 ta Rozett bitiktoshi

Papirus Jak-Fransua Shampolyon o‘qishga muvaffaq bo‘lgan

O‘LCHOV BIRLIGI

Bir kaft

Bir barmoq

Bir tirsak

Bir kaft = to‘rt barmoq Bir tirsak = yettita kaft

AMALIY BILIMLARNING DUNYOGA KELISHI Misrda amaliy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi misrliklarning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Ziroatkorlar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlagan. Shu tariqa astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi.

Yulduzlarni kuzata turib, misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq belgiladi, birinchi bo‘lib taqvim tuzdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimladi, ortib qolgan 5 kunni bayram kunlari sanab, hisobga kiritmadi.

O‘LCHOV BIRLIGI

Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon hajmini o‘lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani – yer yuzasini o‘lchash ilmi dunyoga keldi. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa, kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. Matematika fani ana shu asosda taraqqiy etdi.

Misrliklar tibbiyot fani haqidagi bilimlarga ega bo‘lishgan. Mumiyolangan mayitlarni tayyorlash jarayonida misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o‘rgangan. Davolash muolajasida giyohlar damlamasi, ma’danli suvlar va tuzdan keng foydalangan. Misr shaharlarida tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo‘lgan.

O‘LCHOV BIRLIGI

Misrda asosiy o‘lchov birligi “tirsak” bo‘lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo‘lgan uzunlikka teng edi. Qo‘llar uzunligi turlicha bo‘lgani sababli “podsho tirsagi” degan yagona o‘lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo‘lgan.

Misrda vaqt 24 ta bo‘lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat suv soatlari yordamida o‘lchangan. Bir bo‘lmadan ikkinchisiga oqib o‘tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan.

Qadimgi Misr tabibi

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qadimgi Misr yozuvining o‘ziga xosligi nimada? 2. Nima uchun misrliklar iyerogliflarni “muqaddas kalom” deb atagan? 3. Misr yozuvi sirini Siz ham yecha olarmidingiz? Qanday qilib? 4. Misrliklarning dunyoviy bilimlaridagi yutuqlarni sanab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qadimgi misrliklar alifbosi nechta iyeroglifdan iborat bo‘lgan?
  1. 900 iyeroglif
  2. 750 iyeroglif
  3. 1200 iyeroglif
  4. 500 iyeroglif

To‘g‘ri javob: 750 iyeroglif. Misrliklar alifbosi 750 ta iyeroglifdan iborat bo‘lib, ularni o‘rganish ancha qiyin bo‘lgan.

Qadimgi yunonlar misrliklarning yozuv belgilarini “iyerogliflar” deb atagan. Bu so‘z nimani anglatadi?
  1. “rasmli xatlar”
  2. “podsho farmonlari”
  3. “muqaddas bitiklar”
  4. “tosh yozuvlari”

To‘g‘ri javob: “muqaddas bitiklar”. “Iyerogliflar” so‘zi yunon tilida “muqaddas bitiklar” ma’nosini anglatadi.

Misrliklar alifbosi nechta iyeroglifdan iborat bo‘lgan?
  1. 750 ta
  2. 250 ta
  3. 500 ta
  4. 1500 ta

To‘g‘ri javob: 750 ta. Alifbo 750 iyeroglifdan iborat bo‘lgan.

Qadimgi misrliklar yozuvini “muqaddas kalom” yoki “ma’budlar kalomi” deb atashganining sababi nima edi?
  1. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanilgan
  2. Yozuv faqat ma’budlar haykallarida o‘yib yozilgan
  3. Yozuvni faqat podsholar va ularning oila a’zolari bilgan
  4. Yozuv yulduzlarning harakatini yozib borish uchun yaratilgan

To‘g‘ri javob: Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanilgan. Iyerogliflar duolar va marosimlarni yozishda ishlatilgani uchun muqaddas kalom deb atalgan.

Qadimgi Misrda iyerogliflarni yozish uchun ishlatilgan materiallar qanday farqlangan?
  1. Asosiy matnlar sopol idish parchalariga, o‘quv mashqlari esa papirusga qamish qalam bilan yozilgan
  2. Asosiy matnlar papirusga qamish qalam bilan, o‘quv mashqlari esa sopol parchasi yoki ohaktoshga yozilgan
  3. Barcha matnlar, shu jumladan o‘quv mashqlari ham, faqat tosh devorlarga o‘yib yozilgan va papirus ishlatilmagan
  4. Asosiy matnlar ohaktoshga o‘yib, o‘quv mashqlari esa ipak mato va terining ustiga qamish qalam bilan yozilgan

To‘g‘ri javob: Asosiy matnlar papirusga qamish qalam bilan, o‘quv mashqlari esa sopol parchasi yoki ohaktoshga yozilgan. Iyerogliflar papirusga qamish qalam bilan yozilgan, ta’lim olayotganda esa sopol parchalari yoki ohaktoshdan foydalanilgan.

Fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon qadimiy Misr matnlarini o‘qishga qaysi yilda muvaffaq bo‘lgan?
  1. 1832-yilda
  2. 1812-yilda
  3. 1842-yilda
  4. 1822-yilda

To‘g‘ri javob: 1822-yilda. Shampolyon 1822-yilda qadimiy Misr matnlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lib, jahonshumul kashfiyot qilgan.

Jak-Fransua Shampolyon qadimiy Misr matnlarini o‘qishga qaysi yilda muvaffaq bo‘lgan?
  1. 1799-yilda
  2. 1812-yilda
  3. 1840-yilda
  4. 1822-yilda

To‘g‘ri javob: 1822-yilda. Shampolyon 1822-yilda iyerogliflar sirini ochgan.

Rozett bitiktoshi iyerogliflarni o‘qishga nima uchun imkon bergan?
  1. Unda bir xil ma’noli bitik misr va ibroniy tillarida chekilgan
  2. Unda bir xil ma’noli bitik misr va yunon tillarida chekilgan
  3. Unda bir xil ma’noli bitik yunon va lotin tillarida chekilgan
  4. Unda iyerogliflarni o‘qish qoidalari alifbo shaklida sanab o‘tilgan

To‘g‘ri javob: Unda bir xil ma’noli bitik misr va yunon tillarida chekilgan. Yunon tilidagi matn bilan taqqoslab, har bir iyeroglif ma’nosini tushuntirish mumkin bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiPiramidalar va daxmalarKeyingi →Mesopotamiya sivilizatsiyalari