Old Osiyo davlatlari
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
Poytaxt Ashshur
13-§. Old Osiyo davlatlari
Nineviya
Ashshur
banipal, kutubxona
Mil. avv. 605-yilda
Midiya va Bobil tomonidan zabt etilgan
Jangovar arava
OSSURIYA PODSHOLIGI Mil. avv. 2-mingyillikda Old Osiyo hududida Ossuriya podsholigi vujudga kelgan. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi (hozirgi Iroq) kichik hududni egallagan. Avval Ashshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo‘lgan. Aholisining asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik va savdo-sotiq edi.
Ossuriyaliklar jangari xalq bo‘lgan. Ular qo‘shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardi. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har yili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo‘ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o‘lpon to‘lagan.
Ashshur
Ossuriya poytaxtida ulug‘vor saroylar va ibodatxonalar mavjud bo‘lgan. Ashshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada sopol taxtachalardan iborat yirik kutubxona jamlangan edi.
Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo‘shinlari Midiya va Bobil tomonidan tor-mor etilganidan keyin davlat ham zavolga yuz tutdi.
Van k.
Tushpa
Dajla d.
Nineviya Karxemish
Frot d.
Ashshur
Bibl Kipr o.
Iyerusalim (Quddus)
Urmiya k.
MISR
Jang tasviri
Poytaxt Tushpa
Urartu (Kavkazorti)
Teyshebaini shahar-qal’asi
URARTU PODSHOLIGI Urartu davlati Kavkazortida, hozirgi Turkiyaning sharqiy qismida va Armaniston hududlarida joylashgan. Aholisini urartlar deyishgan. Ossuriya hujumlaridan himoyalanish zarurati Urartu davlati tashkil topishini tezlashtiradi.
Mil. avv. IX–VIII asr boshlarida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha marta bosqinchilik yurishlariga chiqadilar va ossuriyaliklar ustidan g‘alaba qozonadilar. Ammo keyinroq ossuriyaliklar qo‘shini urartlar qo‘shinini tor-mor etadi. Keyinchalik Teyshebaini shahridagi qal’a ko‘chmanchi skif qabilalari tomonidan ishg‘ol etiladi va vayron qilib tashlanadi. Shundan keyin Urartu podsholigini Midiya bosib oladi.
Urartu (Kavkazorti)
Skif qabilalari tomonidan ishg‘ol etiladi,
Midiya tomonidan bosib olinadi
Teyshebaini qal’asi
Urartu kamonchisi
FINIKIYA Qadim zamonlarda Finikiya O‘rta Yer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan.
Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Finikiyaliklar qo‘shnilariga yog‘och, metallar va gazlamalar sotardi. O‘rta Yer dengizi sohilida Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo‘yi shaharlari vujudga keladi.
Finikiya (Livan, Suriyaning
Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo‘lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o‘zlashtirib oldi va ularga unli harflarni ham qo‘shib qo‘ydi.
Shaharlari:
Tir, Sidon,
Mil. avv. X asrda 22 ta undosh harfdan
FALASTIN Mil. avv. XI asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiy podshoiborat bo‘lgan alifbo yaratilgan
Finikiyaliklar kemasi ligi bilan birlashdi. Yahudiy podsholigi Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi.
Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to‘plami Bibliyaga jamlangan, bu so‘z yunonchada “kitob” degan ma’noni anglatadi. Bibliyada olam, yer yuzidagi ilk odamlar – Odam Ato va Momo Havoning yaratilishi, yer yuzini to‘fon bosishi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud.
Bibliya matnlari yozilgan parcha
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
14-§. Ahamoniylar davlati
QADIMGI ERON AHOLISI VA DAVLATLARI Hozirgi Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashagan.
Vaqt o‘tib bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko‘chib o‘rnashadi.
Tog‘oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan, dasht mintaqalarida chorvadorlar kun kechirgan.
Eronning janubi-g‘arbiy qismida, Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keladi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo‘lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan.
Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda Midiya joylashgan. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylanadi. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo‘lib, Ossuriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda, Fors viloyati – qadimgi forslar o‘rnashgan o‘lkada ham davlat vujudga kelgan.
14-§. Ahamoniylar davlati
KIR II – FORS HUKMDORI Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo‘ysundirganidan so‘ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi.
Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi. Forslar O‘rta Yer dengizi sohiliga chiqib, Falastin va Finikiyani bo‘ysundiradi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari – Kambiz II va Doro I ham davom ettirdi. Kambiz II Misrni zabt etish orqali Fors davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.
Kir II
Ahamoniylar sulolasi
Mil. avv.
VI asr
Fors podsholigi
Elam davlati
Poytaxti Suza
SUG‘D XORAZM
KASPIY D.
Muhim sanalar
- 558-yilda — KIR II – FORS HUKMDORI Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi.
- 605-yilda — Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo‘shinlari Midiya va Bobil tomonidan tor-mor etilganidan keyin davlat ham zavolga yuz tutdi.
- IX–VIII asr — Mil. avv. IX–VIII asr boshlarida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi.
- X asrda — Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo‘lgan alifbo yaratildi.
- X asrda — Mil. avv. X asrda 22 ta undosh harfdan
- XI asrda — FALASTIN Mil. avv. XI asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiy podshoiborat bo‘lgan alifbo yaratilgan
- VII asrda — Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda Midiya joylashgan. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylanadi.
Bilimingizni sinang
Ossuriya podsholigining dastlabki poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
- Tushpa
- Bobil
- Nineviya
- Ashshur
To‘g‘ri javob: Ashshur. Ossuriyada avval Ashshur shahri, keyin Nineviya shahri poytaxt bo‘lgan.
Old Osiyo hududida Ossuriya podsholigi qaysi davrda vujudga kelgan?
- Mil. avv. 4-mingyillikda
- Mil. avv. 3-mingyillikda
- Mil. avv. 2-mingyillikda
- Mil. avv. 1-mingyillikning oxirida
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 2-mingyillikda. Ossuriya podsholigi Old Osiyo hududida mil. avv. 2-mingyillikda vujudga kelgan.
Ossuriyada Ashshur shahridan keyin qaysi shahar poytaxt bo‘lgan?
- Ugarit
- Tushpa
- Persepol
- Nineviya
To‘g‘ri javob: Nineviya. Avval Ashshur, keyin esa Nineviya shahri Ossuriya poytaxti bo‘lgan.
Ossuriyaliklar dastlab qaysi daryolar yuqori oqimidagi kichik hududni egallagan?
- Frot va Dajla
- Nil va Frot
- Amudaryo va Sirdaryo
- Dajla va Hind
To‘g‘ri javob: Frot va Dajla. Ossuriyaliklar Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi (hozirgi Iroq) hududni egallagan.
Ossuriya qo‘shinining doimiy harbiy yurishlari bo‘ysundirilgan xalqlar uchun qanday oqibat keltirdi?
- Ular Ossuriya qo‘shinida xizmat qilib, soliqlardan ozod etildi
- Ular o‘z alifbosini Ossuriyaga o‘tkazishga majbur bo‘ldi
- Ular Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ldi
- Ular Ossuriya poytaxtidagi kutubxonani qurishga to‘liq jalb qilindi
To‘g‘ri javob: Ular Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ldi. Bo‘ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta o‘lpon to‘lagan.
Qaysi Ossuriya hukmdori davrida Nineviyada sopol taxtachalardan iborat yirik kutubxona jamlangan?
- Ashshurbanipal
- Xammurapi
- Navuxodonosor II
- Sargon I
To‘g‘ri javob: Ashshurbanipal. Ashshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada sopol taxtachalardan iborat yirik kutubxona jamlangan.
Ossuriya qo‘shinlari Midiya va Bobil tomonidan qaysi yilda tor-mor etilgan?
- mil. avv. 605-yilda
- mil. avv. 625-yilda
- mil. avv. 585-yilda
- mil. avv. 539-yilda
To‘g‘ri javob: mil. avv. 605-yilda. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo‘shinlari Midiya va Bobil tomonidan tor-mor etilgach, davlat zavolga yuz tutgan.
Ossuriya qo‘shinlari Midiya va Bobil tomonidan tor-mor etilib, davlat zavolga yuz tutgan yil qaysi?
- Mil. avv. 605-yil
- Mil. avv. 558-yil
- Mil. avv. 705-yil
- Mil. avv. 525-yil
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 605-yil. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya Midiya va Bobil zarbasi ostida tor-mor etilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash