XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 15-§

Qadimgi Hindistondagi ilk sivilizatsiya

Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

Mohenjodaro.

Qadimgi Hindiston

HIND VODIYSIDAGI ENG QADIMGI SHAHARLAR Mohenjodaro va Xarappa Hind daryosi havzasining eng yirik qadimgi shaharlari edi. Ikkala shahar ham mustahkam mudofaa devorlari bilan himoyalangan, ichki qasri bo‘lgan. Ko‘chalar bilan biri-biridan ajratilgan mavzelardan pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan binolar (turarjoylar, omborxonalar, saroy va ibodatxonalar) topilgan. Katta va chiroyli shahar Mohenjodaro hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan.

Aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Qadimgi hindlar shakarqamish, paxta o‘simliklarini yetishtirgan, fillarni qo‘lga o‘rgatgan.

Biroq mil. avv. XVIII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi shaharlari tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib, butunlay vayronaga aylanadi.

Qadimgi Hindiston

Xarappa shahri

DINIY E’TIQODLAR Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatni ma’budlar boshqarishiga ishonardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh ma’budi har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug‘lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko‘taradi.

Qishloq hayoti. Zamonaviy rasm

Donishmandlik ma’budi Ganesha

Momaqaldiroq ma’budi Indra osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach, yer yuzida qurg‘oqchilik poyoniga yetadi.

Hindlar ayrim ma’budlarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, ular sig‘ingan ma’budlardan biri boshi filnikiga o‘xshagan donishmandlik ma’budi Ganesha bo‘lgan. Sigir hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblanib, uni o‘ldirish jinoyat hisoblangan.

Qadimgi Hindiston

Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga ishongan. Ular vafot etganidan keyin odam butunlay o‘lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga aylanib, o‘z tashqi qiyofasini o‘zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o‘simlikka aylanadi deb hisoblagan.

KASTALAR Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug‘ullanishiga qarab to‘rt tabaqaga ajratilgan edi. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, ular: kohinlar – brahmanlar (hind ruhoniylari), jangchilar – kshatriylar, dehqon,

Qadimgi ibodatxona xarobalari hunarmand va savdogarlar – vayshiylar, xizmatkorlar va qullar – shudralar.

Hindlarning e’tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy ma’bud Brahma o‘z jismining qaysidir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan.

Qadimgi Hindiston

Masalan, kohinlar uning og‘zidan chiqqan, jangchilar qo‘llaridan, dehqonlar qovurg‘asidan, xizmatkorlar esa Brahmaning tovonidan yaratilgan deb hisoblangan. Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o‘tishning iloji bo‘lmagan.

Tabaqalardan birortasiga mansub bo‘lmaganlar esa alohida maqomga ega bo‘lishgan. Bundaylarni “chandal”, ya’ni “hazar qilinadiganlar” deyishgan. “Chandallar” kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o‘tirish taqiqlangan. Tasodifan ularga hech kim tegib ketmasligi uchun, chandallar uzoqdan ko‘rinadigan alohida kiyim kiyishlari shart edi.

Qadimgi Hindiston

Bu kabi sherlar tasviri bilan ibodatxona ustunlari bezatilgan

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Sizningcha, Hindiston aholisi nima maqsadda kastalarga ajratilgan edi?

Hind kastalari

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Xaritadan Hindistonni toping. Uning geografik o‘rni, xususiyatlari haqida so‘zlab bering. 2. Nima uchun Hindiston aholisi turli tabaqalarga ajratilgan edi? 3. Hindiston e’tiqodlari xususiyatlarini sanab bering. Ular qaysi hayvonlarga ehtirom ko‘rsatishgan va nima uchun? 4. Hindiston jamiyati qaysi tabaqalarga bo‘lingan? 5. Mohenjodaro shahriga xayolan sayohat qilib, bu shahar haqida hikoya tuzing.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Hind daryosi havzasidagi hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan katta va chiroyli qadimgi shahar qaysi?
  1. Suza
  2. Ugarit
  3. Persepol
  4. Mohenjodaro

To‘g‘ri javob: Mohenjodaro. Mohenjodaro Hind vodiysidagi katta va chiroyli, hunarmandchilik hamda savdo markazi bo‘lgan shahar edi.

Hind daryosi vodiysi shaharlari toshqinlar va o‘rmonlar kengayishi natijasida mil. avv. qaysi asrdan keyin zavolga yuz tutgan?
  1. XII asrdan
  2. XV asrdan
  3. XVIII asrdan
  4. XXI asrdan

To‘g‘ri javob: XVIII asrdan. Mil. avv. XVIII asrdan keyin Hind vodiysi shaharlari toshqin va o‘rmonlar kengayishi tufayli vayronaga aylangan.

Mohenjodaro va Xarappa qaysi daryo havzasining eng yirik qadimgi shaharlari edi?
  1. Gang
  2. Hind
  3. Nil
  4. Efrat

To‘g‘ri javob: Hind. Ikkala shahar ham Hind daryosi havzasida joylashgan.

Hind daryosi vodiysi shaharlari mil. avv. XVIII asrdan keyin nima sababdan zavolga yuz tutgan?
  1. Qo‘shni xalqlar bosqini tufayli
  2. Qurg‘oqchilik va suv yetishmasligi tufayli
  3. Qullar qo‘zg‘olonlari tufayli
  4. Toshqinlar va o‘rmonlar kengayishi tufayli

To‘g‘ri javob: Toshqinlar va o‘rmonlar kengayishi tufayli. Shaharlar tez-tez ro‘y bergan toshqinlar, o‘rmon va changalzorlar kengayishidan vayron bo‘lgan.

Hind vodiysidagi qaysi katta va chiroyli shahar hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan?
  1. Kalibangan
  2. Dholavira
  3. Mohenjodaro
  4. Lotal shahri

To‘g‘ri javob: Mohenjodaro. Mohenjodaro hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan.

Hind daryosi vodiysidagi Mohenjodaro va Xarappa kabi shaharlarning tanazzulga uchrashiga nima sabab bo‘lgan?
  1. Tez-tez bo‘ladigan toshqinlar hamda o‘rmonlar va changalzorlarning kengayishi
  2. Aholining dehqonchilikdan butunlay voz kechib, ko‘chmanchi chorvachilikka o‘tib ketishi
  3. Qo‘shni davlatlarning uzluksiz harbiy bosqinlari va aholining ommaviy ko‘chib ketishi
  4. Kastalar o‘rtasidagi ichki urushlar hamda soliqlarning haddan tashqari oshib ketishi

To‘g‘ri javob: Tez-tez bo‘ladigan toshqinlar hamda o‘rmonlar va changalzorlarning kengayishi. Mil. avv. XVIII asrdan keyin toshqinlar va o‘rmonlar kengayishi tufayli shaharlar zavolga yuz tutgan.

Qadimgi hind rivoyatlariga ko‘ra osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgan momaqaldiroq ma’budi kim?
  1. Shiva
  2. Indra
  3. Varuna
  4. Vishnu

To‘g‘ri javob: Indra. Momaqaldiroq ma’budi Indra osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach, qurg‘oqchilik tugagan.

Qadimgi hindlar sig‘ingan, boshi filnikiga o‘xshagan donishmandlik ma’budi kim?
  1. Indra
  2. Vishnu
  3. Ganesha
  4. Shiva

To‘g‘ri javob: Ganesha. Hindlar sig‘ingan boshi filnikiga o‘xshash donishmandlik ma’budi Ganesha edi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAhamoniylar davlatiKeyingi →Qadimgi Hindiston madaniyati