Ahamoniylar davlati
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
14-§. Ahamoniylar davlati
QADIMGI ERON AHOLISI VA DAVLATLARI Hozirgi Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashagan.
Vaqt o‘tib bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko‘chib o‘rnashadi.
Tog‘oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan, dasht mintaqalarida chorvadorlar kun kechirgan.
Eronning janubi-g‘arbiy qismida, Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keladi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo‘lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan.
Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda Midiya joylashgan. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylanadi. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo‘lib, Ossuriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda, Fors viloyati – qadimgi forslar o‘rnashgan o‘lkada ham davlat vujudga kelgan.
14-§. Ahamoniylar davlati
KIR II – FORS HUKMDORI Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo‘ysundirganidan so‘ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi.
Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi. Forslar O‘rta Yer dengizi sohiliga chiqib, Falastin va Finikiyani bo‘ysundiradi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari – Kambiz II va Doro I ham davom ettirdi. Kambiz II Misrni zabt etish orqali Fors davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.
Kir II
Ahamoniylar sulolasi
Mil. avv.
VI asr
Fors podsholigi
Elam davlati
Poytaxti Suza
SUG‘D XORAZM
KASPIY D.
PARFIYA
O ‘RTA YER DENGIZI
MIDIYA ARAXOSIYA
Ahamoniylar davlati
ARABISTON DENGIZI
Oltin tanga
Ahamoniylar davlati jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan.
DORO I ISLOHOTLARI Mil. avv. 522-yilda shoh Doro I qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga kirishdi.
Doro I Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Bolqon yarimoroli sharqida joylashgan Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O‘rta Yer dengiziga qadar yastangan ulkan davlat barpo etiladi.
ARABISTON DENGIZI
Doro I butun mamlakat uchun “darik” deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritadi. U qadimgi Fors podsholigi qarorgohi Persepol shahridan O‘rta Yer dengiziga qadar “shoh yo‘li” deb ataluvchi savdo yo‘lini qurdirgan edi. Doro I qo‘shinlarni qaytadan tuzdi, saltanatni satrapiyalar deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga bo‘lib chiqdi.
Doro I taxtda. Sovg‘alar qabul qilish marosimi
QADIMGI FORSLAR MADANIYATI Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari bo‘lgan. Persepol shahrida Doro I va Kserksning turli xonalar va yuz ustunli zali bo‘lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol saroyi devorlaridagi bo‘rtma naqshlarda ahamoniylar bo‘ysundirgan ko‘pgina elatlarning tasvirlari saqlanib qolgan. Ular asosan Fors shohlariga o‘lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan.
ARABISTON DENGIZI
Qadimgi forslar mixxat belgi-yozuvidan foydalangan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga o‘yib yozilgan. Ular yurishlar, qo‘zg‘olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma’lumot beradi.
Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi.
Persepol xarobalari
Fors podsholigi
Kir II
Doro I
Mil. avv. 558-yildan
Mil. avv. 522-yildan
Lidiya, Bobilni bosib olgan avv. 330-yilda bosib olgan
Makedoniyalik Aleksandr mil.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
15-§. Qadimgi Hindistondagi ilk sivilizatsiya
Hindlar qo‘shinidagi jangovar fil
HUDUDI VA TABIIY SHAROITI Hindiston – Hind va Gang daryolari vodiylaridagi Osiyo qit’asining bir qismini egallagan mamlakat. Tabiiy sharoiti, issiq iqlim va daryolar dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratgan. Himolay tog‘lari shimoldan keladigan sovuq shamollarni to‘sib turadi.
Gang vodiysidagi tropik o‘rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o‘simliklarga boy bo‘lgan.
Hind va
Mil. avv. 3-mingyillik
Muhim sanalar
- mil. avv. 330-yilda — Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi.
- 330-yilda — Lidiya, Bobilni bosib olgan avv. 330-yilda bosib olgan
- 522-yilda — DORO I ISLOHOTLARI Mil. avv. 522-yilda shoh Doro I qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi.
- 558-yilda — KIR II – FORS HUKMDORI Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi.
- VII asrda — Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda Midiya joylashgan. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylanadi.
Bilimingizni sinang
Qadimgi Elam davlatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
- Suza
- Persepol
- Ekbatana
- Bobil
To‘g‘ri javob: Suza. Elam davlatining poytaxti Suza shahri bo‘lgan.
Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar davrida qudratli davlatga aylangan va Bobil bilan ittifoqda Ossuriyani bosib olgan davlat qaysi?
- Elam
- Fors viloyati
- Lidiya
- Midiya
To‘g‘ri javob: Midiya. Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylangan.
Mil. avv. VII asrda qudratli davlatga aylangan Midiya Ossuriyani bosib olishda qaysi yo‘ldan borgan edi?
- Elam davlati bilan birlashib, uning poytaxti Suzadan yurish qilgan
- Fors viloyati qo‘shinlariga tayanib, ularni o‘z qo‘l ostiga olgan
- Bobil bilan ittifoq tuzib, birgalikda harakat qilgan
- Misr bilan ittifoq tuzib, janubdan hujum uyushtirgan
To‘g‘ri javob: Bobil bilan ittifoq tuzib, birgalikda harakat qilgan. Midiya Bobil bilan ittifoq bo‘lib, Ossuriyani bosib olgan.
Ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida qaysi yilda birlashtirgan?
- Mil. avv. 522-yilda
- Mil. avv. 558-yilda
- Mil. avv. 330-yilda
- Mil. avv. 612-yilda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 558-yilda. Kir II mil. avv. 558-yilda barcha forslarni birlashtirgan.
Fors davlati hududini Misrni zabt etish orqali nihoyatda kengaytirgan hukmdor kim?
- Doro III
- Kserks I
- Kambiz II
- Kir Buyuk
To‘g‘ri javob: Kambiz II. Misrni zabt etib hududni kengaytirgan hukmdor Kambiz II bo‘lgan.
Kir II barcha forslarni birlashtirgan yildan Doro I taxtga chiqqunga qadar necha yil o‘tdi?
- 34 yil
- 38 yil
- 40 yil
- 36 yil
To‘g‘ri javob: 36 yil. Kir II mil. avv. 558-yilda forslarni birlashtirgan, Doro I esa 522-yilda taxtga chiqqan; farq 36 yil.
Shoh Doro I qadimgi Fors davlati taxtiga mil. avv. qaysi yilda chiqqan?
- 558-yilda
- 512-yilda
- 522-yilda
- 530-yilda
To‘g‘ri javob: 522-yilda. Doro I mil. avv. 522-yilda Fors davlati taxtiga chiqqan.
Doro I Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi qaysi xalq ustiga yurish qilgan?
- midiyaliklar
- elamiylar
- finikiyaliklar
- skiflar
To‘g‘ri javob: skiflar. Doro I Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash