XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 11-§

Mesopotamiya sivilizatsiyalari

Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

11-§. Mesopotamiya sivilizatsiyalari

Ikki daryo oralig‘i

Mesopotamiya

Mil. avv. 4-mingyillik

TABIIY SHAROITI VA AHOLISI Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama “ikki daryo oralig‘i” degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda kelib o‘rnashgan.

Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti Misrnikiga o‘xshash: daryolarning toshqin suvlari, ishlov berish uchun qulay, serunum yerlar. Qishda surunkali yomg‘ir va daryolar toshqini bo‘lib turgan.

Mil. avv. 4-mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari va shaharlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb ataydilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismida akkadlar yashagan.

Mesopotamiya

Janubiy Mesopotamiya

Shimoliy Mesopotamiya

Kotib ish ustida

Fors

Mesopotamiya xaritasi

Shumer mixxat yozuvi

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Nima uchun shumerlar loy taxtachalarga yozishgan?

MESOPOTAMIYA AHOLISINING MASHG‘ULOTLARI Mesopotamiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Dajla va Frot daryolarining har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan. Mesopotamiyada yog‘och va metall kabi xo‘jalik uchun zarur materiallar bo‘lmagan, ammo don mo‘l-ko‘l yetishtirilgan, chorva mollari ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug‘ullanardi. Qo‘shni Kavkazorti va Eron o‘lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalay va noyob toshlarni keltirardi.

Mesopotamiyada turli hunarmandchilik buyumlari bilan ham savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog‘ va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko‘rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og‘irlik o‘lchovi “mino” 550 gramm kumushga barobar bo‘lgan.

O‘ylab ko‘ring

Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri – mixxatni ixtiro qilgan. Shumerlar uchi o‘tkirlangan tayoqchalar bilan loy taxtachalarga yozgan. Shumerlar bilimdon, tajribali quruvchilar va hunarmandlar bo‘lgan.

Shumerliklar bayramining boshlanishi.

Zamonaviy rasm

MESOPOTAMIYADAGI QADIMIY SHAHAR-DAVLATLAR Vaqt o‘tishi bilan asta-sekin manzilgohlar nihoyatda kengayib ketdi. Miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. Ular shahar va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo‘lgan shahar-davlatlar edi.

Har bir shaharda oliy ma’bud nomidan kohinlar hukmronlik qilgan, ibodatxonalar esa davlatdagi hokimiyat markazi bo‘lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari – zikkuratlar xom g‘ishtdan terib chiqilgan muhtasham zinapoyali inshoot bo‘lgan.

O‘ylab ko‘ring

Quyosh ma’budi – Shamash alohida ehtiromga sazovor bo‘lgan iloh, oliy hakam hisoblanib, yovuz ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, shumerliklar Oy ma’budi – Sin, suv ma’budi – Ea, hosildorlik va sevgi, urush va g‘alaba ma’budasi – Ishtarga sig‘ingan.

Mesopotamiyaning katta yer-mulklari hukmdorlar va kohinlar qo‘l ostida bo‘lgan. Dalalarga qullar va erkin yollanma ishchilar ishlov bergan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga ega bo‘lgan. O‘z oilasini boqish uchun kambag‘allar podsho va ibodatxona mulklarida ishlagan.

Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko‘chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga olib borgan. Qurilish tosh, xom va pishgan g‘isht bilan amalga oshirilgan. Ibodatxonalar ma’budlar haykallari bilan hashamatli bezatilgan edi. Urush paytida shahar aholisi sardorni saylagan. Bora-bora ularning nufuzi ortib, sardorlar muntazam hukmronlik qila boshladi. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar-davlatni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilgan.

O‘ylab ko‘ring

Zikkurat. Zamonaviy rasm

Ur shahri. Shumer

Shahar atrofi

Uruk shahri podshosi Gilgamish

GILGAMISH HAQIDAGI RIVOYAT Mesopotamiya rivoyatlarining eng sevimli qahramoni Gilgamish Uruk shahri podshosi bo‘lgan. Uning hayoti keyinchalik ko‘plab afsonalarga aylangan.

Afsonada aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelgandan keyin, mamlakat hukmdori bo‘lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan vahimaga tushgani sababli Gilgamishni jarga tashlab yuborishga buyruq beradi. Jarga uloqtirilgan Gilgamishni uchib ketayotgan burgut tutib olib, ko‘tarib ketadi va uni bir bog‘bonga eltib beradi. Bog‘bon Gilgamishni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog‘atga yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi va o‘zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. Gilgamish Enkidu degan pahlavon bilan do‘st tutinadi. Ikkalasi bir bo‘lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadi, buning uchun ma’budlar Enkiduni jazolaydi va u o‘ladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamish dengiz tubida o‘sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni o‘z xalqi bilan baham ko‘rishga qaror qiladi. Ammo ortiga qaytayotganida bir ko‘lga cho‘milgani tushadi, bu paytda giyohning isini ilon sezib qoladi va mehrigiyoni o‘g‘irlab ketadi.

O‘ylab ko‘ring

Afsonada aytilishicha, o‘shandan beri ilonlar har yili po‘stini tashlab yasharar emish. Gilgamish esa jonajon shahri devorlari uni himoyalashini, ezgu ishlari uni umrboqiy qilishini tushunib yetadi.

Gilgamish va Enkidu o‘zaro musobaqa paytida

AKKADNING YUKSALISHI Shahar-davlatlar bir-birlari bilan tinimsiz urushlar olib borar edi. Ana shu urushlar natijasida, mil. avv. 3-mingyillikning ikkinchi yarmida Akkad podshosi Sargon I Akkadni va Shumer shaharlarini o‘z hokimiyati ostiga birlashtiradi.

Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy etadi. U jahon tarixida birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo‘lgan, keyinchalik esa ular Sargon I ga ko‘plab shaharlar va qo‘shni mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan. Shu bois Sargon I o‘zini “to‘rt iqlim mamlakati podshosi” deb e’lon qilgan.

O‘ylab ko‘ring

Sargon I vafotidan keyin uning taxtiga o‘tirgan vorislari mamlakatda alanga olib turgan qo‘zg‘olonlarni bostirishiga to‘g‘ri keldi. Shumer-Akkad davlati ko‘chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanib ketdi.

Shumer-Akkad davlati podshosi

Sargon I. Zamonaviy rasm

Muntazam qo‘shin tuzgan

“To‘rt iqlim mamlakati podshosi”

Sargon I

Shumer Akkad

Shumer-Akkad davlati

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Mesopotamiyaning qaysi qismlari shumerlar va akkadlar tomonidan o‘zlashtirilgan edi? Ularning mashg‘ulotlari haqida so‘zlab bering. 2. Gilgamish haqida nimalarni bilasiz? 3. Tasavvur qiling, qadimgi savdogar sifatida Siz Dajla daryosida kemada turli mahsulotlar bilan suzib ketyapsiz. Shumerning qaysi shaharlarida savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lardingiz? Xaritadan foydalanib hikoya qiling.

Bilimingizni sinang

Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar qanday nomlashgan?
  1. Old Osiyo
  2. Mesopotamiya
  3. Kichik Osiyo
  4. Finikiya

To‘g‘ri javob: Mesopotamiya. Yunonlar Dajla va Frot oralig‘idagi vodiyni Mesopotamiya deb atagan, bu ikki daryo oralig‘i degani.

Mesopotamiyada shumerlarning manzilgohlari va shaharlari qaysi davrda vujudga kela boshlagan?
  1. Mil. avv. 3-mingyillikda
  2. Mil. avv. 4-mingyillikda
  3. Mil. avv. 5-mingyillikda
  4. Mil. avv. 2-mingyillikda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 4-mingyillikda. Shumerlar manzilgohlari va shaharlari Mesopotamiyada mil. avv. 4-mingyillikda vujudga kela boshlagan.

Qadimgi Mesopotamiya mamlakatining akkadlar yashagan shimoliy qismi qanday nomlangan?
  1. Bobil
  2. Shumer
  3. Akkad
  4. Urartu

To‘g‘ri javob: Akkad. Mamlakatning shimoliy qismi Akkad deb atalgan va u yerda akkadlar yashagan.

Yunonlar bergan “Mesopotamiya” atamasi qanday ma’noni anglatadi?
  1. “Ikki tog‘ oralig‘i”
  2. “Ikki daryo oralig‘i”
  3. “Ikki dengiz oralig‘i”
  4. “Ikki shahar oralig‘i”

To‘g‘ri javob: “Ikki daryo oralig‘i”. Dajla va Frot oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya, ya’ni “ikki daryo oralig‘i” deb atagan.

Akkadlar Mesopotamiyaning qaysi qismida yashagan?
  1. Janubiy qismida
  2. G‘arbiy qismida
  3. Sharqiy qismida
  4. Shimoliy qismida

To‘g‘ri javob: Shimoliy qismida. Akkad deb atalgan shimoliy qismda akkadlar yashagan.

Mesopotamiya va Misr tabiiy sharoitidagi qaysi o‘xshashlik to‘g‘ri?
  1. Ikkalasida ham yog‘och, metall va qimmatbaho tosh boyliklari mo‘l bo‘lib, ular savdoning asosini tashkil etgan
  2. Ikkalasida ham daryolar toshqini yerlarni serunum qilmagan va qurg‘oqchilik tufayli dehqonchilik rivojlanmagan
  3. Ikkalasida ham aholining asosiy mashg‘uloti dengiz savdosi va baliq ovi bo‘lib, dehqonchilik ahamiyatsiz bo‘lgan
  4. Ikkalasida ham daryolarning toshqin suvlari ishlov berish uchun qulay, serunum yerlar hosil qilgan

To‘g‘ri javob: Ikkalasida ham daryolarning toshqin suvlari ishlov berish uchun qulay, serunum yerlar hosil qilgan. Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti Misrnikiga o‘xshash: toshqinlar va serunum yerlar.

Dajla va Frot daryolarining har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga nima oqib kelgan?
  1. Unumdor loyqa
  2. Mayda toshlar
  3. Tuzli qum
  4. Mineral o‘g‘it

To‘g‘ri javob: Unumdor loyqa. Toshqin suvi bilan dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan.

Nima uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug‘ullangan?
  1. Dehqonchilik uchun yaroqli yer yetarli bo‘lmagani uchun
  2. Daryolar toshqini karvon yo‘llarini to‘sib qo‘ygani uchun
  3. Yog‘och va metall kabi materiallar bo‘lmagani uchun
  4. Chorva mollari va ot-ulov juda kam bo‘lgani uchun

To‘g‘ri javob: Yog‘och va metall kabi materiallar bo‘lmagani uchun. Mesopotamiyada yog‘och va metall kabi zarur materiallar bo‘lmagan, shuning uchun savdo qilishgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi Misr madaniyatiKeyingi →Bobil podsholigi