Bobil podsholigi
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
12-§. Bobil podsholigi
Ma’buda Ishtar darvozasi
Bobil va bobilliklar
BOBIL – “XUDOLAR DARVOZASI” Mil. avv. II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o‘ringa ega bo‘lib, Frot va Dajla daryolarining o‘zanlari bir-biriga yaqinlashib ketadigan hududda joylashgandi. Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogarlar bu shaharga to‘xtab o‘tishar edi. “Bobil” so‘zining o‘zi esa “xudolar darvozasi” degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo‘lgan.
Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ma’budasi Ishtar darvozasidan boshlangan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va savdo-sotiq rivojlangan. Ammo o‘zaro urushlar bunga xalaqit berardi.
12-§. Bobil podsholigi
Mil. avv. XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi.
O‘ylab ko‘ring
XAMMURAPI QONUNLARI Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Mazkur qonunlar ilgari mavjud bo‘lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun – badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo‘lgan. Qonunlarning matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o‘rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo‘yilardi.
Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Xususan, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan. Mabodo binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, binokor qatl etilishi lozim bo‘lgan. Yong‘in mahalida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan kimsa o‘sha zahoti olovga tashlangan. Qulfbuzar o‘g‘ri esa bundan ham qattiqroq jazoga mahkum etilgan: u o‘zganing mulkiga tajovuz qilgan joyida o‘ldirilgan va o‘sha yerning o‘zida ko‘mib yuborilgan.
O‘ylab ko‘ring
Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo‘lmasdan, ma’budlar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ham ularni so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarish talab qilinardi. Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga katta imkoniyat yaratib berdi, negaki talontarojlik va o‘g‘rilik kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi.
Bobil – “xudolar darvozasi”
Bobil podsholigi mil. avv. 2-mingyillik
G‘alaba ma’budasi
Xammurapi qonunlari
(qat’iy qonunlar)
Bobil minorasi. Zamonaviy rasm
Qal’aga hujum
O‘ylab ko‘ring
YANGI BOBIL PODSHOLIGI Miloddan avvalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo‘shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustahkam qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon beradi.
U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining sakkizta darvozasi bo‘lgan, ulardan har biri mamlakat bosh ma’budlaridan birining nomi bilan atalgan. Ayniqsa, ma’buda Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo‘lib, afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan naqshinkor tosh taxtachalar bilan bezatilgan.
O‘ylab ko‘ring
Shaharning markaziy ko‘chasi. Zamonaviy rasm
Qadimgi forslar lashkari mil. avv. 539-yilda Bobilga bostirib kiradi. Forslar shaharni zabt etadi. Shu paytdan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi.
Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o‘choqlari edi. Jahondagi qadimiy yozuvlardan biri bo‘lmish Shumer mixxati dastlab “suv”, “quyosh” va boshqa alohida so‘zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo‘lgan.
BOBIL MADANIYATI
Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar hamda badavlat oilalarning farzandlari ta’lim oladigan maktablar tashkil qilingan edi. O‘quvchilar nam loy taxtachalarga suyak va yog‘ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozishgan.
Loy taxtachalar oldin oftobda quritilgan, so‘ng xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilk kitoblar bo‘lib, o‘quvchilar ularga asotirlar va afsonalarni ko‘chirib yozishgan, o‘simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro‘yxatlar tuzishgan. Loy taxtachalarda mamlakatlar va shaharlar nomlari ham sanab o‘tilgan.
Shumerliklar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdi. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohin-munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo‘lgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland, ko‘p zinali ibodatxonalar – zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan.
BOBIL MADANIYATI
Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo‘yicha dasturulamal tuzilgan.
Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo‘ylab suzish imkonini bergan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada paydo bo‘lgan.
Navuxodonosor II. Zamonaviy rasm
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishgan
Mil. avv. VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- mil. avv. 539-yilda — Qadimgi forslar lashkari mil. avv. 539-yilda Bobilga bostirib kiradi.
- XVIII asrda — Mil. avv. XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
- VII asrda — YANGI BOBIL PODSHOLIGI Miloddan avvalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishadi.
- VII asrda — Mil. avv. VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan
Bilimingizni sinang
Bobilning bosh ko‘chasi qaysi g‘alaba ma’budasining darvozasidan boshlangan?
- Ishtar
- Mut
- Xator
- Isida
To‘g‘ri javob: Ishtar. Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ma’budasi Ishtar darvozasidan boshlangan.
“Bobil” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
- Quyosh darvozasi
- Xudolar darvozasi
- G‘alaba shahri
- Ma’budalar daryosi
To‘g‘ri javob: Xudolar darvozasi. Matnga ko‘ra “Bobil” so‘zi “xudolar darvozasi” degan ma’noni bildiradi.
Bobilning bosh ko‘chasi qaysi ma’buda nomidagi darvozadan boshlangan?
- Ishtar
- Marduk
- Anu
- Enlil
To‘g‘ri javob: Ishtar. Bosh ko‘cha g‘alaba ma’budasi Ishtar darvozasidan boshlangan.
Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogarlarning Bobil shahrida to‘xtab o‘tishiga asosan qaysi omil sabab bo‘lgan?
- Bobil Hind okeani qirg‘og‘ida joylashgani uchun dengiz savdosining markaziga aylangani
- Bobil Frot va Dajla daryolari o‘zanlari bir-biriga yaqinlashadigan hududda joylashgani
- Bobil Misr bilan Mesopotamiya o‘rtasidagi yagona quruqlik yo‘lida joylashgani
- Shaharda dunyodagi eng katta bozor Ishtar darvozasi yonida qurilgani
To‘g‘ri javob: Bobil Frot va Dajla daryolari o‘zanlari bir-biriga yaqinlashadigan hududda joylashgani. Bobil Frot va Dajla daryolari o‘zanlari bir-biriga yaqinlashadigan qulay geografik o‘rinda joylashgan, shuning uchun kemalardagi savdogarlar shu yerda to‘xtagan.
Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga mil. avv. qaysi asrda muvaffaq bo‘lgan?
- XVIII asrda
- XVI asrda
- XX asrda
- XII asrda
To‘g‘ri javob: XVIII asrda. Mil. avv. XVIII asrda Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirgan.
Qaysi asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirdi?
- Mil. avv. XXV asrda
- Mil. avv. VII asrda
- Mil. avv. XII asrda
- Mil. avv. XVIII asrda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. XVIII asrda. Xammurapi mil. avv. XVIII asrda Mesopotamiyani birlashtirgan.
Xammurapi qonunlari matnlari qayerga yozib qo‘yilgan?
- Ibodatxona devorlariga
- Pishgan g‘isht ustunlarga
- Tosh ustunlarga
- Teri varaqlarga
To‘g‘ri javob: Tosh ustunlarga. Qonun matnlari barcha shaharlarda o‘rnatilgan tosh ustunlarga yozilgan.
Xammurapi qonunlariga ko‘ra, jarrohlik natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokor qanday jazolangan?
- Boshi kesib tashlangan
- Qo‘llari kesib tashlangan
- Katta jarima to‘lashi shart
- Shahardan haydab yuborilgan
To‘g‘ri javob: Qo‘llari kesib tashlangan. Bunday holda shifokorning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash