Qadimgi Hindiston madaniyati
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
16-§. Qadimgi Hindiston madaniyati
FAN VA MADANIYAT Qadimiy Hindistonda ilm-fan, xususan, astronomiya va matematika sohalari yuksalgan. Hindlar yil hisobining 360 kundan tarkib topgan taqvimini tuzadi. Bu davrda sanash va hisoblash tizimi keng tarqaladi: hindlar juda katta raqamlarni bildiruvchi alohida belgilarni ishlatgan.
Shuningdek, hind astronomlari katta yutuqlarga erishgan. Ular Quyosh, yulduzlar va sayyoralar harakatini o‘rgangan. Shu kuzatuvlar natijalari yil uzunligini aniqlashga imkon beradi. Oy yog‘dusi uning sirtiga tushgan quyosh nurining akslanishi ekanligi ham hindlarga ma’lum bo‘lgan.
Astronomlar ish ustida
Qadimgi hindlarning kundalik hayoti. Tiklangan
16-§. Qadimgi Hindiston madaniyati
Qadimgi Hindistonda tibbiyot sohasi rivoj topgan. Yozma manbalarda turli xil kasalliklar va jarrohlik asboblari tilga olingan. Hindlar kasalliklarni davolashda shifobaxsh dorilardan foydalangan.
Hindistonda ixtiro qilingan, hindlarning o‘zi “qo‘shinlarning to‘rt turi” deb ataydigan o‘yin bugungi kunda butun jahonda shaxmat nomi bilan ma’lum va mashhurdir.
Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo‘lmish sanskrit ishlab chiqildi. “Mahabharata”, “Ramayana” dostonlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan bo‘lib, ular bugungi kunga qadar yetib kelgan.
Mahabharata dostoni. Zamonaviy rasm
Sanskrit yozuvi
16-§. Qadimgi Hindiston madaniyati
Hindlar ixtiro qilgan shaxmat donalari
“Ramayana”
Taqvim, 360 kun
Ixtirolar: shaxmat, raqamlar
Mil. avv.
VI asr
“Ma’rifatga erishgan”
“XUDOLARSIZ DIN” Jamiyatdagi o‘zgarishlar ta’sirida hindlarning diniy e’tiqodlari ham o‘zgarib borgan. Mil. avv. VI asrda yangi buddaviylik dinining yaratilishi Budda taxallusini olgan shahzoda Siddhartha Gautama nomi bilan bog‘liq.
Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshga to‘lguniga qadar hukmdor otasi saroyida betashvish kun kechirgan. U kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan paytda munkillagan, bedavo dardga yo‘liqqan bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko‘zi tushadi. Shunday qilib, shahzoda inson azob chekishi mumkinligini va vaqti kelib vafot etishini angladi. Bu Siddhartha Gautama hayotini tamomila o‘zgartirib yubordi. U saroydagi farog‘atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi.
16-§. Qadimgi Hindiston madaniyati
Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug‘iladi va vafot etadi degan xulosaga kelgan. Keyingi hayotda odamning kim
Siddhartha Gautama (Budda).
Zamonaviy rasm bo‘lib tug‘ilishi ham uning sa’y-harakatlari va amallariga bog‘liq bo‘ladi.
Budda va uning izdoshlari bo‘lgan buddaviylar inson yolg‘on so‘zlamasligi, mol-davlat to‘plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to‘kmasligi kerak deb hisoblaydi. Shu sababli inson har qanday xohish-istaklaridan voz kechishi zarur, negaki har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi.
Avvaliga buddaviylar e’tiqodida ma’bud bo‘lmagan, chunki ular ma’budlar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi deb hisoblagan. Ammo ko‘p o‘tmay Buddaning o‘ziga sig‘inish boshlanadi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida uning haykallarini ko‘rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o‘ylarga cho‘mgancha qilt etmay, qovoqlarini tushirgancha chordana qurib o‘tirgan holatda tasvirlanadi.
16-§. Qadimgi Hindiston madaniyati
Xarappa yozuvi va hayvonlar tasvirlangan muhrlar
Bodh Gayadagi
Mahabodhi ibodatxonasi yaqinidagi Budda haykali. Hindiston
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- VI asrda — “XUDOLARSIZ DIN” Jamiyatdagi o‘zgarishlar ta’sirida hindlarning diniy e’tiqodlari ham o‘zgarib borgan. Mil. avv. VI asrda yangi buddaviylik dinining yaratilishi Budda taxallusini olgan shahzoda Siddhartha Gautama nomi…
Bilimingizni sinang
Qadimgi hindlar tuzgan taqvimda yil hisobi necha kundan tarkib topgan?
- 365 kundan
- 360 kundan
- 354 kundan
- 380 kundan
To‘g‘ri javob: 360 kundan. Hindlar yil hisobining 360 kundan tarkib topgan taqvimini tuzgan.
Qadimgi hindlar tuzgan taqvimda yil necha kundan iborat bo‘lgan?
- 365 kun
- 354 kun
- 360 kun
- 400 kun
To‘g‘ri javob: 360 kun. Hindlar yil hisobining 360 kundan tarkib topgan taqvimini tuzgan.
Hind astronomlariga Oy yog‘dusi haqida qanday ma’lumot ayon bo‘lgan?
- Oy yog‘dusi quyosh nurining akslanishidan hosil bo‘ladi
- Oy o‘z nuriga ega bo‘lgan alohida yoritkich hisoblanadi
- Oy yog‘dusi uzoq yulduzlar nurining jamlanishidan hosil bo‘ladi
- Oy yog‘dusi Yer sirtidan qaytgan nur tufayli yuzaga keladi
To‘g‘ri javob: Oy yog‘dusi quyosh nurining akslanishidan hosil bo‘ladi. Oy yog‘dusi uning sirtiga tushgan quyosh nurining akslanishi ekanligi hindlarga ma’lum bo‘lgan.
Hind astronomlarining Quyosh, yulduzlar va sayyoralar harakatini kuzatishi qanday natijaga imkon bergan?
- Oy tutilishining aniq sanasini bashorat qilishga
- Yil hisobini 365 kunlik taqvimga o‘tkazishga
- Yil uzunligini aniqlashga
- Sayyoralarning o‘z nurini taratishini isbotlashga
To‘g‘ri javob: Yil uzunligini aniqlashga. Kuzatuvlar natijalari yil uzunligini aniqlashga imkon bergan va 360 kunlik taqvim tuzilishiga zamin bo‘lgan.
I. Hindlar yil hisobining 360 kundan iborat taqvimini tuzgan. II. Oy yog‘dusi uning sirtiga tushgan quyosh nurining akslanishi ekanligi hindlarga ma’lum bo‘lgan. III. Hindlar juda katta raqamlarni bildiruvchi alohida belgilardan foydalanmagan. Qaysilari to‘g‘ri?
- I va II
- faqat I
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. I va II to‘g‘ri; hindlar juda katta raqamlarni bildiruvchi alohida belgilarni ishlatgan, shuning uchun III noto‘g‘ri.
Hindistonda ixtiro qilingan, hindlar qo‘shinlarning to‘rt turi deb ataydigan o‘yin hozir qanday nomlanadi?
- nard
- shashka
- shaxmat
- domino
To‘g‘ri javob: shaxmat. Hindlarning qo‘shinlarning to‘rt turi deb atagan o‘yini bugun butun jahonda shaxmat nomi bilan mashhur.
Qadimiy hind tillari asosida ishlab chiqilgan yangi adabiy til qanday nomlanadi?
- sanskrit
- aramey
- akkad tili
- avesto tili
To‘g‘ri javob: sanskrit. Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til sanskrit ishlab chiqilgan.
Hindistonda ixtiro qilingan va hindlar “qo‘shinlarning to‘rt turi” deb atagan o‘yin bugun qanday nom bilan mashhur?
- Nard
- Shaxmat
- Shashka
- Domino
To‘g‘ri javob: Shaxmat. Hindlar “qo‘shinlarning to‘rt turi” deb ataydigan o‘yin bugun shaxmat nomi bilan ma’lum.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash